129
qirqqulog’ining jinsli nasli gametofit hisoblanadi.Spora hosil qilgan o’simlikning o’zi jinssiz
nasl-sporafit hisoblanadi.
O’simta qisqa umrli efemerdir.U faqay 1-2 hafta yashay oladi.Jinsiy ko’payish
yog’ingarchilik vaqtida bo’ladi.Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib
yuradi.Bu spermatozoidlarni o’ziga jalb qilishi uchun arxegoniya “olma kislotasini”ishlab
chiqadi.Spermatozoidlar arxegoniyaning bo’yniga kelib yopishadi….,natijada arxegoniyaning
tuxum hujayrasini otalantirgandan so’ng embrion hosil bo’ladi.Embriondan yangi o’simlik
o’sib chiqadi.
SUV QIRQQULOQLARI TARTIBI
Har xil sporali qirqquloqlarga suv qirqqulog’ini misol qilib olamiz.Suv betida suzib
yuruvchi 1 yillik o’t o’simlik.Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan.Bargi 2xil bo’ladi.
a)Suvning betidagi bargi
b)Suvning ostidagi bargi
Suvning betidagi bargi yashil.Unda xlorofill donachalari bo’ladi.Bu bargda fotosintez
protsesi bo’lib turadi.Suvning ostidagi bargi qo’ng’ir rangli bo’lib ildiz vazifasini
bajaradi.Qo’ng’ir rangli barglarda soruslar joylashgan.Soruslar ichida sporangiyalar taraqqiy
etadi.Sporangiyalar
2
xil
bo’ladi:mikrosporangiyalar
va
makrosporangiyalar.Mikrosporangiyalarda mikrosporalar,makrosporangiyalarda makrosporalar
yetiladi.Soruslar kuzda uzilib,suv tagiga cho’kib ketadi.Suv tagida qishlaydi.Bahorda makro-va
mikrosporangiyalar sorusdan ajralmagan holda suvni yuziga ko’tariladi.Mikrosporalar
sporangiyadan ajralmagan holda otalik o’simtasini hosil qiladi.Bu o’simtada 2ta anteridiya
bo;lib,anteridiyalar
spermatozoidlarna
ishlab
chiqaradi.Makrosporalar
sporangiyadan
ajralmagan holda onalik o’simtasini vujudga keltiradi.Onalik o’simtasida bir nechta
arxegoniyalar yetiladi.Spermatozoidlar suvda suzib kelib arxegoniyaning bo’yni orqali
kirib,tuxum hujayrani otalantiradi.Bunda embrion hosil bo’ladi.Embriondan yangi o’simlik
o’sib chiqadi.
QIRQBO’G’IMLILAR
Bu sinfga 1ta oila,25 turdan iborat.Qirqbo’g’imlilar ko’p yillik o’t o’simlik
hisoblanadi.Bular yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan.Shulardan 11
turi MDHning har xil joylarida,3turi O’z.Rda uchraydi.Janubiy Amerikaning tropic qismida