Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə28/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
312 07.06.2022

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratishni so‘rab, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga turar joy ijara shartnomasi nusxasi va ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnoma bilan birga ariza beradi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

Subsidiya ajratish haqidagi qaror asosida har oyning 5-sanasiga qadar ijara xarajatlarining oylik to‘lovlari ijaraga beruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining ijaraga olingan turar joyda yashayotganligini monitoring qilib boradi.

Har oyda kamida bir marta

* Yosh oilalarga turar-joy ijarasi uchun “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlar uchun subsidiya ajratiladi:
1. Eri (yoki xotini) “Temir daftar”ga kiritilgan yosh oila.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning turmush qurgan farzandi (yosh fuqaro).
3. Eri (yoki xotini) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan yosh oila.
4. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oila.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
18-ILOVA
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga kalendar rejaga muvofiq choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turidan kelib chiqib, tovar moddiy boyliklar ajratish bo‘yicha murojaat yuboradi.

Har chorakdan avvalgi oyning 25-kuniga qadar

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Mahallalar bo‘yicha choraklik loyiha, tanlov va tadbirlar soni va turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kalendar rejaga muvofiqligini tekshiradi va ajratiladigan tovar moddiy boyliklar turi va soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga yuboradi.

5 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Mahallalar bo‘yicha rejadagi tovar moddiy boyliklar xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va Qaror asosida tovar moddiy boyliklar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qiladi.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda


Vasiylik kengashi

Tovar moddiy boyliklarni Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga yetkazilishini ta’minlaydi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi

Tovar moddiy boyliklarni mahallalar bo‘yicha taqsimlab, mahalladagi yoshlar yetakchilariga tarqatadi.

2 ish kuni ichida

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Tovar moddiy boyliklarni yoshlarga tarqatish bo‘yicha, topshirish, qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga hisobot topshiradi.

3 ish kuni ichida

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga
3-ILOVA
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
TARKIBI

1.

A.Z. Sa’dullayev



Yoshlar ishlari agentligi direktori, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

A.H. Toshqulov



oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Tashkiliy qo‘mita hamraisi

3.

Sh.O‘. Turdiqulova



innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari

4.

A.U. Aslonov



sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari

5.

B.T. Abdullayev



ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

6.

I.A. Ibragimov



Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

7.

K.X. Abdijalilov



favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari

8.

A.Sh. Inoyatov



sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

A.D. Xadjayev



O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

10.

X.G‘. Xudoyberdiyev



O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari

11.

N.E. Davletova



Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori

12.

A.M. Abdullayev



“Zakovat” intellektual o‘yinlar klubi kengashining raisi — klub prezidenti

13.

U.M. Narimov



“Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori

14.

L.O‘. Mingishev



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining boshqarma boshlig‘i

15.

B.K. Aralbayeva



Yoshlar ishlari agentligining bo‘lim boshlig‘i, Tashkiliy qo‘mita kotibi

Izoh.
Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodimlar kiritiladi.
Tashkiliy qo‘mita ishiga boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 940-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 7-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandidan “yoshlar yetakchisi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 10-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j) ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar (fan, san’at, adabiyot, sport sohasida va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishganligini, turli musobaqalar, tanlovlar yoki olimpiadalarning sovrindori bo‘lganini yoxud mehnat jamoasida alohida namuna ko‘rsatganligini tasdiqlovchi hujjatlar)”;
b) 15-bandning o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi — ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini (mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan)”;
v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya