«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi


Auditorlik hisobotini tuzish



Yüklə 166,56 Kb.
səhifə44/55
tarix13.05.2023
ölçüsü166,56 Kb.
#110133
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi

Auditorlik hisobotini tuzish


Auditorlik hisoboti - auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt raxbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat. Auditor hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo’lishi kerak.
Agap auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ekt qatnashchilari (aktsiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muxofaza qilish organlari topshirig’iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilayotgan bo’lsa, auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig’iga binoan o’tkazilayotgan shaxsga ham taqdim etiladi.
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Auditorlik hisobotida quyidagilar bo’ladi:

  1. nomi («Auditorlik hisoboti» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti»: ikkala nom bir xil kuchga ega);

  2. adresatning nomi;

v) kirish qismi;
g) tahliliy qism;

  1. yakuniy qism.

Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart.
Auditorlik hisoboti buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlarini ko’rsatish bilan auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yuboriladi.
Auditorlik xisobotining kirish qismi. Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi.

Yüklə 166,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə