«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi



Yüklə 166,56 Kb.
səhifə46/55
tarix13.05.2023
ölçüsü166,56 Kb.
#110133
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi

Tayanch so’z va iboralar:


    1. Auditorlik xulosasi 2. Auditorlik hisoboti

3. Ijobiy xulosa 4. Salbiy xulosa


Takrorlash uchun savollar:

  1. Auditorlik xulosasi va hisoboti qanday rasmiylashtiriladi?

  2. Auditorlik hisobotining tuzilishi qanday ko’rinishga ega bo’ladi?

  3. Auditorlik hisoboti uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz?

  4. Auditorlik xulosasining tuzilishi qanday ko’rinishga ega bo’ladi?

  5. Auditorlik xulosalarining qanday turlari mavjud?

  6. Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish deganda nimani tushunasiz?

  7. Auditorlik xulosasi uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
  1. BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AUDIT TIZIMINI XALQARO MIQYoSDA INTEGRATsIYaLASh MASALALARI


    1. Auditorlik milliy standartlarining turlari va ularning me’yoriy-huquqiy asoslari

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy integratsiyasiga asta- sekin qo’shila borishi barcha sohada bo’lgani kabi auditorlik faoliyatida ham tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda.


Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda.
Hozirgi kunga kelib quyidagi auditning milliy standartlari tasdiqlangan: Auditni rejalashtirish
Audit ishi sifatini nazorat qilish Auditorlik tekshiruvini hujjatlashtirish Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi
Moliyaviy hisobotda bo’lgan boshqa axborot
Ma’lumotlarning kompyuter ishlovi (MKI) sharoitida audit Tahliliy taomillar
Auditorlik tanlash
Ekspert xizmatidan foydalanish
Moliyaviy hisobotning chalkashliklari aniqlanganida auditorlik tashkilotining ish tutishi
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etishni tekshirish
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan tanishish
Auditorlik dalillari
Aloqador shaxslar o’rtasida bitimlar bo’yicha auditorlik dalillarini olish taomillari
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish
Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasi Maxsus savolni tekshirish
natijalari bo’yicha auditor hisoboti
Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir xizmatlari
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 3, 4, 5, 6, 9, 10, 11, 13, 14, 16-son milliy standartlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 10 iyundagi «Oliy Majlisning XIV sessiyasida O’zbekiston Republikasi Prezidentining ma’ruzasida keltirilgan asosiy qoidalarni amalga oshirilishi chora-tadbirlari to’g’risida»gi 296-son qarori asosida ishlab chiqilgan va ular O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy jihatdan tartibga solish unsuri bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining 25, 31, 50, 55, 56, 60, 70, 80, 90-son milliy standartlari «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 senyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to’g’risida» 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va ular O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi.



Yüklə 166,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə