Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix29.04.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#86185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2.3. 

Yoshlar 

mavzularini 

yoritishda 

matbuot 

va 

jurnalistlarga 

qo’yiladigan talablar 

Yoshlar  ertangi  kun  egalari.  Yurt  kelajagi.  Ularga  ko’rsatilayotgan  e`tibor 

g’amxo’rlik  kelajak  uchun  ham  mustahkam  poydevor  bunyod  qilish  demakdir.  Bu 

borada  amalga  oshirilayotgan  har  qanday  mavzuga  jiddiy  yondashuv  talab  e`tiladi. 

Bugungi  kunda  yoshlar  bilan  ishlash  ularni  imkoniyatlari  yutuqlarini,  kerak  bo’lsa 

muammolarini xolis yoritish OAVlari zimmasiga katta ma`sulyat yuklaydi. Bugungi 

yoshlar auditoriyasining didi, tanlovi o’sib bormoqda. Yildan-yilga ommaviy axborot 

vositalarini  soni  bilan  birga  sifati  oshib  borayotganiga  barchamiz  guvoh  bo’lib 

turibmiz. 

Ommaviy axborot vositalarining asosiy bo’g’ini hisoblangan bosma nashrlarda 

aynan  yoshlar  mavzularini  yoritish  masalasiga  e`tibor  qaratadigan  bo’lsak,  o’z 

o’rnida  haqli  savol  tug’iladi.  Bugungi  o’quvchi  yoshlar  nima  uchun  matbuotga 

nisbatan  boshqa  OAVlarga  murojat  qilishni  afzal  ko’rishadi?  Bunga  bir  qancha 

misollarni ko’rsatishimiz mumkin albatta, birinchidan matbuotlar bir haftada bir  yoki 

ikki marta nashr qilisnishi, ikkinchidan televizor orqali jarayonlarni guvohi bo’lishi, 

uchinchidan boshqa mashg’ulotlar bajarish bilan birga radio tinglash,  internetni bir 

tugmasini  bosish  orqali  axborotga  ega  bo’lish  bularning  barchasi  har  bir  ommaviy 

axborot vositalarining o’ziga xosligi va yo’nalishidir. Matbuot  haqida so’z ketganda 

shuni 

unutmasligimiz 



kerakki, 

undan 


nafaqat 

axborot 


olamiz, 

balki 


savodxonligimizni  oshirish  uchun  ham  foydalanamiz.  Mutaxassislarni  fikricha, 

gazeta  boshqa  OAV  nisbatan  ishonchlilik  darajasini  katta  yoshli  o’quvchilar  yuqori 

qo’yishlariga  sabab  uni  bir  paytni  o’zida  ham  ko’rib  ham  qo’l  bilan  ushlab  ko’rish 

imkoniyatini berishidadir. 

                                                           

32

 



Uz.mcs.uz.

 



 

 

49 



 

Bitiruv-  malakaviy  ishimizda  tahlil  qilinayotgan    “Marifat”  va  “Turkiston” 

gazetalariga  qisqacha  tasnif  beradigan  bo’lsak,  “Ma`rifat”    xalq  ziyolilari  gazetasi, 

O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Oliy  va o’rta maxsus ta`lim vazirligi, 

O’zbekiston  Ta`lim,  fan  va  madaniyat  xodimlari  kasaba  uyushmasi  Respublika 

kengashi  muasisligida  haftada  ikki  marta  chop  etiladi.  Gazeta  16  sahifadan  iborat 

bo’lib  mavzulari  ko’lami  keng.  Asosan  ta`lim  sohasiga  tegishli  masalalar,  tahliliy 

materiallar,  hududiy  va  jahon  yangiliklari  muntazam  berib  boriladi.  “Turkiston” 

gazetasi  o’z  oldiga  respublika  yoshlarini  axborot  bilan  ta`minlash,  shu  bilan  birga 

o’sib  kelayotgan  yosh  avlodni  ona  Vatanga  muhabbat,  yurtga  sadoqat,  milliy 

qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilish vazifasini qo’ygan. 

Yuqoridagi ikki matbuot tuzilishi, yo’nalishi jihatidan bir biridan farq qilsa-da, 

yoshlar mavzulariga jiddiy yondashuvi bilan umumiy jihatlari bir qancha. 

Ma’rifat  gazetasida  yoshlar  mavzulari,  batafsil  va  kengroq  yoritiladi,  ta`lim 

sohasiga  doir  barcha  ma`lumotlar  muntazam  berib  boriladi.  Masalan  gazetaning 

2014-yil 2- avgust sonida “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 

2014-2015  o’quv  yilida  foydalanishga  tavsiya  etiladigan  darslik  va  o’quv 

qo’llanmalar  ro’yhati”

33

 bir  sahifada  berilgan  unda  1-9  sinfgacha  bo’lgan  o’quv 



qo’llanmalar  nomi,  mualliflari,  nashr  etilgan  yili,  ta`minlanish  turi  jadval  asosida 

ko’rsatib o’tilgan. Bu kabi materiallar ta`lim muassasalari rahbarlari, o’qituvchilar va 

ota-onalar uchun ham bir qancha qulayliklarni yaratadi. 

Gazetaning  shu  sonida  berilgan  “Orzulari  bir  olam  yoshlar”  mavzuyidagi 

maqolada  oliy  ta`lim  muassasiga  o’qishga  kirishni  orzu  qilgan  qanchadan-qancha 

yoshlar haqida bo’lib, ularning his-hayajonlari batafsil yoritilgan. Maqolaning o’ziga 

jalb  etish  xususiyatlari  bir  talay.  Maqola  hajm  jihatdan  ko’p  bo’lishiga  qaramay 

o’quvchini  ortidan  to’xtatmay  ergashtirib  keladi.  “Birinchi  avgust  tongi  boshqa 

kunlardan o’zgacha otdi. Shahar  metropoliteni ham, jamoat transportlari ham ishini 

har  kungidan  ertaroq  boshladi.  Ko’chalar  doimgidan  gavjum,  qo’lida  passport  va 

DTM ruxsatnomasini tutgan abiturentlar imtihon o’tkaziladigan o’quv binolari tomon 

                                                           

33

“Ma`rifat” gazetasi 2014- yil 2- avgust, 62-son.



 


 

 

50 



 

shoshilmoqda.  Ezgu  niyatlar,  hayajon,  ishonch,  xavotir  kabi  tuyg’ularning  bari 

ko’nglida  jo”.  Maqola  kirish  qismi  har  qanday  o’quvchini  bir  daqiqaga  bo’lsa-da 

abiturentlik davriga olib kira oladi. Faktlarga to’xtaladigan bo’lsak, “2014 yil qabul 

komissiyasiga 543mingdan ziyod abiturent ariza topshirib, bir o’ringa o’rtacha tanlov 

9,4ni tashkil etdi. 2013-yil bu ko’rsatgich 8,5 2012- yili esa 7,6 bo’lgan”

34



Gazetada  sohaga  doir  ko’plab  terminlar  ham  beriladi.  Yana  shunisi  e`tiborga 



loyiqki, gazeta muxbirlar ta`lim sohasi, sport yo’nalishi, ijtimoiy siyosiy mavzularni 

yoritishda  o’sha sohalarning mutaxassislari kabi ilmiy yondashuvni guvohi bo’lamiz. 

“Turkiston”  gazetasini  yoshlar  tilidan  yoziladigan  matbuotlar  sirasiga 

kiritishimiz mumkin. Gazeta faoliyatini quydagi yo’nalishlarda ko’rishimiz mumkin. 

 

Yoshlar hayotiga oid yangiliklarni berib borish



 

Yoshlarni – huquq va manfaatlarini himoya qilish; 



 

Zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lgan yoshlar faoliyatini ommalashtirish; 



 

Bugungi  o’ta  murakkab  va  tahlikali  zamonda  mavjud  bo’lgan  har  qanday 



xatarlarga,  zararli  ta`sir  va  oqimlarga  nisbatan  ogoh,  sergak  va  hushyor 

bo’lish borasida targ’ibot ishlarini olib borish; 

 

Yoshlar  muammolarini  gazeta  orqali  ko’tarish  va  yechimini  topishga 



ko’maklashish;              

 



Yoshlarimizni jamiyat hayotida ishtirokini kuchaytirishdan iborat. 

Gazetada  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  huquqiy  maqolalar  muntazam  berib 

boriladi.  Bugun  dunyoga  yuz  tutayotgan  o’zbek  yoshlari  xalqaro  munosabatlardan 

ham xabardor bo’lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Gazetaning 2014 yil 25 oktabr 

85-sonida  “O’zbekiston  –  Turkmaniston:  O’zaro  manfaatli  hamkorlikning  yangi 

bosqichi”  mavzuli  maqolasida  ikki  davlat  prezidentlarining  tor  doiradagi 

uchrashuviga bag’ishlangan bo’lib maqolada umumiylikdan qochib, sodda tilda ikki 

davlat  o’rtasidagi  munosabatlarga  alohida  to’xtalib  o’tilgan.  “Islom  Karimov  va 

Gurbanguli  Berdimuhamedov  mintaqada  suv  resurslaridan  foydalanish  masalalariga 

alohida e`tibor qaratdilar. Ta`kidlanganidek, suv energitika sohasiga doir masalalarni 

                                                           

34

 “Ma`rifat” gazetasi 2014-yil 2-avgust 62-son.



 


 

 

51 



 

hal qilishda, jumladan, transchegaraviy daryolarda yirik gidroenergetika inshoatlarini 

barpo  etishda  BMTning  tegishli  konvensiyalarida  belgilab  berilgan  xalqaro 

me`yorlarga  muvofiq  ish  tutish,  bunday  ob`ektlarning  loyihalarini  mustaqil  xalqaro 

ekspertizadan  o’tkazish  zarurligi  qayd  etildi”

35

 kabi  bir  qancha  ma’lumotlarni 



berilishi  yoshlar  uchun,  ham  xalqaro  aloqalar,  ularning  ahamiyati,  dolzarbliginini 

o’rganib borishlari uchun judayam muhim hisoblanadi. 

Zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lgan yoshlar faoliyati bilan keng ommani 

tanishtirish va yoshlarni ijodiy faoliyatlarini kengaytiradigan materiallarni muntazam 

e`lon qilish matbuotning bosh maqsadlaridan hisoblanadi. Shunday maqolalardan biri 

2015-yil  14-mart  21-sonda  chop  etilgan  Zarnigor    Abdumalikovaning  “70  yoshda 

yetti  tilni  o’rganish  mumkin…”  nomli  suhbatidir.  Suhbat    O’zbekistonda    ilk 

mnemonist,  23  yoshli  Shohrux  Mirzo  Rahmonov  bilan  uyishtirilgan.  Mnemonika 

so’zi  yunoncha  “mnemonikon”  so’zidan  olingan  bo’lib,  eslab  qolish  san’ati  degan 

ma’noni  anglatadi.  Materialning  dolzarbligi  bugungi  zamon  yoshlari  dunyo  tillarini 

bilishlari,  o’rganishlari  nafaqat  ehtiyoj  balki  zaruriyat  hamdir.  Shu  nuqtai  nazardan 

jurnalistning  tanlagan  mavzuyi  va  o’quvchiga  yetkazishi  uslubi  to’g’ri  tanlov 

hisoblanadi.  Materialda    quydagi  misollar  berilgani  har  qanday  til  o’rganishga 

ishtiyoqi  bor  kishilar  e`tiborini  tortmay  qolmaydi.  “Til  o’rganishda  asosan  yangi 

so’zlarni talaffuzini o’zingiz biladigan qofiyadosh so’zlar bilan bog’lash lozim. Misol 

uchun:  ingilizcha  “Pul”  so’zi  tortmoq  ma`nosini  bildiradi.  Bu  so’zni  qanday  eslab 

qolish  mumkin?    Siz  “pull”ni  o’zingiz  biladigan  o’zbekcha  pul  so’ziga  bog’laysiz. 

Endi  pul  tortilib  kelayotganini  tasavvur  qiling.  Bu  orqali  esda  saqlab  qolish 

qobilyatingiz  yanada  yaxshilanadi.  Bu  xotiraning  eng  kuchli  qoidasidir”

36

.  Berilgan 



ma`lumotlar nafaqat chet tillarini mustaqil o’rganishning qulay usuli, balki xotiraning 

mustahkamlash uchun ham ahamiyatli ekani muhim xususiyati deyishimiz mumkin. 

Sotsiologlarning e’tirof etishicha, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy axborotlar qancha 

ko‘p  to‘plansa,  jamiyatning  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy  o‘sishi  shuncha  tezlashadi. 

Modomiki, jurnalistika shu turdagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tartibga solish, 

                                                           

35

“Turkiston” gazetasi 2014-yil 25- oktabr  85-son.



 

36

 “Turkiston” gazetasi 2015-yil 14- mart 21-son.



 


 

 

52 



 

tahlil  qilish  bilan  shug‘ullanar  ekan,  shunjay  xulosa  chiqarish  mumkin: 

jurnalistikaning  sifati  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  u  o‘ziga  yuklangan  vazifani 

shunchalik to‘liqroq bajaradi, jamiyat shunchalik samarali va tez rivojlanadi, davlat 

institutlari  va  hokimiyat  boshqaruv  vazifasini  to‘liqroq  bajaradi,  jamiyat  rivoji, 

istiqbolini oldindan aytib, uning rejalarini ishlab chiqadi. 

E'tiborli  jihati  –  hozir  dunyoda  turli  yo‘nalishdagi  gazeta  va  jurnallar 

miqdorining  sezilarli  o‘sishi  kuzatilmoqda.  “Mass-media  bo‘yicha  mashhur 

mutaxassis  Maykl  Konniff  aytgan  edi:  “XX  asr  oxirlaridayoq  Amerika  kunlik 

gazetalarining  davri  tugagandek  tuyulgandi.  Lekin  bunday  bo‘lmadi.  Gazetalar 

elektron-axboriy  revolyusiyaning  asosida  turadi.  Ular  iste'molchilarga  yangiliklar 

tasmasi,  savdo-sotiqqa  oid  axborot  mahalliy  telefon  abonentlari  foydalana  oladigan 

audiomatnlar va xatto, juda ko‘p axboriy vositalar xizmatini taklif etmoqdalar”.

37

 



Bugun  an’anaviy  vaqtli  nashr  bilan  bir  qatorda  yakka  tartibli  jurnalistika 

yuzaga  kelib,  samarali  rivojlanmoqda.  Rivojlangan  mamlakatlarda  jamiyat  fikrini 

shakllantirish  jarayoniga  tobora  ko‘proq  ta'sir  o‘tkazayotgan  o‘nlab  elektron  gazeta 

va jurnallar mavjud. 

Bugun  an'anaviy  vaqtli  nashr  bilan  bir  qatorda  yakka  tartibli  jurnalistika 

yuzaga  kelib,  samarali  rivojlanmoqda.  Rivojlangan  mamlakatlarda  jamiyat  fikrini 

shakllantirish  jarayoniga  tobora  ko‘proq  ta'sir  o‘tkazayotgan  o‘nlab  elektron  gazeta 

va  jurnallar  mavjud.  Bu  jarayon  kelgusida  yanada  kuchga  kiradi.  “Maykrosoft”ning 

tashkilotchisi  Bill  Geyts  e'tirof  etganidek,  yaqin  kelajakda  kompyuter  va  internet 

barcha  uchun  baravar  bo‘ladi  va  uni  sotib  olish  darslikdan  arzonroq  va  qulayroq 

bo‘lib qoladi”.

38

 



Yangi  axborot  texnologiyalar  bizning  hayotimizda  so‘zsiz  ijobiy  rol  bajarish 

chog‘ida  nopok  kishilar  qo‘lida  buzg‘unchilik  g‘oyalarga  ham  xizmat  qilishi 

mumkin. Avvaldanoq matbuot yakka hokimlik qilib kelgan. Buni isbotlovchi yetarli 

darajada ko‘p adabiyotlar mavjud.  

                                                           

37

Allambergenova P. Ochiq axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlik.Ma`ruzalar matni. Toshkent. 2007-y



 

38

 O`sha manba.-B.-34



 


 

 

53 



 

Ba'zi  so‘nggi  hodisalar  ham  bunga  guvoh  bo‘la  oladi.  AQSH  Kongressidagi 

oxirgi  saylovoldi  kompaniyasini  eslash  kifoya.  Xuddi  shunday  hodisa  Iroq  harbiy 

kompaniyasi-respublikachilar va dokratlar tomonidan turlicha talqin etilgan. 

Siyosiy shaxslar, davlat arboblari, yozuvchilar, olimlar, bir so‘z bilan aytganda  

(o‘ta  ahamiyatli  shaxslar)  obro‘sini  to‘kish  uchun  xizmat  qiladigan  Internet  saytlari 

va portallarini ham eslab o‘tish joiz. 

Yuqorida aytilganlar jamiyat hayotida OAVning naqadar muhim o‘rin tutishi, 

hokimiyat  va  xalq  ularga  qanchalar  umid  bog‘lashini  yana  bir  bor  isbotlaydi.  Shu 

o‘rinda O‘zbekiston ham mustasno emas. 

Mustaqilligimiz e'lon qilingan kundan e'tiboran davlat va jamiyat nashr rivoji, 

radio  va  televidenie,  axborot  agentliklariga  katta  e'tibor  qarata  boshladi.  Agar  90 

yillar  boshlarida  respublikada  200  ga  yaqin  vaqtli  matbuot  nashriyotlari  faoliyat 

ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 1000 dan oshdi. 

39

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  OAVga  maxsus  o‘rin  berilgan. 



Ularning  erkin  va  to‘laqonli  rivojlanishi  uchun  maxsus  qonunlar  ishlab  chiqilgan. 

Jamiyatimizda  jurnalistikaning  ahamiyatini  o‘stirish,  uni  qonun  chiqaruvichi,  ijro 

etuvchi  va  sud  hokimiyati  bilan  bir  qatorga  qo‘yish  va  uni  “to‘rtinchi  hokimiyat”ga 

aylantirish  uchun  davlat  siyosati  darajasidagi  qator  tadbirlar  amalga  oshirilmoqda. 

1996-yil  O‘zbekiston  Xalqaro  Internet  tarmog‘iga  ulandi.  Hozirda  ko‘plab  OAV 

kanallari internetda o‘z versiyasiga ega. Elektron gazetalar ham paydo bo‘ldi. Jahon 

jurnalistikasi  tizimiga  qo‘shilish  jarayoni  yuzaga  keldi.  Bugungi  kunda  nafaqat 

bizning  auditoriya  xorijiy  OAVdan  foydalanadi, balki  internet  orqali  bizning  gazeta 

va  jurnallarimizni  o‘qish,  radiomizni  eshitish,  telekanallarimizni  ko‘rish  imkoniyati 

mavjud.  Bu  holat  jamiyatimizni  yanada  ko‘rimli,  yanada  ochiq-oydin  qiladi.  Endi 

xorijda  qiziqqan  institutlar  va  doiralar  sodir  bo‘layotganini  tahlil  qilishlari,  keyin 

nimalar  bo‘lishi  haqida  o‘zlari  tahmin  qilishlari,  jamiyatimiz  uchun  u  yoki  bu 

taraqqiyot ssenariylarini tuzishlari mumkin. 

                                                           

39

O’sha banba.-B.-39.



 


 

 

54 



 

Bularning  barchasi  O‘zbekiston  Respublikasi  axborot  kanallari  zimmasiga 

ulkan  ma'suliyat  yuklaydi.  Tahririyat  jamolari,  OAV  xodimlari,  agar  OAV  o‘zlari 

hayotimizdagi  muammoli  masalalarni  ko‘tarib  chiqmas  ekan,  vujudga  kelayotgan 

qarama-qarshi  fikrlar  imkoniga  yordam  berishga  harakat  qilmas  ekan,  u  holda  buni 

hozir  sodir  bo‘layotganidek-opponentlarimiz  amalga  oshirishlari  mumkinligini 

anglab yetishlari lozim.  

 

 



 

 



 

 

55 



 

XULOSA 

O’zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  buyon  o’tgan  davr  mobaynida  siyosiy 

va  iqtisodiy  sohada  katta  yutuqlarga  erishdi.  Yoshlarning  huquqiy  kafolati  davlat 

siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlarni o’rganish bitiruv 

malakaviy  ishimizni  asosiy  mazmuni  hisoblanadi.  Har  qanday  yangilik,  axborotni 

xolis  va  tezkor    ommaga  yetkazishda  omaviy  axborot  vositalari  ko’prik  vazifasini 

bajaradi. OAV jamoatchilik fikrini shakllantirish, fikrlar xilma-xilligi, qarashlar rang-

barangligini    ta`minlash,  fuqarolar  ijtimoiy  faollikni  oshirish,  jamiyatda  adolat 

mezonlarini  qaror  toptirish,  ochiq  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  barpo  etilishida 

muhim  vosita  bo’lib  hisoblanadi.  Axborot  texnologiyalari  asrida  OAVning    aholi 

barcha  qatlamlarini  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy  tafakkurini  shakllantirishga,  ular 

faoligiga  ta`sir  darajasi  kengayib  bormoqda.  “OAV  tafakkurimizni  shakllantiradi,  - 

deb yozadi E.Dennis,- fikrlarimiz va qarashlarimizga ta`sir ko’rsatadi,  ma’lum xulq-

atvor  turlariga,  masalan,  ma`lum  nomzod  uchun  ovoz  berishimizga  turtki  beradi”

40



Kuz`men  esa,  “jamoatchilik  fikriga  ommaviy  tus  bera  olgani  tufayli  OAV  uni 



boshqarishga va xatto yo’lga solishga qodir”

41

, -deb ta`kidlaydi. 



Boshqa olimlar fikriga ko’ra, matbuot qarashlarni vujudga keltirishda ham uni 

tarqatishda  ham  bevosita  ishtirok  etadi,  ya`ni  u  jamoatchilik  fikrini  ifodalamaydi 

balki  uni  vujudga  keltiradi,  tarix  ma`lum  davrlarida  OAV  siyosiy  ta`sirining  kuchi  

davlat hokimiyatini kuchi bilan tenglashtirilgani ko’rsatiladi. Shu nuqtai nazarda ham 

demokratik  davlat  shakllanishida,    ijtimoiy-siyosiy  bilimlari  chuqur  yoshlarni 

tarbiyalashda  OAVlarining  bir  qator  vazifalari  bor.  Shu  o’rinda  barkamol  avlodni 

tarbiyalashda matbuot ahlining haqqoniy so’zi muhim ahamiyatga ega. 

Bitiruv  malakaviy  ishimizning    ob`ekti  ikki  yirik  terajdagi  respublik  nashrlar 

“Ma`rifat”  va  “Turkiston”  gazetalarining  2014-2015  yil  tahlamlari  asosida  mavzu 

doirasida  o’rganib  chiqdik.  Ta`lim  sohasiga  ixtisoslashgan  “Ma’rifat  ”gazetasi 

mamlakatimiz  taraqqiyoti  bilan  birga  o’sayotgan  keng  auditoriyani  qamrab 

olayotganini guvohi bo’ldik. 

                                                           

40

 Dennis E., Merill D. Besede o mass-media. – M.: Vagrius, 1997. – s. 139.



 

41

 Kuz`min O.V. Sotsiologiya obshestvennovo mneniya. – Novosibirsk, 1996.- s.34.



 


 

 

56 



 

Yoshlar  tilidan  so’zlovchi  “Turkiston”  gazetasi  kompozitsion  jihattan  sodda, 

ixcham, uslubiy ravon va tushunarli tilda mavzularni yoritadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishimizning  birinchi  bobida  yoshlarga  oid  mavzularni 

matbuotda yoritilishini o’rganib chiqib shunday xulosaga keldik: har ikki matbuotda 

yoshlar  masalalariga  keng  o’rin  ajratilgan.  Bir  qancha  na`munali  maqolalarni 

yuqorida tahlil qildik. Misol uchun “Ma`rifat” gazetasida “Qaror va ijro” sahifasida 

yangi  qarorlarga  sharh  va  ijrosi  tafsilotlari  keng  yoritilib  kelingan.  “Turkiston” 

gazetasi  “Yoshlarga  oid  davlat  siyosati  –  amalda”  sahifasi  asosan  yoshlarni 

bandligiga qaratilgan materialllar nashr qilingan. 

Ikkinchi bob matbuotda yoshlarning ma`naviy immunitetini mustahkamlash va 

sport  mavzularini  yoritishda  mahorat  masalalarini  atroflicha  o’rganib  chiqdik. 

Birinchi bobimiz mavzulariga nisbatan “Ma`rifat” gazetasida ushbu bob doirasidagi 

mavzular  ko’proq  yoritilganini  ko’ramiz.  Turkiston  gazetasida  ham  tahliliy 

materiallar ko’proq e`lon qilinisa maqsadga muvofiq bo’lardi. 

Mavzuni o’rganishimiz jarayonida quydagi takliflar tug’ildi: 

 

Iqtisodiyot,  siyosatda  muntazam  o’zgarmaydi  biroq  yoshlar  mavzularida 



qolipga tushib qolish mumkin emas, har kuni, har soat, ildamlash zarur. 

 



Yoshlarga yoshlar tilidan murojat qilish kerak. 

 



Muallifsiz  axborot  agentliklari  materiallarini  ko’chirib  matbuotga 

joylashtirish  orqali  ko’pchilik  yoshlarda  matbuot  ham  “internet 

ma’lumotlarini  oladi”  degan  qarashlarini  keltirib  chiqaradi.    Natijada 

to’g’ridan  to’g’ri  internetga  murojaat  qilishni  afazal  ko’rishiga  yo’l 

qo’ymaslik. 

 



Nashrlarning on-line variantlarini rang-baranglashtirish darkor. 

 



“Turkiston”  gazetasi  sahifalarida  tahliliy  materiallarni  son  va  sifatini 

ko’paytirish lozim. 

 

“Turkiston”  gazetasida  yoshlar  huquqiy  savodxonligini  oshirishga  xizmat 



qiladigan sahifa tashkil etish kerak. 


 

 

57 



 

 



Yoshlar  jurnalistikasi  bo’yicha  mutaxasis  tayyorlash  muhim  masalalardan 

biru hisoblanadi.  

Biz  kichik  tadqiqotimiz  davomida    100  kishidan  iborat  15  yoshdan  30 

yoshgacha  bo’lgan,  Nizomiy  nomidagi  Pedagogika  universiteti,  O’zbekiston  davlat 

jahon  tillari  universiteti  va  1-  Toshkent  pedagogika  kolleji  talabalari  o’rtasida 

quyidagi savollardan iborat so’rovnoma o’tkazdik:   

1.Yoshlar  matbuotidan  qaysi  gazetani  muntazam  o’qib  borasiz?  Degan 

savolimizga 25% yoshlar  “Turkiston”, “Ma’rifat”, “Diyor”gazetalari va “Yosh kuch” 

jurnali,  55  %  “Darakchi”,  “Sug’diyona”,  “Bekajon”,  gazetalari,  10  %  yoshlar 

matbuoti  juda  oz  deb  deb  keltirishgan,  10  %    muntazam  kuzatib  boradigan 

matbuotlari umuman yo’qligini ko’rsatishgan. 

2.  “Ma’rifat”    va  “Turkiston”  gazetalarini  kuzatib  borasizmi?  “Ma’rifat” 

gazetasi  45  %,  “Turkiston”  30  %,  har  ikkala  matbuotni  kuzatib  boruvchilar  25  % 

tashkil etdi.  

3.Yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishda qaysi matbuotni faol deb bilasiz? 

45 % yoshlar “Huquq olamida” gzetasiga, 35 % “Xalq so’zi”,“Ma`rifat” “Turkiston”, 

“Inson  va  huquq”,  15  %  yuqoridagi  talablar  darajasidagi  matbuot  yo’q  deb  javob 

berishgan,  5  %  yoshlar  “Shunday  matbuot  bormi  o’zi”  degan  savol  bilan  murojat 

qilishgan. 

4.  Yurtimiz  yoshlar  matbuotining  yutuqlari  nimalardan  iborat  deb  o’ylaysiz?  

55 % yoshlar “Shou- biznes” va yoshlarga berilayotgan e`tibor, tezkor yoritiladi, 35 

% yoshlar turli mavzular, 10 foiz yoshlar yutuqlari yo’q degan javoblarni berishgan. 

5.Respublikamiz  matbuotlarida,  yana  qanday  yoshlar  mavzularini  yoritilishini 

hohlardingiz?  kabi  savollardan  iborat  so’rovnoma  natijalariga  ko’ra  yoshlarning 

takliflari quyidagicha bo’ldi: 

 



Yoshlarni jahon siyosiy jarayonlaridan ko’proq xabardor etish; 

 



Qonun, qaror, dasturlarni yoshlar tilidan yozish; 

 



Ta`lim  sohasiga  oid  xususan  chet  elda  ta`lim  olish  masalalaridagi 

mavzularni ko’paytirish; 




 

 

58 



 

 



Tanlovlar bu boradagi ko’rsatmalarni e`lon qilish;  

 



Yoshlar  ma`naviy  olamini  boyitishga  xizmat  qiladigan  jahon  adabiyoti 

durdonalarini muntazam e’lon qilib borish; 

 

Yoshlarni  qiziqtiradigan  mavzularda  matbuot  tomonidan  tanlovlar 



o’tkazish. 

O’tkazilgan  kichik  tadqiqotimiz  umumiy  natijalariga  ko’ra  demokratik  davlat 

qurishda  yoshlarni  huquqiy  savodhonligini  oshirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Yoshlar  matbuotida  yoshlar  siyosatini  yoritish,  bilan  birga  huquqiy  bilimlarini 

oshirishga  xizmat  qiladigan  materiallar,  sahifalar  ko’proq  yoritilishi  maqsadga 

muvofiq bo’lar edi. 

 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə