Xalqaro baholash dasturi tahlili



Yüklə 1,44 Mb.
tarix21.10.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#130119
20-04 guruh Xolto’rayev Turg’un

Termiz davlat Pedagogika inistituti Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi BT 20-04 guruh talabasi Xolto’rayev Turg’unning Ta’lim tarbiyaning dolzarb muammolari fanidan "Xalqaro baholash dasturi tahlili" mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI

Xalqaro baholash dasturi tahlili

Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?

  • So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
  • Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’limtarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi.
  • Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?

  • Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.
  • Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.
  • Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.

O‘zebkistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib keladi. Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.

Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?

PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi

PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot

TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring

TALIS – o’qitish va o’rganish xalqaro tadqiqoti

PISA- Programme for International Student Assesment

PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur

  • PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
  • Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan.
  • PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.

PIRLS-
TheProgress inInternational
Reading Literacy Study

PIRLS - Progress in International Reading and Literacy Study

  • 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga mo‘ljallangan. Mazkur xalqaro dastur boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘qilgan matnni tushunishi, uni sharhlashi, mustaqil hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi orqali ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirishga zamin tayyorlaydi.

TIMSS

TheTrends inInternational
Mathematics and Science Study

TIMSS

  • TIMSS – Matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi. Bu tadqiqot o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich maktabning 4 sinfi va tayanch maktabning 8 sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasini dunyoning turli mamlakatlarida qiyosiy o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan va olingan natijalarga muvofiq har bir mamlakatning ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va yutuqlarini e’tirof etadi.

TALIS

Teaching and Learning
International Survey

Teaching and Learning International

  • TALIS – turli mamlakatlarda tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarning xalqaro qiyosiy tahliliga asoslangan tadqiqot bo‘lib, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.

Teaching and Learning International Survey

  • Maktabda pedagogik faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari rahbarlarini ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil etishga yo‘naltirish, ta’lim siyosatining asosiy aspektlari bo‘yicha ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish
  • Xalqaro konsorsium, o‘qituvchilar assosiatsiyasi, mamlakat-lararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
  • Anketa savollariga yozilgan javoblarni tahlil etish, ta’lim sifati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash, foydalanilmayotgan resurslarni belgilash, ular yuzasidan taqdimot, ko‘rsatma va hisobotlar tayyorlash

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə