Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti


“Respublika  yosh  ijodkorlarini  davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix29.04.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#86185
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
 

“Respublika  yosh 

ijodkorlarini  davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlash  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi

 

(1992),  “O‘zbekiston  Respublikasining  yosh  mualliflariga  eng  yaxshi  asarlari  va 

ilmiy 

ishlari 


uchun 

Davlat 


mukofotini 

topshirish 

to‘g‘risida

” 

(1993-


yil),

  

“O‘zbekiston 

Respublikasi 

yoshlarining 

“Kamolot” 

jamg‘armasi 

to‘g‘risida” (1996-yil),

 

“Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati 

darajasini  yuksaltirish,  huquqshunos  kadrlarni  tayyorlash  tizimini  takomillashtirish, 

jamoatchilik  fikrini  o‘rganish  ishini  yaxshilash  haqida” (1997),



 

“Respublika 

Ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi (1999) farmonlari 

e'lon  qilindi.  Mazkur  bosqichda  qabul  qilingan  qonun  hujjatlari  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  bilan  birgalikda  yoshlarni  yagona  mafkura  asosida 

tarbiyalashga  xizmat  qiluvchi  eski  ma'muriy-buyruqbozlik  tizimi  va  uning  huquqiy 

asoslarini  tugatib,  ularni  tarbiyalash,  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya 

qilishning  demokratik  asoslarini  belgilab  berdi.  Shuningdek  voyaga  yetmaganlar 

o‘rtasida  tarbiyaviy  ishlarni  kuchaytirish,  buning  uchun  mas'ul  davlat  idoralari, 

jamoat  tashkilotlari  hamda  voyaga  yetmaganlar  ishlari  bo‘yicha  komissiyalar 




 

 

11 



 

faoliyatini  takomillashtirishga,  jamiyatimizning  ijtimoiy-ma'naviy  va  iqtisodiy 

yangilanish  jarayonida  yoshlarning  o‘z  o‘rnini  topishiga  ko‘maklashish,  birinchi 

navbatda,  qishloq  joylardagi  yigit-qizlarni  ish  bilan  ta'minlash,  jismoniy  tarbiya  va 

sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu 

davrda 


Bola  huquqlari  to‘g‘risidagi  xalqaro  Konvensiyaga  doir  bolalar  savdosi, 

bolalar  fohishabozligi  va  bolalar  pornografiyasiga  taalluqli  Fakultativ  protokol”ga 

qo`shilish 

haqida 

va

 

“Voyaga 

yetmaganlar 

o‘rtasida 

nazoratsizlik 

va 

huquqbuzarliklarning  profilaktikasi  to‘g‘risida”gi  (2010-yil),



 

“Alkogol  va  tamaki 

mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi (2011) 

qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, 2008-yil 8-aprelda



 

“Ishga qabul qilish uchun eng 

kichik yosh to‘g‘risida”gi hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va 

yo‘q  qilishga  doir  shoshilinch  choralar  to‘g‘risida



gi  Konvensiyalar  ratifikatsiya 

qilindi. 2001-yil 4-yanvardagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasini  o`rganishni  tashkil  etish  to`g`risida”gi  Farmoyishi 

ham  jamiyatda,  ayniqsa  yoshlar  orasida  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  uchun 

dasturulamal  bo`lib  xizmat  qildi.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  yoshlarga  oid  davlat 

siyosatining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi qonun hujjatlarining doirasi juda ham 

keng. Bu borada “Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida amaldagi qonun hujjatlarini 

takomillashtirish  yuzasidan  tashkil  etilgan  ishchi  guruh  tomonidan  mustaqillik 

yillarida  qabul  qilingan  amaldagi  qonun  hujjatlari  atroflicha  tahlil  qilinib,  yoshlar 

huquqlari,  manfaatlari  va  erkinliklari  belgilangan  qonun  hujjatlari  tizimi 

shakllantirilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan amaldagi 

normativ-huquqiy  bazani,  uning  yoshlar  manfaatlari  va  huquqlarini  himoya  qilishga 

oid  qismini  takomillashtirish  maqsadida  inventarizatsiyadan  o‘tkazish  jarayoni 

Konstitutsiya  va  kodekslardan  tashqari,  bu  sohada  22  qonun,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  15  ta  farmoni  va  11  ta  qarori,  Vazirlar  Mahkamasining 

41  ta  qarori,  32  ta  idoraviy-me'yoriy  hujjat  mavjud  ekanligini  ko‘rsatdi.  Shundan 

keyin  ham  yana  o‘nlab  yangi  qonun  hujjatlari  qabul  qilinganligi  hisobga  olinsa, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  normalariga  asoslangan,  yoshlarga  oid 



 

 

12 



 

davlat  siyosatining  huquqiy  asoslarini  belgilab  beruvchi  normativ-huquqiy  hujjatlar 

tizimi 150 dan ortiq qonun hujjatlaridan tashkil topganligi ma'lum bo‘ladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  40-moddasida  har  bir  inson 

malakali  tibbiy  xizmatdan  foydalanish  huquqiga  ega  ekanligi  belgilangan.  Mazkur 

konstitutsiyaviy  normaning  hayotiyligini  ta'minlash  maqsadida  sog‘liqni  saqlash 

tizimiga  har  yili  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  12-15  foizdan  ortiq  qismi 

yo‘naltirilmoqda.  O‘zbekiston  2011-yilda  “Bolalarni  asraylik”  xalqaro  tashkiloti 

tomonidan  tuzilgan  161  mamlakatdan  iborat  jahon  reytingida  o‘sib  kelayotgan  yosh 

avlod  salomatligi haqida  eng  ko‘p  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatilayotgan  davlatlar orasida  9-

o‘rinni egalladi 27. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen 

o‘zining 2011-yil 25-26 noyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro 

anjumandagi nutqida e'tirof etganidek: “O‘zbekistonda hatto global inqirozlar davrida 

ham  aholining  salomatlik  ko‘rsatkichlari  muttasil  oshib,  umr  ko‘rish  davomiyligi 

yuksalmoqda. 

  

O‘zbekiston bu bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi”. Mamlakatimiz rahbari 



Islom Karimov “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy 

modeli:  “sog‘lom  ona  –  sog‘lom  bola”  mavzusidagi  ushbu  xalqaro  simpoziumning 

ochilishidagi nutqida bu muvaffaqiyatlarimizning omillari haqida atroflicha to‘xtalib, 

mustaqil  rivojlanish  yillarida  mamlakatimiz  sog‘liqni  saqlash  tizimini  barpo  etishni 

davom ettirish va yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratilganiga 

anjuman ishtirokchilari e'tiborini qaratdi. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul 

umumiy  ta'lim  olish  davlat  tomonidan  kafolatlanadi.Maktab  ishlari  davlat 

nazoratidadir”

6

.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  ushbu  41-moddasi 



ijrosi yuzasidan ham faxrlansa arziydigan islohotlar amalga oshirildi. Birgina Kadrlar 

tayyorlash  Milliy  dasturi  (1997-yil)  va  Maktab  ta'limi  rivojlantirish  Davlat 

umummilliy  dasturi  (2004-yil)  doirasida  1539  ta  akademik  litsey  va  kasb-hunar 

kollejlari,  7800  tadan  ziyod  umumta'lim  maktablari  yangitdan  qurilib,  to‘liq 

                                                           

6

O’zbekiston Respblikasining Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2013






 

 

13 



 

zamonaviy  vositalar  bilan  jihozlandi.  Oliy  ta'lim  muassasalarining  soni  1,8  barobar 

(37  tadan  66  taga,  shundan  59  tasi  milliy,  7  tasi  xorijiy)  ko‘paydi.  5980  ta  bolalar 

sport maskanlari, 6151 ta yopiq sport zallari barpo etildi28. O`zbekiston Respublikasi 

Prezidentining  2001-yil  4-yanvarda  e'lon  qilingan  “O`zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi ham mamlakatda 

Konstitutsiyani ommaviy ravishda o`rganish hamda uni hayotga tatbiq etish bo`yicha 

dasturulamal  vazifasini  o`tamoqda.  Mana  shu  maqsadda  davlatimiz  rahbari 

O`zbekiston  Konstitutsiyasini  bolalar  bog`chasidan  boshlab  o`rgatish,  maktablarda 

darslik  tariqasida  o`qitish  hamda  oliy  o`quv  yurtlarida  esa  maxsus  dars  sifatida 

o`rganishni  vazifa  qilib  qo`ydi.  Sog‘liqni  saqlash  va  ta'lim  sohasidagi  islohotlar 

shular bilan cheklanib qolmay, hozir ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 2011-

2015-yillarda 700 dan ortiq tibbiyot muassasasi, 400 ta bolalar sporti, 221 ta bolalar 

musiqa  va  san'at  maktabi  qurib,  foydalanishga  topshirish,  sport  bilan  muntazam 

shug‘ullanadigan bolalar sonini 2 barobar ko‘paytirish, zamonaviy  “elektron ta'lim” 

loyihasini  joriy  etish  kabi  ko‘plab  ishla  rejalashtirilgan  bo‘lib,  bu  vazifalar 

bosqichma-bosqich amalgam oshirilmoqda. Bu borada erishilayotgan natijalar 2011-

2012 yillarda poytaxtimizda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjumanlarda nufuzli xalqaro 

tashkilotlar, dunyoning barcha qit'alaridan kelgan xorijlik ekspertlar tomonidan e'tirof 

etildi. 


Yurtimizda  avvalo  ommaviy  axborot  vositalari  rivojini  ta'minlaydigan, 

demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkamqonunchilik bazasi 

yaratildi.  Ushbu  davrda  ommaviy  axborot  vositalarini  erkin  vajadal  rivojlantirishga, 

axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashgaqaratilgan 10 ga yaqin 

qonun  hujjatlari  qabul  qilindi.  Ko`rilgan  chora  tadbirlarnatijasida  bugungi  kunda 

O‘zbekistonda  ommaviy  axborot  vositalari  1326  tani  tashkil  etdi.  Ulardan  704  tasi 

gazeta, 254 tasi jurnal, 17 tasi axborotnoma-byulleten, 4 tasi axborot agentligi, 63 tasi 

televideniye, 36 tasi radio,165 tadan ziyodi esa veb-saytlardir. Mavjud bosma davriy 

nashrlarning  43  foizi,  telekanallarning  qariyb  53  foizi,  radiokanallarning  85  foizi 

nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. 




 

 

14 



 

Axborot 


va 

so`z 


erkinligining 

mamlakatimizda 

yuqori 

darajada 

ta`minlanishibirinchidan, fuqarolarning  konstitutsion shaxsiy  huquqlarini  kafolatlash 

bilan  birgao`sib  kelayotgan  yosh  avlodning  bilim  olish  jarayonida  o`ziga  kerakli 

axborotniishonchsiz va noxolis tashqi axborot manbalaridan emas, balki mamlakatda 

ro`yxatgaolingan  va  har  bir  berilgan  axboroti  uchun  javob  beradigan  manbalardan 

olishigaimkoniyat yaratadi. 

2012-yil  10  dekabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “Chet  tillarni 

o‘rganish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Qarori 

qabul  qilindi.  Qarorda  zamonaviy  pedagogik  va  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan  foydalangan  holda  o‘qitishning  ilg‘or  uslublarini  joriy  etish 

yo‘libilan,  o‘sib  kelayotgan  yosh  avlodni  chet  tillarga  o‘qitish,  shu  tillarda  erkin 

so‘zlashaoladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda 

buningnegizida,  ularning  jahon  sivilizatsiyasi  yutuqlari  hamda  dunyo  axborot 

resurslaridankeng  ko‘lamda  foydalanishlari,  xalqaro  hamkorlik  va  muloqotni 

rivojlantirishlariuchun  shart-sharoit  va  imkoniyatlar  yaratish  maqsadida  2013-2014 

o‘quv  yilidan  boshlab,  Respublikaning  barcha  hududida  chet  tillarni,  asosan,  ingliz 

tilini o‘rganish umumta'lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar 

va  og‘zaki  nutq  darslari  shaklida,  ikkinchi  sinfdan  boshlab  esa,  alifbo,  o‘qish  va 

grammatikani  o‘zlashtirishdan  bosqichma-bosqich  boshlanishi,  oliy  o‘quv  yurtlarida 

ayrim  maxsusfanlarni, xususan, texnik  va  xalqaro  mutaxassisliklar  bo‘yicha o‘qitish 

chet  tillarda  olib  borilishi,  umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi 

muassasalariningo‘quvchilari  va  o‘qituvchilarini  chet  tillar  bo‘yicha  darsliklar  va 

o‘quv-uslubiykomplekslar  bilan  ta'minlash,  ularni  belgilangan  muddatlarga  rioya 

etilgan holda qayta nashr etish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 

Respublika  maqsadli  kitob  jamg‘armasining  aylanma  mablag‘lari  hisobidan  bepul 

amalga  oshirilishi

7

 Karimov  I.  Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 



chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasida  ko’rsatib 

                                                           

7

Karimov I. A.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 



konsyepsiyasida ko’rsatib o’tilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma 

majlisidagima'ruza.2010 yil 12 noyabr/ I.Karimov. –Toshkent : “O‘zbekiston”, 2010.-B-.28.

 



 

 

15 



 

o’tilgan.  Yurtimizda  maktab  ta'limi  7  ta  tilda  –  o‘zbek,  qoraqalpoq,  rus,  qozoq, 

qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib boriladi. Bu ham fuqarolarimizning jinsi, irqi, 

millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i 

nazar  qonun  oldida  tengligiga  doir  konstitutsiyaviy  qoidaga  og‘ishmay  amal 

qilinayotgani,  shuningdek,  davlat  yoshlarimizning  Konstitutsiya  va  qonunlarda 

mustahkamlangan  huquqlari  va  erkinliklarini  qat'iy  ta'minlab  kelayotganining  yana 

bir  isboti.  O`quvchi  qizlar  uchun  “Zulfiya”  nomidagi  Davlat  mukofoti,  oily  ta`lim 

muassasalari  talabalari  uchun  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Beruniy,  Ibn 

Sino,  Navoiy,  Ulug`bek,  Imom  al-Buxoriy  nomlaridagi  Davlat  stipendiyalari  ta`sis 

etildi va shu kungacha mingdan ortiq yoshlar ushbu tanlovlarda g`olib bo`lib, ko`plab 

imtiyoz  va  rag`batlarni  qo`lga  kiritdilar.  Bundan  tashqari  mazkur  davrda  voyaga 

yetmaganlar  va  yoshlar  huquqlarini  himoya  qilish,  ularni  yanada  kengroq  qullab-

quvvatlash  maqsadida  yosh  iste'dodlar  uchun  “Nihol”  mukofoti  (2006),    “Voyaga 

yetmagan  bolalarni  farzandlikka  va  bolalarni  oilaga  tarbiyaga  olish  (patronat) 

to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007),“Yosh oilalarni 

moddiy  va  ma'naviy  qo‘llab-quvvatlashga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar 

to‘g‘risida”gi  Farmon  (2007)  imzolandi,  shuningdek  O‘zbekistonda  bolalar 

farovonligini  ta'minlash  bo‘yicha  Harakat  dasturi  (2007),  Bolalar  musiqa  va  san'at 

maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada 

yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi. 

Yurtboshimizning “O‘zbekistonda yashayotgan barcha-barcha yoshlar 



 

mening 


bolalarim,  mening  farzandlarim!”  degan  so‘zlari  maktab  va  ta'lim  sohadasi 

yurtimizda  amalga  oshirilayotgan  ishlarda  o‘z  ifodasini  topmoqda.  Bugungi  kunda 

mamlakatimizda  9779  ta umumta'lim  maktabi  faoliyat  yuritmoqda.  Maktab  ta'limini 

rivojlantirish  Davlat  umummilliy  dasturini  amalga  oshirish  doirasida  2004-2009 

yillarda  respublika  bo‘yicha  8500  dan  ziyod  maktab  qurildi  va  kapital  ta'mirlandi. 

Ularning aksariyati qishloqlarda joylashgan. Ushbu maqsadlar uchun 1,4 trillion so‘m 

mablag` sarflandi. 



 

 

16 



 

“Kadrlar  tayyorash  dasturi  deb  nomolgan  Ta'lim  sohasini  isloh  qilish  dasturi 

mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish 

prinsipiga  asoslangan  iqtisodiy  va  siyosiy  islohotlarning  biz  tanlagan  “o‘zbek 

modeli” – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir.  Dasturga muvofiq 

mamlakatimizda  “9+3”  sxemasi  bo‘yicha  12  yillik  umumiy  majburiy  bepul  ta'lim 

tizimi  joriy  etildi.  Dasturni  hayotga  tatbiq  etish  davomida  uzluksiz  xususiyat  kasb 

etgan ta'limning nafaqat shakli, balki mohiyati ham tubdan o‘zgartirildi. 

Ayni paytda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini 

ta’minlash  bo‘yicha  qo‘yilgan  vazifalarni  to‘liq  amalga  oshirish  uchun  hali  ko‘p 

ishlar  qilinishi  kerak.  Bu,  birinchi  navbatda,  yigit-qizlarimizning  olijanob 

intilishlarini  ro‘yobga  chiqarish,  jamiyatimizning  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy 

rivojlanishida  ishtirok  etishida  barcha  yordamni  ko‘rsatish  bilan  bog‘liqdir.  Shu 

munosabat  bilan  bugungi  kunda  yoshlarda  xalqimizga  mutlaqo  yot  bo‘lgan  turli 

oqimlar  va  ta’sirlarga  qarshi  mustahkam  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish 

dolzarb ahamiyat kasb etadi.




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə