Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti


 Matbuotda yoshlar masalalarini yoritishda dolzarb mavzular



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix29.04.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#86185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
 

1.3. Matbuotda yoshlar masalalarini yoritishda dolzarb mavzular

 

Prezidentimiz Islom Karimovning “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, 



dono  va  albatta,  baxtli  bo’lishlari  shart”  degan  gaplarida  O’zbekiston  yosh  avlodni 

tarbiyalash  borasidagi  davlat  siyosatining  mazmun  mohiyati  o’z  ifodasini 

topgan.Yurtimizda sog’lom avlodni shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Bundan  maqsad  mamlakatimizda  sog’lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalash,  yoshlar 




 

 

28 



 

o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, yurtimiz yigit qizlarini XXI 

asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga 

yetkazish uchun barcha shar-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratishdir. 

Ertangi kun egalari yoshlarning muammolari bu yurt kelajagiga ham   bevosita 

ta`siri demakdir. Bugungi yoshlarning muammolari ham turlicha. Bundan yigirma yil 

avvalgi 

yoshlarning 

muammolari 

bilan 


bugungi 

yoshlar 


muammolarini 

taqqoslashimiz  mumkin  emas.  Birgin  misol  hozirgi  kunda  yoshlar  bir  kunini  uyali 

aloqa  yoki  internetsiz  tasavvur  etisha  olmaydi.  To’g’ri  tezkorlik  –  zamon  talabi,  

yoshlargaxosxususiyat. Biroq hali oqni qoradan ajratishga o’rganmagan ko’plab yosh 

yigit qizlar vaqtlarini zoyi ketkazish bilan birga, o’zlari bilmagan, istamagan holatda 

qorong’u  ko’chalarga  kirib  ketayotganlariga,  afsuski  ko’plab  misollar  keltirishimiz 

mumkin.  Ammo  bu  yerda  ikki  yo’l  o’rtasida  turga  o’spirin  yoki  bo’sh  vaqtini 

samarali  o’tkazishni  bilmaydigan,  qaysi  kasbni  tanlasam  kelajagim  uchun  foydali  

bo’ladi,  deb  o’ylab  yurgan  yoshlarni  ayblash  bilan  chegaralanishimiz  to’g’ri  emas, 

albatta.  Bu  yerda  ota-ona,  o’quv  muassasalari,  shuningdek  respublikaning  yetakchi 

ommaviy axborot vositalaridan ham dahldorlik bilan birga masulyat talab etiladi. 

Yoshlar hayotida qanchadan-qancha muammoli holatlar, jarayonlar yuz beradi. 

Birgina  ta`lim  sohasini  olsak.  Yurtimizda  mana  bir  necha  yildirki, uzluksiz  ta`limni 

yo’lga qo’yish va uni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar olib bormoqda. Dastlabki 

to’rt  yillik  boshlang’ich  ta`lim,  to’qqiz  yillik  o’rta  maxsus  ta`lim  jarayoni,  so’ngra 

ixtiyoriy–majburiy  ta`limning  tashkil  etilgan  mamlakatimizda  ta`lim  tizimini  jahon 

standartlari bo’yicha yo’lga  qo’yilganini ko’rsatadi.  Biroq  muammo  shundaki,  yosh 

avlod bunday jarayonni qanday baholaydi va undagi ishtirokini qay taxlit olib boradi? 

To’qqizinchi sinfni bitirgan o’quvchi oldida kollejga topshirib bir kasbni egasi bo’lib 

chiqish yoki letseyda o’z bilimini yanada chuqurlashtirib oliy o’quv yurtiga o’qishga 

qabul qilinishi mumkin. Bu jarayon o’smir hayotida ahamiyatli bo’lishi bilan birga, 

ikkilantiruvchi  jarayondir.  Bitiruvchilarning  90  foizi  daromadli  kasb  egasi bo’lishni 

istashadi.  Daromadli  ish  deganda  esa  ko’z  oldiga  birinchi  navbatda  tadbirkorlik 

faoliyati keladi. Tadbirkorlik uchun faqatgina hisob kibobni bilish kifoya deydiganlar 




 

 

29 



 

ham  kam  emas.  Bu  holatni  ikki  hil  baholashimiz  mumkin  birinchidan  maktablarda 

o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirilmayotgani bo’lsa ikkinchida oilaviy muhitning 

ta`siri  deyishimiz  mumkin.  Shu  o’rinda  yoshlar  matbuotining  vazifalaridan  biri 

shunday vaziyatlarda yosh avllodga to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatish, maslahat berishdir. 

Yuqorida  keltirib  o’tganimiz,  tadbirkorlikka  qiziquvchi  yoshlar  savollariga 

“Turkiston”  gazetasida  chop  etilgan  Rustam  Yusupovning  “Kichik  biznesga  katta 

maqsadlar  bilan”,  Nazokat  Qurbonniyozovaning  “Ilm  –  umr  bezagi”,  Dilshod 

Ro’ziqulovning  “Yuridik  xizmatlar  ko’lami  kengaymoqda”,  va  boshqa  bir  qator 

maqolalardan javob olishimiz mumkin. 

Yoshlar  matbuotining  yana  bir  muhim  vazifalaridan  yosh  avlodni  an`analar 

girdobiga  tushib  qolishdan  saqlash.  Urf  –odatlarimizga  ko’ra  bo’yi  yetgan  qizni  tez 

uzatib yuborish, yani turmushga berish eng maqbul yo’l hisoblanadi. Qalbi orzularga 

to’la  qizchaning  maqsadlari,  orzu-istaklari  bilan  hamma  oilalarda  ham 

hisoblashishavermaydi. Natijada o’n sakkiz, o’n to’qqiz yoshda farzand ko’rish tabiiy 

holga  aylanib  qolgan.  Ba’zan  chekka  viloyatlarda  o’n  besh,  o’n  olti  yoshli  qizlarni 

turmushga  uzatish  holatlari  ham  uchrab  turadi.  Bu  kabi  holatlar  nafaqat  bir  oila, 

mahalla,  viloyat  uchun  emas  butun  bir  davlatning  kelajagiga  katta  salbiy  tasirni 

ko’rsatadi. Bunday voqealarni oldini olish, ota-onalarga, yosh yigit- qizlarga, turmush 

haqida tushuncha berish bosma nashrlarning muhim vazifalaridan sanaladi. 

Misol  uchun  yuqoridagi  fikrlarimizga  javoban  matbuotda  e’lon  qilingan  bir 

qator  maqolalardan  javob  olishimiz  mumkin.  “Ma`rifat”  gazetasi  2014-  yil  16-iyul 

57-sonida  muallif  Rahimaxon  Begmatovaning  “Yoshlarni  turmushga  tayyorlash 

ma`sulyatli  jarayon”  nomli  maqolasi  chop  etilgan.  Unda  Andijon  davlat  tibbiyot 

instituti qoshidagi akademik litseyeda ta`lim olayotgan qizlar bilan olib borilayotgan 

ta`lim-  tarbiya  ishlari  haqida  so’z  yuritiladi.  Maqola  kirish  qismida  dolzarb  masala 

ko’rsatiladi.  Balog’at  yoshiga  yetmasdan  oila  qurib  mas`ulyatni  anglamagan 

holatlarda  ko’plab  muqqaddas  qo’rg’onlar  barbod  bo’layotgani,  bu  jarayonda 

pedagoglarning  zimmasiga  har  bir  o’quvchi  yoshlar  bilan  alohida  ishlash,  ularni 

tinglash,  muammolari  yechimini  topishga  ko’maklashish  zaruruyati  alohida 




 

 

30 



 

ta’kidlanadi.  Litseyda  olib  borilayotgan  ishlar  samarasi  natijasida    Sarvinoz 

Jo’rayeva,  Hosiyatxon  Ziyoyeva  kabi  qizlarning  turli  respublika  tanlovlarida 

g’oliblikka  erishganlari  haqida  so’z  yuritiladi.  Maqolada  “Qizlar  uchun  erta  oila 

qurishlarini  oldini  olish”,  “Yoshlarni  turmuhga  tayyorlashda  oila  qurish 

psixologiyasi”  mavzularida  muntazam  davra  suhbatlari  olib  borilayotgani  o’z 

samarasini  berib  kelayotgan  ta’kidlanadi.    Bizga  malumki  davra  suhbatlari,  yuzma- 

yuz  aloqa  natijasida  ko’proq  natijaga  erish  mumkin.  Bu  usul  samarali  bo’lish  bilan 

birga  ortiqcha  tashkilotchiliklarni  talab  etmaydi.  Biz  matbuotlardan  bir  mavzudagi 

ko’plab  davra  suhbatlari  bo’lib  o’tgani  haqida  o’qiymiz.  Biroq  odatdagidek  mavzu 

bitta  joy  nomlari,  qatnashchilar  vaqti  boshqa.  Agar  shu  davra  suhbatlarning  o’ziga 

xos jihatlari, unda ilgari surilgan yangilik ham o’z ifodasini topsa maqsadga muvofiq 

bo’lardi. 

Gazetanini  shu  sonida  tadqiqotchi  Mirislom  Badalovning  “Mustaqil  hayotga 

tayyorlash  bunda  “Qizlar  klubi”ning  ahamiyati  katta”  mavzuyida  chop  etilgan 

maqolada  yosh  qizlarning  muammolariga  atroflicha  yondashuvni  ko’rishimiz 

mumkin.  Maqola  ichida    “Beg’ubor  voyaga  yetsa”,  “O’zgalarga  xuddi  ko’zguga 

qarab”,  “Oilaviy  baxtni  qizlar  yaratadi”,  “Birov  birovga  o’xshamas”  kichik 

sarlavhalar  berilishi  o’quvchini  o’ziga  jalb  etadi.  Tarbiyaning  har  qaysi  yo’nalishini 

ro’yobga  chiqarishda,  ma’ruza  va  suhbat,  davra  suhbati,  munozara,  oilaviy 

konferensiyalar,  oilaviy  musobaqa,  oilaviy  madaniy  hordiq  va  ekskursiya,  oilada 

individual  suhbatlar  metodlaridan  foydalanish  mumkinligi  haqidagi  aniq  takliflar 

bilan birga, hayotiy misollar orqali har bir o’quvchiga tushunarli tilda maslahat bera 

olgan  deyishimizga  asos  bo’ladi.  Maqolada  taniqli  adib  Mirzakalon  Ismoiliyning 

fikrlarini  keltirilishi  judayam  o’rinli  bo’lganini  ko’rishimiz  mumkin:  “Yaxshi  oila 

qurmoq  uchun  birgina  muhabbat  kifoya  emas,.  Katta  do’stlik  ham  kerak.  Shunday 

ham  bo’ladi:  bir-birlarini  sevadilar,  turmush  qurishni  esa  bilmaydilar”.  Maqola 

yakunida  “Qizlar  klubi”  barcha  masalalarni  o’z  zimmasiga  ololmaydi,  buni  imkoni 

yo’q.  Ayni  paytda  bu  klub  imkoniyatlaridan  o’rnida  foydalanilsa,  u  juda  katta 

tarbiyalovchilik vazifasini o’tashi tayinli haqida aniq va lo’nda xulosa berilgan.  




 

 

31 



 

Gazetada  yoshlar  muammolari  kabi  mavzulari  ham  turlicha  boshqa 

matbuotlarga nisbatan “Ma`rifat” gazetasida mavzuga chuqur yondashuv, batafsillik, 

keng  qamrovligi  bilan  alohida  ajralib  turadi.  Misol  uchun  mavzu  dolzarbliligi  bilan 

uning  hajmi  teng  bo’lishiga  gazeta  tahririyati  alohida  e`tibor  qaratishini  sezish 

mumkin. 


Katta  hayot  ostonasiga  ilk  qadamlarini  qo’yayotgan  yosh  oilalarning 

muammolari  bo’lishi  ta’biy  holat  hisoblanadi.  Ayniqsa  ularning  alohida  oila 

qo’rg’onlarini  yaratishlarida  uy-joy  masalasi  birinchi  darajali  masala  hisoblanadi. 

Yurtimizda  bularning  barchasi  inobatga  olingan  holda  qator  loyihalar  amalga 

oshirilmoqda.  Yosh  oilalarga  e`tibor  va  g`amxo`rlikni,  kuchaytirish,  ularni  huquqiy 

va  ijtimoiy  himoya  qilish,  moddiy  va  ma`naviy  jihatdan  qo’llab  quvvatlash,  shu 

jumladan  boshpana  bilan  ta’minlash,  zarur  imtiyoz  va  afzalliklarining  yaratilishi 

shular jumlasidan. 

Prezidentimizning  2007-yil  18-mayda  qabul  qilingan  “Yosh  oilalarning 

moddiy  va  ma`naviy  qo’llab  quvvatlashga  doir  qo’shimcha  chora-tadbirlar 

to’g’risida”gi  farmoni,  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  30-apreldagi  “Yosh 

oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 

qarori bu borada muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. 2014-yil 6-fevraldagi 

“O’zbekiston  Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  amalga  oshirishga 

qaratilgan  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  qarori  bilan  tasdiqlangan 

“Kamolot  uylari”  haqida  OAVlarida  ma`lumotlar  e`lon  qilib  borilayotganini 

kuzatitishimiz  mumkin.  Shu  mavzudagi  batafsil  ma`lumotlarni  “Ma`rifat” 

gazetasining  2015-yil  25-mart,  24  sonidan  o’qishimiz  mumkin.Gazeta  muxbiri 

Dilfuza  Toshkenboyevaning  “Kamolot  uylari”  sarlavhasi  ostidagi  Kamolot  YIH 

markaziy kengashi yurist- konsutanti Bahrom Ilhomjonov bilan suhbat olib boriladi. 

Suhbat  davomida  “Kamolot  uylarini  olishni  qanday  talab  va  mezonlari  bor?”, 

“Hujjatlar  qanday  tartibda  ko’tib  chiqiladi?”,  “Kamolot  uylaridagi  kvartiralarni 

navbatsiz  ham  olish  mumkinmi?”,  “Hozir  mammlakatimizning  qaysi  hududlarida 

Kamolot  uylari  qurilyapti?”  kabi  asosli  savollarga  mutaxassis  tomonidan  batafsil 




 

 

32 



 

ma’lumotlar  berilgan.

14

 Bir  sahifalik  materialdan  yangi  uy-joy  qilishni  rejalashtirib 



yurgan  yosh  oilalarni  barcha  savollariga  javob  olishlari  bilan  birga  unga  talab 

etiladigan  barcha  hujjatlar  tartibi  va  imtiyozli  kriditlar  haqida  ham  bilib  olishlari 

mumkin bo’ladi. Keltirilgan talablarga javob beradigan barcha yosh oilalar dastlabki 

besh  yili  imtiyozli  davr,  boshlang’ich  badal  to’lovisiz  “Kamolot”  uylariga  ega 

bo’lishlari mumkin.  

Internet  va  kompyuter  texnologiyalari  sohasida  yoshlarimizning  bugungi 

erishayotgan  yutuqlari  oz  emas.  Aholiga  xizmat  ko’rsatishda  yengilliklar  yaratish, 

turli sohalar faoliyatini ixchamlashtirishda information texnologiyalardan foydalanish 

kabi  yo’nalishlarda  yoshlarimiz  aqliy  mehnatlari  mamlakatimiz  ijtimoiy  hayotiga 

ijobiy  o’zgarishlar  olib  kirmoqda.  Internetda  foydalanmaydigan  yoshlarni  bugungi 

kunda  topish  amrimahol.  Har  bir  yosh  o’z  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib  internetga 

murojaat  qiladi.  Ular  asosan  yangiliklarni  izlash,  do’stlar  bilan  muloqot  qilish, 

ijtimoiy  tarmoqlardan  foydalanish  maqsadida  foydalanishadi.  Ammo  internetning 

yoshlarimizning  ma`naviyati,  dunyoqarashiga  salbiy  ta`sir  etuvchi  jihatlaridan  ham 

ko’z  yumib  bolmaydi.  Boshqacha  aytganda,  hozirgi  dunyo  axborot  xavfsizligini 

ta`minlash muammolari – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining 

himoyalangan  holati  dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Chunki  axborot,  qudratli 

kuchga  aylanib,  yadro  poligonlaridan  ham  xavfliroq  tus  olib  bormoqda.  Jahonda 

noxolis axborot tarqatish, uni salbiy talqin qilish yoki o’z manfaatiga moslab uzatish 

holatlari  avj  olmoqda.  Shuining  uchun  ham  axborot  xavfsizligini  taminlash  har 

qachongidan  ham  muhimdir.  Demak,  axborot  xavfsizligini  ta`minlash  usullarini 

o’rganish va tatbiq etish zarur va shartdir. Axborot xurujlarining oldini olish, axborot 

xavfsizligini  –  ta’minlash  ichki  va  tashqi  xavflardan  himoyalash  demakdir.  Bir 

paytlar  jug’rofiy  siyosat  asoschilari  O’rta  yer  dengizini  egallagan  davlat  butun 

dunyoga  egalik  qiladi,  degan  qarashni  ilgari  surgan  edi.  Bugungi  axborot 

texnologiyalari  yuksak  taraqqiy  etgan,  axborot  jamiyati  qaror  topib  borayotgan 

sharoitda masalaning mohiyati o’zgarib ketdi: kimki axborot tarqatishga egalik qilsa, 

                                                           

14

 

“Ma`rifat” gazetasi.25- mart, 2015-yil, 24-son.



 


 

 

33 



 

dunyoning taqdiri o’shani qo’lida bo’ladi. Elvin Tofler aytib o’tganidek, biz yashab 

turgan  olam  yangi  sivilizatsiyaning  boshlanishidir  va  biz  bu  jarayonlarni  jonli 

guvohlarimiz.  Yangi  sivilizatsiya  asosini  axborot  tashkil  qiladi.  Shiddatli  axborot 

oqimini rivoji madaniy rivojlanishga ta`sir ko’rsatadi va chuqur iz qoldiradi. Bunday 

holatda hammadan bir yoqadan bosh chiqarish va o’z immunitetini ushlab turish talab 

qilinadi.  Respublikamizda  bu  jarayon  90  yildan  ochiq  axborot  almashunuviga 

imkoniyatlar  berilgandan  so’ng  kuzatila  boshlandi.  Insoniyat  boshqaruv  jaroyoniga 

qarab  bormoqda.  Ilgari  shaxs  axborotni  boshqargan  bo’lsa,  hozir  axborot  shaxsni 

boshqarmoqda.  Insoniyat  tamadduni  bu  bosqichning  asosiy  ishtirokchisi  o’sib 

kelayotgan  yosh  avloddir.  Yosh  avlod  ongini  egallash  kelajak  hayotni  egallash 

ekanligini biz juda yaxshi bilamiz. Yangi svilizatsiyaning eng xavfli tomoni u asosiy 

o’lja sifatida yangi o’sib kelayotgan avlodni tanlaganidadir. 

Yana muhim eslatma borki, bugungi zamon yoshlariga taqiqlab qo’yish tanlab 

axborotni  uzatishni  iloji  yo’q.  Faqatgina  ular  ongida  tashqi  ta`sirlardan  o’zlarini 

himoya  qilishlari,  to’g’ri  va  xolis  axborotlarni  qabul  qilishlari  uchun  ulardagi 

ma`naviy  immunitetni  mustahkamlash  muhim  masala.  Shunday  ekan  yoshlar 

matbuotining  ham  ma`sulyati  alohida  hisoblanadi.  Kichik  tadqiqotimizda  tahlil 

qilinayotgan “Ma`rifat” va “Turkiston” gazetalarida ham bu mavzular doirasida turli 

yo’nalishlarda  materiallar  yoritilib  boriladi.  Yoritilish  uslublarining  o’ziga  xosligi 

bayon  tilining  sodda  va  ravonligidadir.  “Marifat”  gazetasi  haftada  bir  marta, 

“Turkiston”  gazetasi  ikki  marta  chop  etiladi.  Yoshlar  esa  tezkorlik  tarafdorlari, 

ko’pchilik  yoshlar  matbuot  do’koniga  borib  gazeta  harid  qilishga  ketadigan 

vaqtlarini,  turgan  joylaridan  qimirlamasdan  uyali  telefonlari  orqali  internetdan 

foydalanishni  afzal  ko’rishadi.  Ko’p  sonli  yoshlarni  inobatga  olgan  holda  bosma 

nashrlar ham elektron sahifalarini yanada mukammallashtirishlari lozim, degan fikrga 

kelamiz.  

 

 



 


 

 

34 



 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə