29
Bunday farqlanish o‘qishni maqsadli va o‘rinli faoliyat turi sifati baholash
imkonini beradi (Snou va RAND Korporatsiyasi, 2002[18]). Kognitiv baholashning
asosiy maqsadi matnli ma’lumotlarni qayta ishlash jadvalida tasvirlangan jarayonlar
bilan bog‘liq.
Matn ustida ishlash jarayoni
2018-yilgi o‘qish jarayonlari tipologiyasi rovon o‘qish jarayonini matn
ko‘rinishidagi ma’lumotlarni o‘qib-tushunish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
jarayonlardan ajratilgan holda ko‘rsatiladi.
Rovon o‘qish
Rovon o‘qish o‘quvchining matnning umumiy ma’nosini tushunishda matnlar va
so‘zlarni qayta tahlil va talqin qilish va so‘zlarni va matnlarni to‘g‘ri va bir tekisda o‘qiy
olish qobiliyati sifatida ifodalanishi mumkin (Kuyn va Shtal, 2003[58]).
Boshqacha
qilib aytganda, rovonlik o‘qilayotgan ma’lumotni to‘liq tushunish uchun ularni
osonlik va samarali o‘qish demkdir. O‘qib-tushunish va oson va samarali o‘qish
orasida bog‘liqlik bor ekanini ko‘rsatuvchi qator dalillar mavjud (Chard, Pikulski
va McDonagh, 2006[59];
Kuhn va Stahl, 2003[58]; Wagner va boshqalar, 2010[60];
Wayman va boshqalar, 2007[61]; Woodcock, McGrew va Mather, 2001[62];
Jenkins
va boshqalar, 2003[63]). Mazkur bog‘liqlikni tushuntirib beradigan asosiy psixologik
mexanizm matnni oson va samarali o‘qish matnlarni sintaktik tahlil qilish, shifrlash
va so‘zlarni tushunish ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash bilan bog‘liq
ekanini
ko‘rsatadi.
Rovon o‘qish inson diqqat-e’tiborini va xotiradagi ma’lumotlarni bo‘shatib,
bu yuqori saviyada o‘qib-tushunish jarayonlariga yo‘l ochadi. Aksincha, o‘qish
rovonligining sayozligi tushunilishi kerak bo‘lgan resurslarni (ma’lumotlarni) bosma
matnni qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan quyi saviyadagi jarayonlarga o‘zgartirib,
o‘qib-tushunish ko‘nikmasini susayishiga olib keladi (Kayn va Oakhill, 2008[64];
Perfetti, Marron va Foltz, 1996[65]). Rovonlik va
tushunish orasidagi mazkur
kuchli bog‘liqlikka e’tibor qaratish orqali AQShdagi Milliy O‘qish Savodxonligi
Qo‘mitasi o‘quvchilarning tushunish ko‘nikmalarini yaxshilashda o‘qish rovonligini
rivojlantirishni tavsiya etadi.
Dostları ilə paylaş: