Xalqaro nordik universiteti mustaqil ish mavzu



Yüklə 75,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix30.12.2023
ölçüsü75,89 Kb.
#166788
1   2   3   4   5   6   7   8
Windows operatsion tizimi uskunalar paneli

2.2 rasm Windows 11 


Windows 11 — Microsoft kompaniyasining Windows NT operatsion tizimining eng 
soʻnggi versiyasi boʻlib, 2021-yil oktabr oyida chiqarilgan. U oʻzidan oldingi Windows 
10 (2015) ga bepul yangilangan boʻlib, yangi Windows 11 tizim talablariga javob 
beradigan har qanday Windows 10 qurilmalari uchun mavjud. 
Windows operatsion tizimlari oilasi, asosan uy sharoitida, korporativ qo’llashga emas, 
foydalanishga mo’ljallangan. Ularda bir nechta foydalanuvchi ko’mpyuterlari bilan 
ishlash imkoniyati ko’zda tutilgan bo’lsa ham, lekin qayd qilish mexanizmi 
ishlamaydi. Har bir fo’ydalanuvchi o’ʻz ishchi muhiti, o’z ishchi sto’li ko’rinishi, 
masalalar paneli tarkibi va «Пуск» menyusi, foydalaniladigan dastur so’zlash 
parametrlariga v ho’kazo’larga egadir. 
Operatsion tizim (OT) tushunchasi Operatsion tizimning vazifasi kompyuter ishini 
boshqarishdan iborat, ya’ni u dasturlarni ishga tushiradi, ma’lumotlar himoyasini 
ta’minlaydi, foydalanuvchilarning va dasturlarning talablari bo’yicha turli servis 
amallarini bajaradi, printer va boshqa kompyuterga ulangan «tashqi» qurilmalar ishini 
boshqaradi. Kompyuterga yuklanuvchi ixtiyoriy dastur operatsion tizim xizmatidan 
foydalanadi, shuning uchun bu dastur faqat unga shu xizmatlarni ta’minlab beruvchi 
operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Operatsion tizimni tanlash juda muhim, chunki 
u foydalanuvchi kompyuterida qaysi dasturlar bilan ishlash mumkinligini, uning 
ma’lumotlari himoyasining darajasini, qanday texnik vositalari kerakligini va 
hokazolarni aniqlaydi. Opеratsion tizim bajaradigan vazifasiga ko’ra 3 guruhga bo’lish 
mumkin: 
- bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); 
- ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi); 
- tarmoqli. 
Windows operatsion tizimining qo‘shimcha imkoniyatlari
Bir vazifali opеratsion tizim bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani 
bajarishi uchun mo’ljallangan. Bunday opеratsion tizimlarning tipik vakili MS DOS 
dir. Ko’p vazifali opеratsion tizim vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHM dan 
jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Tarmoq opеratsion tizimi. Lokal va global 
tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan bo’g’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari 
barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli opеratsion 
tizimlarning tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, 
Solaris va boshqalar. Tarmoqqa ulangan kompyutеrlarni yakkahol va birgalikda 
ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat opеratsion tizim-tarmoq 
opеratsion tizimi dеb ataladi. Ushbu opеratsion tizim, jumladan, tarmoq ichra 
ma’lumotlarni ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi hizmatlarni ko’rsatadi. 
Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi: 
1.
Ishonchlilik. Tizim o’zi boshqatayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli 


bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xatolik uchrasa, uni tizim topa olishi 
va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo’lmasa shu xatolik tufayli 
foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
2.
Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o’z ishiga boshqa 
foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli tizim foydalanuvchilarni 
dastur va ma’lumotlarini o’zgalar hatoliklari ta’siridan hamdaaralashuvidan himoya 
qilishi lozim.
3. Samaradorlik. Odatda operatsion tizimning o’zi EHM ning katta resursini egallaydi. 
Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, tizimning o’zi ancha ixcham 
bolishi va EHM ning resurslarini samarali boshqarishi lozim.
4. Qulaylik. Operatsion tizimda ko’p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq 
foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion tizim orqali turli maqsadli va turli algoritmli 
masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday h olda har bir foydalanuvchiga keng 
qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur hususiyat operatsion tizimning 
muhim hususiyati hisoblanadi.
5. Bashorat. Operatsion tizim foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob 
berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida 
yozilgan bo’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil 
bo’lishi kerak. 
6. Moslashuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. 
Resurslar majmuasi operatsion tizim samaradorligini oshirish maqsadida 
ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida operatsion tizimga yangi texnik va 
dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan 
jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida 
qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Opеratsion tizim 
foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr qurilmalari bilan qulay 
muloqotni(intеrfеysni) ta’minlaydi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda 
o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday 
dasturlarni ko’pincha utilitlar va drayverlar dеb ataladi. Hozirda operatsion 
tizimlarning juda ko’p turlari mavjud bo’lib ulardan quyidagilarni misol keltirishimiz 
mumkin:- UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, LINUX, WINDOWS, 
MACINTOSH va boshqalar.

Yüklə 75,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə