Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix29.04.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#86185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
 

 

1.2.  “Kamolot”  YIHning  yoshlarning  ijtimoiy,  siyosiy,  ma`naviy-  marifiy  

hayotida tutgan o`rni (“Turkiston” gazetasi misolida) 

Yoshlar  siyosatini  amalga  oshirishda,  yurtimiz  yoshlarini  keng  qamrab  olgan 

Kamolot  YIH  faoliyati  ham  muhim  o`rin  tutadi.  Shu  nuqtai  nazardan  harakatning 

2014-yilda  amalga  oshirgan    yoshlar  siyosatini  ijrosini  taminlashga  qaratilgan 

harakatning  faoliyati  bilan  tanishib  chiqdik.  Ushbu  dastur  ijrosini  ta'minlash 

maqsadida  Harakat  tizimida  bir  qator  ishlar  amalga  oshirilgan.  Shu  bilan  birga 

o`tkazilgan,  targ`ibot  tashviqot  ishlari,  ijtimoiy  siyosiy  tadbirlarining  matbuotda 

yoritilishi  xususan  “Turkiston”  gazetasi  misolida  ko’rib  chiqamiz.  “Turkiston” 

gazetasi  “Kamolot”  YIH  Markaziy  kengashi,  “Turkiston”  gazetasi  mehnat  jamoasi 

muassisligida  nashr  etiladi.  Gazeta  o’z  oldiga  respublika  yoshlarini  axborot  bilan 

ta`minlash,  shu  bilan  birga  o’sib  kelayotgan  yosh  avlodni  ona  Vatanga  muhabbat, 

yurtga  sadoqat,  milliy  qadriyatlarimizga  hurmat  ruhida  tarbiyalashga  xizmat  qilish 




 

 

17 



 

vazifasini qo’ygan. Shuningdek, davlatimiz siyosatini  keng ommaga sodda va ravon 

tilda  yetkazish  dunyoqarashini  kengaytirish,  bilim  va  salohiyatini  yanada  boyitishni 

maqsad qilgan. Gazeta o’zbek tilida haftada ikki marta nashr qilinadi. 8 betdan iborat 

gazetaning auditoriyasini asosan, 14-30 yosh oralig’idagi gazetxonlar tashkil qiladi. 

Harakatning  2014-yil  yakunida  berilgan  ma’lumotlarga  ko’ra  yoshlarga  oid 

davlat  siyosati  doirasida  “Yoshlarni  davlat  hokimiyati  (qonun  chiqaruvchi,  ijro 

etuvchi  va  sud)  organlari  tizimi  va  faoliyati  bilan  yaqindan  tanishtirish”  maqsadida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari,  Vazirlar  Mahkamasi, 

Konstitutsiyaviy,  Oliy  va  Oliy  xo‘jalik  sudlari  hamda  ushbu  idoralarning  quyi 

tizimlarida  turkum  uchrashuvlarni  tashkil  etish  maqsadida  davomida  960  marotaba 

“Hokim  va  yoshlar”  uchrashuvlari  tashkil  etilgan  bo‘lib,  qonun  chiqaruvchi,  ijro 

etuvchi  va  sud  organlariga  uyushtirilgan  2  625  ta  tashriflar  doirasida  248  786  nafar 

yoshlar ishtirok etgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganligining  21  yilligi  munosabati  bilan 

o‘tkazilgan majlisidagi ma'ruzasi targ‘ibotini tashkil etish bo‘yicha “Kamolot” yoshlar 

ijtimoiy  harakatining  hududiy  Kengashlari  tomonidan  manzilli  reja  ishlab  chiqilgan 

bo’lib, ushbu rejaga asosan hududlarda fevral-mart oylari davomida targ‘ibot ishlari 

amalga  oshirildi.  Ushbu  targ‘ibot  loyihasi  doirasida  300  ga  yaqin  tadbirlar  amalga 

oshirilgan. 

“Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakati  tomonidan  bir  qator  hamkor  tashkilotlar 

ko‘magida 2013-yilning mart-may oylari davomida “Siz qonunni bilasizmi?” tanlovi 

o‘tkazilgan.  Tanlovining  2013-2014  o‘quv  yilidagi  bosqichlarida  15  mingdan  ortiq 

akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  55  ming  (2013  yil  50  ming)  nafarga 

yaqin yoshlari jalb etilib, shundan, tanlovning  mahalliy bosqichlarida 1 571 ta o‘rta 

maxsus,  kasb-hunar  ta'limi  muassasalarining  12  568  nafar  o‘quvchilari,  tanlovning 

hududiy bosqichlarida 193 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining 1 544 

nafar o‘quvchilari hamda 14 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining 126 

nafar o‘quvchilari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishgan. 




 

 

18 



 

Talaba  yoshlarning  soliq  qonunchiligi  sohasidagi  bilimlarini  oshirish,  bu 

boradagi  amaliy  ko‘nikmalarini  mustahkamlash,  ularni  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash

soliq  siyosatini  yanada  erkinlashtirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlardan 

xabardor qilib borish  maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida 

“Soliq bilimdonlari - 2014” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2014-yil  6-fevraldagi  PQ-2124-son 

Qarori  bilan  tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasida  2014-yilda  yoshlarga  oid 

davlat  siyosatini  amalga  oshirishga  qaratilgan  qo‘shimcha  chora-tadbirlar 

Dasturi”ning  1-bandi  ijrosini  ta'minlash  maqsadida  “O‘zbekiston  Respublikasining 

Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdagi 

loyihasiga Harakat tomonidan 300 ga yaqin konstruktiv takliflar taqdim etilib, mazkur 

takliflarning 15 tasi qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga kiritilgan. 

Shuningdek,  Dasturning  51,  52,  53  va  56-bandlarida  belgilangan  vazifalar 

ijrosini  ta'minlash  maqsadida  Harakat  tomonidan  hisobot  davrida  1000  ga  yaqin 

targ‘ibot  tadbirlari  tashkil  etildi.  Targ‘ibot  tadbirlari  davomida  ishchi  guruhlari 

tomonidan  voyaga  yetmaganlarni  ko‘ngil  ochish  (dam  olish)  joylarida  tungi  vaqtda 

ota-onasidan  biri  yoki  uning  o‘rnini  bosuvchi  shaxsning  kuzatuvisiz  bo‘lishlarini, 

behayolik,  zo‘ravonlik  va  shavqatsizlikni  targ‘ib  qiluvchi  mahsulotlarni  tayyorlash, 

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish 

etilishini,  yoshlar  orasida  huquqbuzarlik  va  jinoyatchilikni  hamda  ota-onalar  yoki 

ularning  o‘rnini  bosuvchi  shaxslar  tomonidan  bolalarni  tarbiyalash  va  ularga  ta'lim 

berish  borasidagi  majburiyatlarni  bajarmaslik  holatlarini  oldini  olishga  qaratilgan 

mavzularda tashkil etilgan. 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 2007-yildan buyon yozgi ta'til 

mavsumida  oromgohlarga  jalb  etilmagan  voyaga  yetmaganlarning  bo‘sh  vaqtlarini 

mazmunli  tashkil  etish,  yoshlar  o‘rtasida  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  hamda 

ichki  ishlar  idoralarida  profilaktik  hisobda  turuvchi  voyaga  yetmaganlarning  xulqini 

ijobiy  tomonga  o‘zgartirish  orqali  profilaktik  hisobdan  chiqarishga  tavsiya  qilish 




 

 

19 



 

maqsadida tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etilmoqda. Xususan, 

2007-2013 yillar mobaynida 9 508 nafar, shu jumladan, 2007-yilda 1 140 nafar, 2008- 

yilda 1 200 nafar, 2009-yilda 1 095 nafar, 2010 yilda 1 090 nafar, 2011-yilda 1 125 

hamda  2012-yilda  1  038  nafar,  2013-yilda  1  174  nafar  ichki  ishlar  idoralarida 

profilaktik  hisobda  turgan  voyaga  yetmaganlar  oromgohlarga  jalb  etilib,  ular  dam 

olish  va  sog‘lomlashtirish  bilan  birga  ma'naviy-ma'rifiy  tadbirlarda  faol  ishtirok 

etishgan.

8

 Natijada  ularning  xulqi  ijobiy  tomonga  o‘zgarganligi  sababli  2,5  ming 



nafarga yaqini ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobidan chiqarilishiga erishildi. 

2014-yilning  iyul-avgust  oylari  davomida  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 

voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo‘yicha  komissiya  tarkibidagi  vazirlik  va  tashkilotlar 

hamkorligida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahrida  Ichki 

ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan yoshlar uchun barcha 

hududlarda tarbiya va sport sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi. Rejaga ko‘ra, 

loyihaga  1607  nafar  profilaktik  hisobida  turuvchi  yoshlarni  jalb  etish  belgilangan 

bo‘lsa-da,  Harakat  hamda  hamkor  tashkilotlar  tomonidan  1999  nafar  yoshlar  jalb 

qilingan  bo‘lib,  ulardan  1645  nafari  ichki  ishlar  idoralarida  profilaktik  hisobda 

turuvchi voyaga yetmaganlar. Qolgan 354 nafari esa kam ta'minlangan, boquvchisini 

yo‘qotgan  va  diniy  oqimga  moyilligi bo‘lgan  oila  farzandlari hisoblanadi.  Oromgoh 

ishtirokchilari  uchun  ma'naviy-ma'rifiy,  sport-sog‘lomlashtirish  tadbirlari  bilan  bir 

qatorda  eko  sayohatlarini  tashkil  etish,  ularda  ekologik  madaniyatni  shakllantirishga 

qaratilgan  alohida  davra  suhbatlari  o‘tkazildi.  “Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakati 

hududiy  Kengashlari  tomonidan  oromgohlarga  jalb  etilgan  ichki  ishlar  idoralarida 

profilaktik  hisobda  turuvchi  voyaga  yetmaganlar  orasidan  xulqi  ijobiy  tomonga 

o‘zgargan 555 nafar yoshlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha tavsiyanomalar berilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganligining  yigirma  ikki 

yilligi  munosabati  bilan  2014-yil  27-oktyabridan  15-dekabriga  qadar  “O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  –  mamlakat  taraqqiyoti  va  jamiyat  farovonligining 

huquqiy kafolati” mavzuidagi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirlari 

                                                           

8

 

www.kamolot.uz/2014yil



 sarhisobi.

 



 

 

20 



 

Respublika miqyosida umumta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, 

oliy ta'lim muassasalari va mahallalarda uch bosqichda tengdosh-tengdoshga tamoyili 

asosida o‘tkazilib kelinmoqda. 

Ushbu targ‘ibot tadbirlari doirasida joriy yilning 5 noyabrdan 5 dekabrga qadar 

Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakatining  internetdagi  elections  2014.kamolot.uz  veb-

sayti  orqali  “Men  saylovga  tayyorman”  on-layn  tanlovi  tashkil  etildi.  On-layn 

tanlovda 93 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqilligining  23  yilligi  munosabati  bilan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  2-apreldagi  62-sonli 

majlis  bayoniga  asosan  yoshlarning  mamlakatimizdagi  ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy 

jarayonlarga  munosabatlarini  shakllantirish,  ularda  islohotlarga  dahldorlik  tuyg‘usini 

tarbiyalash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni “ommaviy madaniyat”ning 

turli  yot  g‘oyalaridan  asrash,  shuningdek,  xalqimiz,  millatimiz,  milliy 

qadriyatlarimizga  hurmat  va  sadoqat  ruhida  tarbiyalash,  hududlarda  iqtidorli 

yoshlarning ilm-fan sohalarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini rag‘batlantirish va ularning 

o‘z aql-zakovati va intellektual qobiliyatini to‘la namoyon etishlariga ko‘maklashish 

maqsadida  “Biz  –  buyuk  yurt  farzandlarimiz!”  shiori  ostida  yoshlar  Festivallari  

doirasida  yoshlarning  dunyo  va  mamlakatimiz  miqyosidagi  jarayonlarga  mustaqil va 

ongli  munosabatini,  turli  axborot  xurujlariga  qarshi  qat'iy  fuqarolik  pozitsiyasini 

shakllantirishga  qaratilgan  ijtimoiy-siyosiy  va  huquqiy,  ma'naviy-ma'rifiy,  sport-

sog‘lomlashtirish  yo‘nalishlaridagi  14  ta  (“Ommaviy  tahdidlar  va  yoshlar 

ma'naviyati” targ‘ibot loyihasi, “Deputat va yoshlar”, “Prezident asarlari bilimdoni”, 

“Hokim va yoshlar”, “Siz sevgan qahramonlar” va “Zamonamiz qahramonlari”, “Biz 

sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Vijdonli sotuvchi” aksiyasi, “Hyech kim mehr 

va e'tibordan chetda qolmasin!”, “Iqtidor egasi – obod yurt ertasi” “Erta nikoh va uni 

oldini  olish”,  “Internet  va  yoshlar”,  Futbol  shou,  “Kamolot  kutubxonasi”,  “Vatanim 

taraqqiyotiga mening hissam”) loyiha amalga oshirilgan .

9

 

                                                           



9

 “

Kamolot” YIH 2014- yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.3-bet.



 


 

 

21 



 

Yosh  jurnalistlarni  zamonaviy  talablar  asosida  bilim  va  tajribalarini  oshirish 

maqsadida  Harakatning  Markaziy  Kengashi  tomonidan  4-7  iyun  kunlari  Toshkent 

viloyatining  Bo‘stonliq  tumanida  joylashgan  “Kamolot  yoshlar  oromgohi”da  “Yosh 

jurnalistlar”  media-treningi  tashkil  etildi.  Media-trening  yakunida  ishtirokchilar 

tomonidan  mamlkatimizning  yoshlarga  oid  milliy  axborot  siyosatini  yanada 

rivojlantirishga qaratilgan 40 ga yaqin takliflari ishlab chiqildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  2-avgustdagi 

O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligining  23  yilligi  munosabati  bilan 

“Yagonasan,  muqaddas  Vatanim,  sevgi  va  sadoqatim  senga  baxshida,  go‘zal 

O‘zbekistonim!” shiori ostida “Istiqlol farzandlari” yoshlar Festivalini tashkil etish va 

o‘tkazish  to‘g‘risida”gi  146-bayoniga  muvofiq  joriy  yilning  11-15  avgust  kunlari 

Toshkent  shahrida  “Istiqlol  farzandlari”  yoshlar  Festivali  o‘tkazildi.  Festivalni 

o‘tkazishdan asosiy maqsad – yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, 

ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga 

yetkazish, ularni sifatli ta'lim olishi, kasb-hunarga ega bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyatini 

yo‘lga qo‘yishi hamda iste'dodli yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 

va  rag‘batlantirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamdagi  islohotlar  va 

ularning natijalaridan xabardor qilish, yoshlarga xalqimizning boy tarixiy merosining 

vorisi bo‘lish, mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lida ulkan ahamiyat kasb etadigan 

zamonaviy  demokratik  jamiyatni  qurish  yo‘lidagi  ishlarga  daxldorlik  tuyg‘usini 

shakllantirish va bu ezgu ishlarni davom ettirishdagi mas'uliyatini oshirishdan iborat. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya 

targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-451-

son  Qarori  hamda  Respublika  Ma'naviyat  va  ma'rifat  Kengashining  2008-yil                    

3-iyuldagi  07-26-48-sonli  majlis  bayoni  qarorining  10-bandi  ijrosini  ta'minlash 

maqsadida  Harakat  tizimlari  tomonidan  “Yilning  eng  faol  ma'naviyat  targ‘ibotchisi” 

ko‘rik-tanlovi an'anaviy tarzda o’tkazilib kelinmoqda. 

 “Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakati  tashabbusi  bilan  ijobiy  mazmundagi  eng 

yaxshi  internet-resurslarni  yaratish,  ko‘paytirish  va  mavjudlarini  aniqlash,  ularni 




 

 

22 



 

rag‘batlantirish,  ta'lim-tarbiyaga  xizmat  qiluvchi,  xavfsiz  va  axborot  madaniyati 

talablariga  mos  internet-muhitiga  ega  axborotlashgan  jamiyatni  shakllantirish, 

iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish hamda salohiyatlarini namoyon etishlariga 

ko‘maklashish,  ularda  internet  tarmog‘ida  milliy  o‘zlikni  muhofaza  qilish 

ko‘nikmalarini  shakllantirish,  yosh  veb-dizaynerlarni  moddiy  va  manaviy  jihatdan 

qo‘llab-quvvatlash,  ular  orasidan  iqtidorlilarni  kashf  etish  va  keyingi  faoliyatini 

qo‘llab-quvvatlashga  qaratilgan  9  nominatsiyadan  iborat  “MIT.uz”  milliy  internet-

tanlovi tashkil etildi. 

Yoshlarni  ijtimoiy  himoya  qilish,  zamonaviy  kasb-hunarlarni  egallashga 

bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, turli to‘garaklar, ijtimoiy yordam markazlari, 

klublar tashkil qilish orqali yoshlarni kasbga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil 

etish  va  ish  bilan  ta'minlash,  tadbirkorlik  faoliyatiga  jalb  qilish,  bu  boradagi 

qobiliyatlarini rivojlantirishga, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini o‘rganishlariga va o‘z 

sohasining  yetuk  mutaxassislari  bo‘lib  yetishishlariga,  tadbirkorlik  ko‘nikmalarini 

shakllantirishga  ko‘maklashish  hamda  amaliy  yordam  ko‘rsatish  “Kamolot”  yoshlar 

ijtimoiy harakatining dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Mazkur  vazifalarni  bajarish  maqsadida  Harakat  bir  qator  hamkor  tashkilotlar, 

tijorat  banklari  bilan  hamkorlikda  ko‘rgazmalar,  bo‘sh  ish  o‘rinlari  yarmarkalari, 

tadbirkorlik  yo‘nalishidagi  tanlovlarni  amalga  oshirib  kelmoqda.  Jumladan,  2014- 

yilning may oyi davomida o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi bilan hamkorlikda 

umumta'lim  maktablarining  bitiruvchi  yoshlariga  kasb-hunar  kollejlari  hamda 

akademik  litseylarni  tanlashda  ko‘maklashish  maqsadida,  respublikamizning  barcha 

tuman, shaharlarida “Mutaxassislik – sening kelajaging” ta'lim ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 

Ko‘rgazmada respublikamiz bo‘yicha 1 391 ta kasb-hunar kollejlari o‘zlarida mavjud 

5  476  ta  yo‘nalishlar  bilan  ishtirok  etdi.  Unga  Respublikamizdagi  7  855  ta 

maktablaridan  289  115  nafar  maktab  bitiruvchilarini  qamrab  olindi.  Tijorat  banklari 

faoliyati  bilan  yosh  tadbirkorlarni  yaqindan  tanishtirish,  bank  kredit  siyosati  haqida 

tushunchalar  hosil  qilish  maqsadida,  2014  yil  9-10  aprel  kunlari  O‘zbekiston 

Respublikasi Markaziy banki hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda 




 

 

23 



 

“Bankekspo” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma davomida yoshlarda tadbirkorlik 

ko‘nikmalarini  oshirishga  qaratilgan  seminar  treninglar  tashkil  qilinib,  Harakatning 

tadbirkorlik loyihalari haqida ma'lumotlar berildi. 

Bundan  tashqari,  2014-yil  mart-may  oylari  davomida  kasb-hunar  kollejlari  va 

akademik  litsey  bitiruvchilarining  bandligini  ta'minlash,  ularda  tadbirkorlik 

ko‘nikmalarini  shakllantirish,  yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyati,  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlik,  kasanachilikni  rivojlantirish  hamda  ularga  mikromoliyaviy 

xizmatlar  ko‘rsatish  orqali  yangi  ish  o‘rinlarini  yaratish  maqsadida  O‘zbekiston 

“Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy  harakati  Markaziy  Kengashi,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta'lim  vazirligi  O‘rta  maxsus  kasb-xunar  ta'limi  markazi, 

O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi hamda bir qator tijorat banklari bilan hamkorlikda 

“Mening biznes g‘oyam” tanlovi o‘tkazildi.  

Turkiston  gazetasining  2014-yil  22  -  sonida  Rustam  Yusupovning  maqolasi 

orqali  “Yosh  tadbirkor”  konsul`tativ  markazining  faoliyati,  uni  tashkil  topishi  va 

bugungi  faoliyati  bilan  tanishib  chiqdik.  Mavzu  keng  qamrovli  bo’lishiga  qaramay 

aniq,  lo`nda  fikr,  batafsillikka  putur  yetmaganligi,  faktlarning  o`z  o`rnida  keltirilishi 

bilan  e`tiborni  tortadi.  Maqolaning  kirish  qismi  shunday  jumlalar  bilan 

boshlanadi:“Savol  tug`iladi:  xo`sh,  biznes  bilan  shug`ullanish  shunchalik  osonmi? 

Xolva  degan  bilan  og`iz  chuchimaydi,  xayolga  kelgan  loyihani  qog`ozga  tushirib, 

biror  tijorat  bankiga  olib  borgan  bilan  kreditga  ega  bo`lib  qoladimi?” 

10

.  Bu  kabi 



savollar  endigina  kollejni  tamomlab  katta  miqdordagi  kreditlarga  ega  bo`lib,  o`z 

shaxsiy  tadbirkorligi  bilan  shug`illanayotgan  minglab  yoshlarni  ko`rganda,  

yuqoridagi savollarni tug`ilishi tabiiy holat. Muallif o’zi bergan savolga o`zi batafsil 

javob  beradi.  Markaz  “Kichik  biznes  va  xususiy    tadbirkorlikni  tartibga  soluvchi 

huquqiy-me`yoriy hujjatlar”, “O`z biznesini ro`yxatdan o`tkazish, biznesning huquqiy 

maqomi”, “Marketing strategiyasini ishlab chiqish”, “O’qitishning samarali  interfaol 

metodlari”,  “Biznes  reja  yozish  talablari”,  “Biznesning  moliyaviy  manbalari”, 

“Kreditlar  va  lizing  olish  talablari”  kabi  mavzularda  o`quv  mashg`ulotlari  o`tiladi. 

                                                           

10

 



“Turkiston” gazetasi. 18-mart, 2014-yil,18-son.

 



 

 

24 



 

2014-yil  “Yosh  tadbirkor”  konsul`tativ  markazlarida  1543  ta  seminar  trening  tashkil 

etilib, unga yuz ming nafardan ortiq yigit qiz jalb etildi. Ularning 2433 nafariga tijorat 

banklaridan 20 milliard 531 million so`mdan ziyod imtiyozli kreditlar olishga ko`mak 

berildi. Natijada 5300 nafar o`g`il qiz ish bilan taminlandi. Va boshqa ko`plab markaz 

faoliyati bilan bog`liq ma’lumotlar berib o’tilgan. 

 

Faktlarning  ko’p  keltirilishi  o’quvchini  ishonchini  tez  qozonishga  zamin 



yaratadi.  Bu  kabi  materiallarni  o’qigan  har  qanday  o’quvchida  yangi  g’oyalar 

tug’ilishiga sabab bo’la oladi. 

  Shu o’rinda gazetaning yana bir sonida “Kamolot” YIH loyihalaridan biri quydagicha 

izohlanadi: 

 

Sirdaryo viloyatida “Sen bilan kamolot sari” aksiyasi davom etmoqda. Yaqinda 



loyiha  Sirdaryo  tumanidagi  15-umumta’lim  maktabida  ham  amalga  oshirildi.  Unda 

turli sohalarda ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritgan iqtidorli yoshlar qatnashdi..

11



 



“Kamolot  ko’zgusi”  ruknida  berilgan  xabar.  Biroq  xabar,  yangiliklar  qachon, 

qayerda,  qanday,  nega  va  qanday  qilib,”  ja`mi  olti  savolga  javob  berishi  lozim.

12

 . 


“Yaqinda”  degan  kirish  so’zidan  o’quvchida  savol    tug’ilib  qolmay  voqelik  bo’lib 

o’tganiga  shubha  uyg’otishga  sabab  bo’ladi.  “yaqinda”  so’zi  o’rniga  “kuni  kecha” 

so’zlarini  qo’llash  ham  mumkin  edi.  O’quvchiga  matbuot  sahifalaridagi  qachon, 

qayerda,  bo’lib  o’tgani  unchalik  qiziqarli  emasdir,  biroq  o’z  kelajagi  uchun  foydali 

ma`lumotlar e`tiborni tortmay qo’ymaydi. Shunday ekan respublika yoshlari xabardor 

bo’lishiga arzugulik tomonlari o’ziga xosliklari yoritilishi kerak, deb o’ylaymiz. 

Loyihaning  quyi  bosqichlarida  Harakatning  “Yosh  tadbirkor”  konsultativ 

markazlari  koordinator  va  biznes  trenerlari  tomonidan  yoshlarda  tadbirkorlik 

ko‘nikmalarini  shakllantirishga  doir  o‘quv-seminarlari  tashkil  qilindi.  Seminarlarda 

jami  1  877  nafar  yoshlar  tadbirkorlik  sohasida  o‘z  bilim  va  tajribalarini  oshirdilar. 

Shulardan  biznes  loyihalari  istiqbolli  deb  topilgan  1  023  nafar  yoshlarga  hududiy 

ishchi  guruhlar  tomonidan  tijorat  banklaridan  umumiy  qiymati  11,8  mlrd.  so‘mga 

                                                           

11

 “Turkiston” gazetasi, 20-dekabr, 2014-yil, 102-son



 

12

 Saidov H. To’xliyeva N. Reportiyorlik mahorati.- T.: 2008,  G’afur G`ulom,-B.-10.



 


 

 

25 



 

yaqin  imtiyozli  kredit  olish  huquqini  beruvchi  tavsiyanomalar  berildi.  Hududiy 

bosqichda  g‘olib  deb  topilgan  140  nafar  yoshlar  loyihaning  respublika  bosqichida 

ishtirok etishdi. 

2014-yil  aprel-sentyabr  oylari  davomida  “Yosh  tadbirkor-yurtga  madadkor” 

loyihasi tashkil etildi. Loyihaning Respublika bosqichi sentabr oyida o‘quv oromgoh 

sifatida  tashkil  etildi.  Respublika  bosqichida  g‘oliblikni  qo‘lga  kiritgan  29  nafar 

yoshlarga  tijorat  banklari  tomonidan  imtiyozli  foizlarda  762  mln.  so‘mdan  ortiq 

mikrokredit  mablag‘lari  ajratilishi  belgilangan  bo‘lib,  ularning  kredit  mablag‘lari 

hisoblangan jami 56 mln. so‘mdan ortiq mablag‘lar tegishli tijorat banklari tomonidan 

imtiyozli  mikrokredit  mablag‘larini  olganlaridan  so‘ng  “Kamolot”  yoshlar  ijtimoiy 

harakati Markaziy Kengashi tomonidan to‘lab berilishi belgilangan. 

Shuningdek,  Harakat  qoshidagi  4  ta  yirik  “Yoshlar  markazlari”  va  96  ta 

Yoshlar  ijtimoiy  xizmatlari  markazlari  tomonidan  318  to‘garak  va  o‘quv  kurslari 

faoliyati  doirasida  57  ming  nafar  yigit-qiz  turli  kasbga  bepul  o‘qitilgan.  Iste'dodli 

yoshlarni  ijodiy  faolligini  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida,  joriy  yilning  4-9  yanvar 

kunlari Toshkent shahrida Samarqand Davlat Universitetining 70 nafar faol talabalari 

ishtirokida  “Kamolot  –  kelajak  tayanchi”  shiori  ostidagi  qishki  faollar  maktabi 

o‘tkazildi.  Tadbir  rejasida  belgilangan  mavzular  bo‘yicha  faol  talabalarga  “O‘quv 

uslubiy 


markaz” 

NTM 


xodimlari 

tomonidan 

rejali 

seminar-treninglar 

tashkillashtirilgan.

13

 



O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  3-iyundagi  112-

sonli  majlis  bayoniga  asosan  Harakatning  quyi  tizimlari  tomonidan  iyun'-iyul  oylari 

davomida  Respublikamizning  barcha  hududlarida  “Yurt  kelajagi”  iqtidorli  yoshlar 

respublika tanlovining mahalliy hamda hududiy saralash bosqichlari tashkil etildi. 

60  230  nafar  yoshlar  tanlovning  mahalliy  bosqichlarida    ishtirok  etish  istagini 

bildirib  murojaat  qilgan  bo‘lib,  ulardan  606  nafar  hududiy  bosqichlarda  g‘oliblikni 

qo‘lga kiritib, tanlovning respublika final bosqichiga yo‘llanma oldi. 

                                                           

13

 

www.kamolot.uz



 


 

 

26 



 

Iqtidorli  yoshlar  tanlovining  respublika  bosqichi  10-16  avgust  kunlari 

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida joylashgan “Lochin” oromgohida tashkil 

etildi. 


O‘quvchi-talabalarning  yozgi  ta'til  davomidagi  bo‘sh  vaqtlarini  foydali 

mehnatga jalb etish, mahallalardagi vaqtincha ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlash va 

ularning  mamlakatimizda  bo‘layotgan  bunyodkorlik  ishlarida  ishtirok  etishida 

ko‘maklashish  maqsadida  “Bunyodkor”  yoshlar  mehnat  harakati  faoliyatini  tashkil 

etildi. 

“Bunyodkor”  yoshlar  mehnat  harakati  loyihasida  18  246  nafar  mahallalardagi 

vaqtinchalik  ishsiz  yoshlar  va  11  891  nafar  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta'lim 

muassasalarining o‘quvchi-talabalari jami 30 137 nafar yoshlar hududlardagi mavjud 

mehnat  ob'ektlarda  (qurilish  va  ta'mirlash,  pedagogika,  ishlab  chiqarish  va  xizmat 

ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi) sohalarida faoliyat olib bordilar. 

Yil  davomida  “Bunyodkor”  yoshlar  mehnat  harakati  loyihasida  4  220  nafar 

mahallalardagi vaqtinchalik ishsiz yoshlar mavjud mehnat ob'ektlarida ish faoliyatini 

olib borishgan. 

Harakatning  oliy  ta'lim  muassasalari  talabalari  orasiga  yanada  chuqurroq  kirib 

borishini  ta'minlash  va  ta'sirini  oshirish,  talabalarning  Harakat  faoliyatiga  intilishini 

kuchaytirish,  talabalarning  jamoat  ishlari  va  Harakat  faoliyatidagi  faolligi, 

tashabbuskorligini  rag‘batlantirish  maqsadida  oliy  ta'lim  muassasalari  talabalari 

o‘rtasida  “Kamolot  stipendiyasi”  tanlovi  tashkil  qilingan  bo’lib,  Respublikamizdagi 

60 ta oliy ta'lim muassasalaridan 384 nafar talabalar ishtirok etish uchun ariza-anketa 

bilan  bilan  murojaat  qildi.  Shundan  55  nafar  talaba  saralab  olinib,  “Kamolot 

stipendiyasi”ga tavsiya etilgan. 

2014-yil  4-dekabr  kuni  “Turkiston”  saroyida  mamlakatimiz  taraqqiyotiga 

munosib  hissa  qo‘shayotgan  bir  guruh  yoshlarga  “O‘zbekiston  belgisi”  ko‘krak 

nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zlarining  fidokorona  mehnatlari  bilan  mamlakatimizning  xalqaro 

maydondagi  obro‘-e’tibori  va  nufuzini  oshirishga  munosib  hissa  qo‘shayotgan, 




 

 

27 



 

jamiyatimizning  ijtimoiy-siyosiy,  ma'naviy-ma'rifiy  hayotida  faol  ishtirok  etib, 

professional mahorati va yorqin iste'dodini namoyon qilib kelayotgan 28 nafar yoshlar  

2014-yil 4-dekabr kuni “O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni” bilan taqdirlandilar. 

26-iyun  –  Xalqaro  giyohvandlikka  qarshi  kurash  kuniga  bag‘ishlangan 

“Giyohvandlik  –  asr  vabosi!”  shiori  ostida  targ‘ibot,  aprel-dekabr  oylari  davomida 

aksiya  doirasida  OIV/OITS,  giyohvandlikni  oldini  olish  mavzusida  Respublika 

bo‘ylab  jami  1  740  dan  ziyod  informatsion  mini-sessiyalar  tashkil  qilinib,  39  365 

nafar  yoshlar  qamrab  olindi.  Informatsion  mini-sessiyalarda  40  000  dan  ziyod  “Biz-

sog‘lom  turmush  tarzi  tarafdorimiz”  mavzusidagi  maxsus  informatsion  bukletlar 

tarqatildi  hamda  informatsion  mini-sessiyalar  tashkil  etilgan    joylarda  informatsion 

plakatlar  joylashtirildi.  Shu  bilan  bir  qatorda  “1-dekabr  –  Xalqaro  OITSga  qarshi 

kurash  kuni”  munosabati  bilan  joylarda  920  dan  ziyod  targ‘ibot  tadbirlari  tashkil 

etilib, 425 mingdan ziyod yoshlar qamrab olingan. 

 

Biz  “Kamolot” YIH harakatining bir yilik faoliyati bilan tanishib, harakatning 



yoshlar  hayotidagi  ahamiyati  nechog’lik  muhim  ekanligi  yuqorida  keltirilgan  faktlar 

orqali  ko’rishimiz  mumkin.  “Turkiston”  gazetasida  2014-yil  davomida  “Kamolot 

loyihalari”,  “Kamolot  ko’zgusi”,  “Kamolotda  mehmonda”,  ruknlarida    o’tkazilgan 

tadbirlar  muntazam  yoritilgan.  “Kamolot”  ko’zgusi  va  “Kamolot”  loyihalarida  

umumiy jihatlar qolipdan chiqa olmaslik yaqqol ko’zga tashlanadi. Yoshlar matbuoti, 

yoshlar  hayotini  ko’zgusiga  aylanishi  aylanishi  kerak.  Bunga  erishish  uchun  kichik 

mavzularga  ham  o’ziga  xos  yondashuv  va  izlanish  talab  etilishini  yoshlar  matbuoti 

bosh mezon biilishlari talab etiladi 




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə