Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə27/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
312 07.06.2022

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish xarajatlarini qoplash maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining sharoitini o‘rganadi va tibbiy holatini tekshirish uchun hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasidan shifokor jalb qiladi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi

Ariza beruvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatni baholaydi va belgilangan tartibda davolash uchun tegishli birlamchi, viloyat, respublika yoki xalqaro darajadagi tibbiyot muassasasiga yo‘llanma beradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Tibbiy-sanitariya muassasasi xulosalari asosida tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

3 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida ariza beruvchining sog‘lig‘ini baholash uchun shifokor jalb qilmasdan yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

3 ish kuni ichida


5-bosqich

Vasiylik kengashi

Davolanish xarajatlari uchun mablag‘larni ariza beruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib beradi. Xorijda davolanish zarurati paydo bo‘lganda, borish-kelish xarajatlari uchun mablag‘larni transport, temir yo‘l va aviachipta uchun mablag‘larni tashkilotlarning hisob raqamiga, yashash xarajatlari ariza beruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi bemor yoshlarga davolanish xarajatlari qoplab beriladi:
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan oila farzandi.
4. Salomatligida nuqsoni mavjud va oilasi kam ta’minlangan yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
14-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Pulli psixologik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining sharoitini o‘rganadi va pulli psixologik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga tavsiyanoma beradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Vasiylik kengashi

Yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida pulli psixologik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun qaror qabul qiladi va tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

3 ish kuni ichida

Tuman (shahar) hokimliklari

Vasiylik kengashi qarori asosida psixologik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘larni psixologik yordam beruvchi tashkilotning bank hisob raqamiga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat ko‘rsatish xarajatlari qoplab beriladi
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
15-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq qoplash uchun subsidiya ajratishni so‘rab, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga mudofaa ishlari bo‘limi bilan tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etgan holda ariza beradi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi va Vasiylik kengashi qarorini tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Vasiylik kengashining subsidiya ajratish haqidagi qarori asosida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘lar tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limining tegishli hisobraqamiga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash uchun subsidiya ajratiladi:
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandi.
4. “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yosh fuqaro.
5. Oilasi kam ta’minlangan ishsiz yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
16-ILOVA
Turmush qurayotgan yoshlarning o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit olishga uchun kafillik berish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Turmush qurayotgan yoshlar o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit olish uchun kafillik ajratilishini so‘rab tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi vasiylik kengashiga tijorat bankining kafillik berish haqidagi xati bilan birga ariza beradi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchiga kafillik berish bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, kafillik berishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi Vasiylik kengashiga belgilangan muddatda kafillik berish uchun tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma bermasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga kafillik beradi.

3 ish kuni ichida

* Turmush qurayotgan yoshlarning o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratishga quyidagi toifadagi yoshlarga kafillik beriladi:
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yosh fuqaro
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
17-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratish
SXEMASI


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə