Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə13/47
tarix20.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#119723
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
O\'qish 4.4

Dars metodi: Ifodali o’qish, aqliy hujum.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; beach – sohil, world – dunyo
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Chol bilan kampir nima to‘g‘risida tortishib qolishdi?
2. Eshikni yopish to‘g‘risida kim taklif kiritdi?
3. Kampir uchun eshikni yopishga majbur bo‘ladi?
III. Yangi mavzuni bayoni:
Muallif haqida: Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov XX asr qirgʻiz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri boʻlib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirgʻizistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan.
Bobosi Aytmat ogʻa ajoyib qoʻbuzchi, otasi Toʻraqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa oʻqimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirgʻiz maktabida oʻqidi, qishloq shoʻrosida kotib, soliq yigʻuvchi, brigada hisobchisi boʻlib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirgʻiziston qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi.
Chingiz Aytmatov Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil Oʻzbekistonning «Doʻstlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirgʻiziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirgʻiz tilida yozib, soʻng oʻzi rus tiliga tarjima qilingan. Ba’zi asarlari esa, avval rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») soʻng qirgʻiz tiliga oʻgirildi.
Adib 2008-yil 10-iyunda Nyuremberg shaxrida ogʻir xastalikdan vafot etgan.
Asarlari
«Yuzma-yuz», «Sarvqomat dilbarim», «Somon yoʻli» (1963), «Momo yer», «Alvido Gulsari» (1966), «Oq kema», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» (1977), «Hoshim», «Gazetachi Dzyuydo», «Oq yomgʻir», «Sepoyachi», «Qiyomat» (1986, qahramonlari: Ober-Kandalov, Iso, Avdiy, Pontiy Pilat, Iuda, Grishan, Bozorboy, Koʻchqorboyev, Guram Juxadze, Boʻston, Sandro va boshq.), «Birinchi muallim» (1962), «Asrga tatigulik kun», «Kasandra tamgʻasi» (1990), «Erta qaytgan turnalar» va boshq.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə