Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti


II  BOB.  MATBUOTDA  YOSHLARNING  MA`NAVIY      IMMUNITETINI



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix29.04.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#86185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
II  BOB.  MATBUOTDA  YOSHLARNING  MA`NAVIY      IMMUNITETINI 

MUSTAHKAMLASH  VA  SPORT  MAVZULARINI  YORITILISHIDA 

MAHORAT MASALALARI

 

  2.1. Yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlashda matbuotni o’rni va 



ahamiyati 

“Ma`naviy, ruhiy dunyoda hech qachon bo’shliq bo’lmaydi. Jamiyat hayotida 

sog’lom  g’oya  ustuvor  bo’lmas  ekan,  albatta,  yot,  zararli  ta’sirlar  suqilib  kirishga 

harakat qiladi. Bu qonuniyat”.

15

 

                                                                                                      Islom Karimov 



Har bir ommaviy axborot vositalarining birinchi galdagi vazifasi, maqsadi xolis 

va  tezkor  axborotni  xalqqa  yetkazish.  Shu  bilan  birga  o’quvchilar  savodxonligini 

oshirish  ma`naviy  immunitetini  mustahkamlashdek  muhim  vazifasi  bor.  Yurtimiz 

istoqlolining 

ilk 

kunlaridan 



boshlab 

prezidentimiz 

rahnamoligida 

milliy 


ma`naviyatimizni  tiklash,  uni  zamon  talablari  asosida  rivojlantirish  bo’yicha  ulkan 

islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma`naviyat 

sohasida  vujudga  kelayotgan  dolzarb  muammolar,  xalqimiz  ma`naviyatini  asrash  va 

yuksaltirish,  ayniqsa  yosh  avlodning  qalbi  va  ongini  himoya  qilish  masalalariga 

alohida  e`tibor  qaratilyotganini  barcha  sohalarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar 

misolida ko’rishimiz mumkin.  

“Ma`naviyat”,  “ma`naviy  immunitet”  tushunchalariga  qisqacha  to’xtaladigan 

bo’lsak, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “ma`naviyat” tushunchasining mazmuni 

faqat  “mani”,  “ma`no”  degan  so’zlar  doirasida  chegaralanib  qolmaydi.  Insonni  ongi 

va ruhiyati bilan chambarchas bog’langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, xalq 

hayotida  hech  narsa  bilan  o’lchanmas  beqiyos  o’rin  tutadi.  “Ma`naviyat  –  insonni 

ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini 

baquvvat,  iymon-  e`tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini  uyg’otadigan  beqiyos  kuch, 

uning barcha qarashlarining mezonidir”

16



                                                           



15

 

Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T: “Ma`naviyat”. 2008-y.-B.- 19.



 

16

O`sha manba.



 


 

 

35 



 

Immunitet  bir  so’z  bilan  aytganda  tashqi  ta`sirlardan  himoyalanish  demakdir 

Ma`naviy  immunitet  tushunchasiga  ham  yurtboshimiz  I.A.Karimovning  quyidagi 

izoh  beradi:  “Ma`lumki,  har  qanday  kasallikning  oldini  olish  uchun  unga  qarshi 

immunitet  hosil  qilinadi.  Biz  farzandlarimizni  ona  Vatanga  muhabbat,  boy 

tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, 

ta`bir  joiz    bo’lsa,  avvalo  ularning  qalbi  va  ongida  mafkuraviy  immunitetni 

kuchaytirishimiz  zarur.  Toki  yoshlarimiz  milliy  o’zligini,  shu  bilan  birga,  dunyoni 

chuqur  anglaydigan,  zamon  bilan  barobar  qadam  tashlaydigan  insonlar  bo’lib 

yetishsin.  Ana  shunda  johil  aqidaparastlarning  “davati”  ham,  axloq-odob 

tushunchalarini  rad  etadigan,  biz  uchun  mutlaqo  begona  g’oyalar  ham  ularga  o’z 

ta`sirini o’tkaza olmaydi”

17

 degan  fikrlaridan  ma`naviy  immunitetni  naqadar  kerakli 



va  zarurligini  anglash  qiyin  emas.  Ushbu  tarmoqni  rivojlantirish  xalq  ma`naviyatini 

yuksaltirish  va  mustahkamlash  yo’lida  barcha  sohalarda  dastur  bo’la  oladigan 

Prezidentimiz  Islom  Karimovning  2008  yilda  nashr  qilingan  “Yuksak  ma’naviyat  - 

yengilmas kuch” asari  beqiyos manba hisoblanadi. 

Amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  xalqqa  yetkazishda  ommaviy  axborot 

vositalari  jumladan,  matbuotdan  o’ziga  xos  yondashuv  talab  etiladi.  Bu  borada 

Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,-  “Ma`naviyat  haqida  har  qancha  da’vatlar  ,  muhim 

nazariy  fikrlar  bildirilmasin, agar  ularni  jamiyat  ongiga singdirish uchun  doimiy  ish 

olib  bormasak,  bu  boradagi  faoliyatimizni  har  tomonlama  puxta  o’ylangan  tizimli 

ravishda  tashkil  etmasak,  tabiiyki,  biz  ko’zlangan  maqsadga  erisholmaymiz,  ya`ni 

inson qalbiga yo’l topolmaymiz…   matbuot , televideniye internet boshqa ommaviy 

axborot  sohalari,  bir  so’z  bilan  aytganda,  insonning  qalbi  va  tafakkuriga  bevosita 

ta`sir  o’tkazadigan  barcha  sohalardagi  faoliyatimizni  xalqning  ma`naviy  ehtiyojlari, 

zamon  talablari  asosida  yanada  kuchaytirishimiz,  yangi  bosqichga  ko’tarishimiz 

zarur”

18

.Yuqoridagi  talab  va  takliflarga  javobni  “Ma`rifat”  va  “Turkiston” 



gazetalarida yoritilgan mavzular misolida ko’rib chiqamiz. 

                                                           

17

Karimov I.A.Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch.T:. “Ma`naviyat”, 2008.-B.119-120.



 

18

O’sha manba.-B.-129.



 


 

 

36 



 

Ma`rifat  gazetasi  2014-yil  2-iyul  sonida  nashr  qilingan  professor 

Muhammadjon Qurbonovning “Bolam baxtli bo’lsin desangiz” sarlavhali maqolasida 

“Bugun  mamalakatimizning  1400  ga  yaqin  ommaviy  axborot  vositalarida  xizmat 

qilayotgan jurnalistlarning grajdanlik pozitsiyasiga ko’p narsa bog’liq. Milliy axborot 

maydonida  sog’lom  raqobat  muhitini  yaratish,  fikrlar  xilma-xilligiga  erishish 

matbuotda barcha ijtimoiy qatlamlarning qarashlarini ifoda etish, fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish  kabi  maqsadlarga  jonkuyar  va  fidoyi  jurnalistlarmizning  mashaqqati 

mehnati  bilan  erishiladi”

19

.Shu  bilan  birga  bugungi  zamon  davr  tahdidlari  ularga 



qarshi munosib kurashish nafaqat jurnalistlar, balki barchamizning muhim vazifamiz 

ekanligi  haqida  salmoqli  fikrlar  keltirilishi  barchani  ogohlikka  chorlaydi.  Maqolada 

bugungi zamon muammolari quyidagicha tasniflab berilgan. 

 



Turli g’oya va manfaatlar kurashi tobora kuchayib, yolg’onni rost, rostni 

yolg’on deb ko’rsatishga urinishlar bo’layotir; 

 

Axborot  –  kommunikatsiya  vositalarini  o’zining  uzoqni  ko’zlaydigan 



manfaaatlariga xizmat qildirishga majbur etish holatlari kuzatilmoqda; 

 



g’arazli  maqsadlar  yo’lida  odamlar,  millatlar  bir-biriga  qarshi 

qo’yilmoqda; 

 

odamlarni  hayotdan  norozi  bo’lishga  da`vat  qilish  uchun  turli  soxta 



ma`lumatlar tarqatilayotir; 

 



o’zgalarni  pisand  etmay,  kuchi  yetadigan  davlatlarga  po’pisa  va 

zo’ravonlik  qilish,  hech  kim  bilan  hisoblashmasdan,  kuch  ishlatish  hollari  ro’y 

berayotir; 

 



yon-atrofimizda o’zini oqlamagan va umrini o’tab bo’lgan eski tizim va 

ma`fkuralarni qo’msashga bo’lgan urinishlar tobora tarqalib va kuchayib bormoqda; 

Yuzaga  kelgan  bunday  tahdidlarga  munosib  qarshi  tura  olish  uchun  amalga 

oshirilishi kerak bo’lgan eng muhim vazifalar ham belgilab berilgan. 

Shunday  vaziyatda  har  bir  kishi  oqni  qoradan,  haqiqatni  uydirmadan  ajrata 

olishi zarur, buning uchun esa o’zining mustaqil dunyoqarashi va fikriga ega bo’lishi 

                                                           

19

Ma`rifat gazetasi 2014- yil 2- iyul 53 soni.



 


 

 

37 



 

kerak.  Yot  kuchlarning  qarmog’iga  tushib  qolmaslik  uchun  xalqimiz,  ayniqsa, 

yoshlarimizning  ko’zini  keng  ochish,  ularni  irodasi  mustahkam,  iymoni  baquvvat 

inson  etib  tarbiyalash  zarur,  bunda  esa  har  bir  murabbiy,  targ’ibotchi,  noshir, 

jurnalist, ota-onaning bilim va tajribasi, professional mahorati, grajdanlik pozitsiyasi 

tayanch bo’lmog’i kerak. 

Yuqorida  berilgan  aniq  takliflar  atrofimizda  sodir  bo’layotgan  voqea 

hodisalarni  teranroq  anglashimizga  yordam  beradi.  “Bugungi  kunda,    insoniyat 

qo’lida  mavjud  bo’lgan  qurol-yaroqlar  yer  kurrasini  bir  necha  bor  yakson  qilishga 

yetadi. Buni hammamiz  yaxshi anglaymiz. Lekin, hozirgi zamondagi eng katta xavf 

insonlarning  qalbini,  ongini  egallash  uchun  uzluksiz  davom  etayotgan  mafkuraviy 

kurashdir.  Endilikda  yadro  maydonlarida  emas,  mafkura  maydonlarida  bo’layotgan 

kurashlar ko’p narsani hal qiladi. Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. 

Shu bois axborotni o’z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. 

Axborot uni uzatish, qayta ishlash va yig’ish bosqichlari o’ziga xos xususiyatga ega 

ekanligi  bilan  ham  ahamiyatlidir.  Ya’ni  insonning  oddiy,  kundalik  ehtiyojlarini 

qondirishga  qaratilgan  xatti-harakatlarning  asosini  ham,  dunyo  davlatlarining 

insoniyat taqdiriga daxldor bo’lgan qarorlarning manbaini ham axborot tashkil etadi. 

Bu esa o’z navbatida g’oyaviy ta`sir o’tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 

Hozirgi  kunda  turli  usullarda  olib  borilayotgan  mafkuraviy  targ’ibot  va 

tashviqotlarning  asl  maqsadi  –  inson  qalbi  va  ongi  uchun  kurashga  qaratilgan.  Bu 

kurash  o’z  natijasiga  ko’ra  uchta  asosiy  bosqichdan  iborat.  Birinchisi  –  muayyan 

axborot  inson  tomonidan  qilinmaydi.  Ikkinchisi  –  axborot  inson  ongida  ma`lumot 

sifatida  saqlanib  qolishi  va  u  bundan  boshqa  bir  masala  yuzasidan  qarorlar  qabul 

qilishda solishtiruvchi manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchisi – axborot fikr 

yoki g’oya sifatida inson qalbini egallashi, ma`naviy ruhiy xolatining uzviy qismiga 

aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini tashkil qiluvchi omil bo’lib qolishi 

mumkin. 


Hozirgi  davrda  jamiyatlar  rivojlanishini  globallashuv  jarayonlarining  odamlar 

mentaliteti,  ma`naviy  dunyosi,  ijtimoiy  xatti-harakatlariga  ta`sirisiz  tasavvur  etib 




 

 

38 



 

bo’lmaydi. Insoniyatning keying taraqqiyot yo’llari globallashuv sharoitida shaxsning 

ijtimoiy  ongi,  yo’naltiruvchi  maqsadlari,  qadriyatlari,  hayotiy  tushunchalar, 

dunyoqarashi va oxir-oqibat uning jamiyat bilan munosabatlarda qanday o’zgarishlar 

sodir  bo’layotganligiga  bog’liq.  Shuning  uchun  ijtimoiy  va  gumanitar  fanlarda 

globallashuvning  jamiyat  hayotini  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  madaniy  sohalariga 

ta`siri  masalalariga  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Globallashuvning  inson  va 

potindustirial  jamiyatlar  hayotidagi  o’rni  hamda  roli  haqidagi  alohida  qarashlar 

shakllanmoqda.  Biroq,  bu  jarayonlarning  inson  tafakkuri  va  ma`naviy  dunyosida 

sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tad  qiq  etish  zaruriyati  quyidagi  holatlar  bilan 

belgilanadi: 

 



globallashuv  shaxsni  shakllantiruvchi  jamiyatning  madaniy  –  ma`naviy 

sohalariga  ta`sir  o’tkazib,  muayyan  o’zgarishlarga  olib  keladi,  an`naviy  qadriyatlar 

tizimini izdan chiqaradi; 

 



globallashuv  ta`sirida  ro’y  bergan    o’zgarishlar  insonning  ma`naviy 

axloqiy,  psixologik  qiyofasiga  jiddiy  ta`sir  o’tkazadi  va  demak,  hozirgi  zamon 

jamiyatining qiyofasini muayyan tarzda o’zgartiradi; 

 



hozirgi  zamon  globallashuv  konsepsiyalarida  mualliflarning  diqqat 

e`tibori  asosan  inson  faoliyatining  turli  sohalarida  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va 

madaniy  sohalariga  qaratilgan.  Ijtimoiy  munosabatlardagi  o’zgarishlar  inson  

dunyoqarashidagi  o’zgarishlar  natijasi  ekanligi  qayd  etiladi.  Bu  hol  atrof  dunyo 

haqidagi  tasavvurlar  hamda  global  doirada  insonlararo  munosabat  va  o’zaro 

aloqalarni baholash mezonlari tizimini yanada chuqurroq o’rganishi taqozo etadi. 

Mavzuga  psixologik  nuqtai  nazardan  yondashadigan  bo’lsak  2013-yil  24- 

iyulda  “Ma`rifat”  gazetasida  chop  etilgan  psixolofgiya  fanlari  nomzodi  Umarali 

Qodirovning  “Destruktivlik  tushunchasi”ning  ta`rif,  talqin  va  tahlilini  o’qishimiz 

mumkin.  “Deskruktiv  faoliyat”  (ingilizcha    “destructive”-  “yemiruvchi”,  “Vayron 

qiladigsan”,  “halokatli”).  Aksariyat  adabiyotlarda  destruksiya  “biror  narsaning 

tuzilmasini vayron qilish” sifatida sharhlanadi.

20

 

                                                           



20

 O’sha manba.6-bet.

 



 

 

39 



 

Maxsus  adabiyotlar,  manbalarda  qayd  etilishicha,  ushbu  tushuncha  zamirida 

odamning  tashqi  olamga  nisbatan  yo’naltiirilgan  maxsus  faolligi  shakli  tushiniladi. 

Bu faollikning mohiyati esa turli ob`ekt yoki tizimlarni vayron qilish yohud buzishga 

intilishida  namoyon  bo’ladi.  Destruktiv  faoliyat  boshqa  insonlar,  jamiyat,  davlat 

tabiiy  muhit,  madaniy-tarixiy  yodgorliklar,  turli  buyumlar,  shuningdek,  shaxsning 

o’z-o’zini  halok  etishiga  ham  qaratilishi  mumkin.  “Hozirgi  vaqtda  yoshlarni 

destruktiv  ta’sirlardan  himoyalash  masalasi  dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shu 

o’rinda    katta  yoshli  avlod  vakillarining  yoshlarga  xos  mustaqillikka  intilish,  hech 

bo’lmaganda tashqi ko’rinishi ( kiyinishi, soch turmaklari, yurish – turishi va hokazo) 

bilan  ajralib  turishga  zamonaviy  ko’rinishga  harakat  qilish  kabi  xatti-harakatlarini 

inobatga  olmasliklari  yoki  butunlay  qoralashlari  noo’rin”

21

.  Yoshlar  tarbiyasida 



kichik ko’ringan hatolar ham kelajakda o’z bo’yini ko’rsatishi mumkin. Yoshlarning 

ma`naviyati  but  bo’lishida  oilaning  yaqin  insonlarni  ahamiyati  beqiyosligi 

barchamizga  ma’lum”.  Matbuotda  yoritilgan  yuqoridagi  kabi  materiallar  nafaqat 

yoshlarni  ma`naviy  dunyosini  boyitib  qolmay  ota-onalar,  murabbiylar  uchun  ham 

tarbiya jarayonida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. 

Umarli  Qodirovning  yana  bir  maqolasida  “Axboriy-psixologik  xavfsizlik” 

mavzuyida  so’z  yuritiladi.  Psixologlar  tomonidan  hozirgi  kunda  “axboriy-

qo’poruvchi omil” degan tushuncha iste`molga kiritilgan “Internetda tarqatilayotgan 

qo’poruvchilik  ruhidagi  axborotlar  orqali  ba`zan  harbiy  harakatlar  evaziga  amalga 

oshirib  bo’lmaydigan  maqsadlarga  ham  erishish  mumkin”

22

.  Bu  axborotni  shaxsga 



ta`sir qiluvchi jihatlari quyidagicha izohlanadi: 

Kishilarning axloqiy – psixologik holatini, dunyoqarashi, siyosiy nuqtai nazari 

va  e`tiqodini  maqsadli  ravishda  o’zgartirishga  nisbatan  qaratilgan  axboriy  bosim, 

huruj,  notiqlik,  ataylab  buzilgan,  noto’g’ri  ma’lumat  va  axborotlarning  tarqatilishi, 

to’g’ri ma`lumotning kishilar tomonidan noto’ri idrok etilishini ta`minlashga intilish. 

Tashqi  muhit  va  shaxsning  ichki  dunyosi  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’liq. 

O’zini  o’zi  anglash  jarayonida  psixologik  yo’naltirilishga  muhtoj  kishi  uchun  uni 

                                                           

21

Ma`rifat gazetasi 2013- yil 24-iyul, 59-son.



 

22

Marifat gazetasi 2014- yil 21- iyun, 50-son.



 


 

 

40 



 

yonida  taniydigan,  uni  maslahat  beradigan,  uni  uchun  to’g’ri    qaror  qabul  qila 

oladigan insoning bo’lishi muhimdir. Bu jarayonda kishi ta’lim olish, dunyoqarashini 

kengaytirish,  turli  ma`lumot  va  materiallarni  qabul  qilish,  yangi  hayotiy  tajribani 

o’zlashtirish  qobilyatini  namoyon  qiladi.  Inson  o’zgaradi,  transformasiyalashadi  va 

bu  jarayonni  uni  o’zi  ongli  ravishda  his  etishi,  nazorat  qilib  borishi  zarur.  Alisher 

Navoiy  bobomiz  ta’biri  bilan  aytganda  “manqurtlar”  paydo  bo’lmasligi  uchun  ayni 

holat,  ya`ni  shaxsga  boshqalarning  salbiy  ta`sir  o’tkazishiga  yo’l  qo’ymaslik 

maqsadida  axborot  iste’mol  madaniyati,  mafkuraviy  immunitetni  tarkib  toptirish  va 

rivojlantirish masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda. 

Globalizatsiya  jarayoning  eng  katta  xavfli  tomonlaridan  biri  yana  shuki,  u 

birinchi  bo’lib  yangi  o’sib  kelayotgan  yosh  avlodni  o’zining  qurboniga  aylantiradi. 

Ongi  qalbi  pokiza  tuyg’ular  bilan  to’lgan,  hali  dunyoni  to’la  anlab  yetmagan  yosh 

avlod  bunday  holatlarga  aldanib  qolishi  hech  gap  emas.  Biz  bu  jarayonlarni 

rivojlangan  bir  qancha  davlatlar  misolida  ko’rib  turibmiz.  Ammo    afsuski,  bizning 

yoshlarimizga  globalizatsiya  hech  qanday  ta`sirini  ko’rsatmayapti,  deb  ayta 

olmaymiz. Shunday tahlikali va qaltis vaziyatda yoshlarni bir mezonda  ushlab turish 

ularni  “Ommaviy  madaniyat”  va  boshqa  yot  g’oyalar  tasiridan  to’liq  himoya  qilish 

mushkul masala. Bunda davlat barcha tashabusni o’z qo’liga olib ommaviy axborot 

vositalari bilan hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiqdir. 

 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə