Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix29.04.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#86185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mavzuning  dolzarbligi:

 

Yoshlar  yurt  kelajagi,  millatning  istiqbolini 

taminlovchi  kuch  hisoblanadi.  Yoshlarning  aql-zakovati,  intilishiga  qarab  o`sha 

davlatning  ertangi  kuni  haqida  bashorat  qilish  mumkin.Yurtimiz  mustaqilligiga 

erishgach eng muhim masalalardan biri yoshlar siyosatiga katta e’tibor qaratildi. 1991 

yil  20  noyabrda  qabul  qilingan  “O‘zbekiston  Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat 

siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning davlat mustaqilligi e'lon qilinganligiga 

endigina  sakson  kun  to‘lgan  mamalakatda  qabul  qilinishi,  o‘z-o‘zidan  o‘sha 

paytdayoq  O‘zbekistonda  yoshlarga  oid  siyosat  davlat  siyosatining  muhim 

yo‘nalishlaridan  biriga  aylanishidan  dalolat  berar  edi.Yoshlarning  ijtimoiy  va 

ma'naviy  jihatdan  yuksak  darajada  kamol  topishiga  qaratilgan  davlatning  muhim 



 

 



 

yo‘nalishlarini  belgilab  berdi  va  uni  amalga  oshirishning  qonuniy  asosini  yaratib 

berdi. Qonunning mantiqiy davomi sifatida O’zbekistn Respublikasi Prezidenti Islom 

Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat 

siyosatini  amalga  oshirishga  qaratilgan  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi 

Qarori qabul qilindi. 

O’

zbekiston



 

yoshlar mamlakati hisoblanadi. Aholining 64 foizdan ko’prog’ini 

yoshlar  tashkil  etadi.  Demograflarning  tadqiqot  xulosasiga  ko’ra,  ushbu  ko’rsatkich 

yaqin besh yillikda yana 25 foizga o’sishi ilmiy taxmin qilingan. Natijada mehnatga 

layoqatli aholining soni 50 foizga oshadi

1

. Bu raqamlar yurtimiz aholisining nafaqat 



son jihatdan o’sishini, balki yoshlarning katta intellectual imkoniyatlariga ega ekanini 

ham namoyon etadi. 

Istiqlol  yillari  yurtimizda  yoshlarni  qo’llab-quvvatlash  va  rag’batlantirish 

maqsadida  “Sog’lom  avlod  uchun”  ordening  ta`sis  etilishi;  “Kamolot”  yoshlar 

ijtimoiy  harakatining  tashkil  etilishi;  “Oila  yili”,  “Sog’lom  avlod  yili”,  “Barkamol 

avlod  yili”,  “Sog’lom  bola  yili”,  “Yoshlar  yili”  kabi  davlat  dasturlarining  e`lon 

qilinishi;  yoshlar  muammolarini  o’rganuvchi  institutlar  va  markazlar  faoliyatining 

yo’lga  qo’yilishi;  “O’zbekistonda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari 

to’g’risidagi” Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi barkamol 

yoshlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 

Ayniqsa,  “O’zbekistonda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari 

to’g’risida”gi  Qonunda  yoshlarga  beriladigan  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy-huquqiy 

kafolatlar  belgilab  qo’yilgan.  Qonunda:  “Yoshlarga  oid  siyosat  O’zbekiston 

Respublikasi  davlat  faoliyatining  ustuvor  yo’nalishi  bo’lib,  uning  maqsadi 

yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari 

yo’lida  imkoni  boricha  to’la-to’kis  ro’yobga  chiqishi  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy, 

                                                           

1

 Ubaydullayeva.R Sotsiolno-demograficheskiy protses v sovremennom Uzbekistane. //www.vrach.uz// 



demograficheskie-processy.

 



 

 



 

siyosiy-huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan 

iboratdir”

2

, deb belgilangani yuqoridagi fikrlarning yorqin dalilidir. 



O’zbekistonda  shakllantirilayotgan  fuqarolik  jamiyati,  hayotimizda  tobora 

muhim  ahamiyat  kasb  etayotgan  modernizatsiya  jarayonlari  va  keng  qamrovli 

islohotlarning  samarasi,  avvalo  yoshlarni  qo’llab-quvvatlash,  ularni  intellektual 

salohiyatini oshirish, moddiy va ma`naviy rag’batlantirishga qaratilgan. Globallashuv 

zamonida  jamiyatni  shakllantirish  va  rivojlantirish  jarayonida  yoshlarga  keng  

imkoniyatlar  yaratish davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. 

  Bu  borada  olib  borilayotgan  ishlarni  xalqqa  yetkazish  va  uni  izchil  yoritib 

borish  bevosita  ommaviy  axborot  vositalari  xodimlari  zimmasiga  katta  mas’uliyat 

yuklaydi. Shu o’rinda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  “27-

iyun  matbuot  va  OAV  xodimlari  kuni”da  soha  vakillariga  yo’llagan  tabrigidagi 

murojaati  fikrimizni  isbotlaydi:  O`zbekistonni  dunyodagi  taraqqiy  topgan 

mamlakatlar  qatoriga  ko`tarishdek  yuksak  marralarni  ko`zlagan  qonunlarimiz, 

dasturlarimiz  bo`ladimi  –  bularning  barchasini  amalga  oshirish  uchun  xalqimizga 

ochiq va ravshan qilib yetkazish, el-yurtimizni safarbarlikka chorlash, ruhini ko`tarish 

yo`lida  matbuot  va  axborot  vositalarining  o`rni  va  ahamiyati  beqiyos.  …Unib-o`sib 

kelayotgan  yoshlarimizni  mustaqil  fikrlaydigan,  bizning  qanday  buyuk  tarix  va 

merosga  ega  ekanimizni  anglab,  ana  shu  bebaho  boylikni  qadrlab  yashaydigan,  biz 

boshlagan  ulug’  ishlarning  munosib  davomchilari  bo`lgan  insonlar  etib  voyaga 

yetkazishda  matbuot  ahlining  haqqoniy  so`zi,  uning  ta`siri  g`oyat  muhim,  aytish 

mumkinki,  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  ekanini  hech  qachon  esimizdan 

chiqarmasligimiz lozim.”

3

 



Har  qanday  islohotlarning,  xususan,  yosh  avlod  masalalari  bo`yicha 

islohotlarning  muvaffaqiyati  ko`p  jihatdan  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan 

islohotlarning  mazmun  –  mohiyati  va  undan  ko`zlangan  maqsadning  to`liq  ijrosi 

davlat  tomonidan  ta`minlashga,  nazorat  qilinishiga,  bu  islohotlarning  natijasini 

                                                           

2

 “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun. 1-modda // O’zbekiston 



Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi // 1992 y., 2-son.

 

3



“Xalq so`zi” gazetasi 27-iyun, 2013yil.

 



 

 



 

yoshlar faoliyatida aks etishiga bog`liq. Shu o`rinda OAV xususan bosma nashrlarda 

yoshlarimiz o`z orzu – istaklarini, talablari-yu takliflarini erkin ifoda etish, barobarida 

ularni  tergab  turuvchi  nazorat  ko`zgusiga  aylanishi  kerak.  Shu  nuqtai  nazardan 

jamiyatda  yoshlar siyosati, uni amalga oshirish borasida qilinayotgan sa`y harakatlar, 

yaratilayotgan  cheksiz  imkoniyatlarning  tezkorlik  va  holisona  yondashuv  bilan 

yoritish aynan yoshlar matbuoti oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə