Xalqimiz hayotida mustaqillik tufayli o`zgarishlar yuzaga kеldi: ilm-fan va milliy ma`naviyatimiz rivоjda katta yutuqlarga erishildi



Yüklə 36,79 Kb.
səhifə2/3
tarix15.05.2023
ölçüsü36,79 Kb.
#110410
1   2   3
Shermuhammad Munis

Shermuhammad Munis (1778—1829) Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida (1778) tugʻildi. 1800 yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis «Firdavsul-iqbol» nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.
Munis «Munisul-ushshoq» («Oshiqlar doʻsti») nomli devon (1804-05) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda koʻchirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari OʻzFAShI qoʻlyozmalar fondida saqlanadi(inv.¹ 1330, 1793, 7865, 940, 9556, 62, 63, 64, 9177, 10937). Munisning sheʼriy merosi 10000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning «Ravzatus-safo» asarini oʻzbek tiliga tarjima qiladi. 1804 yilda arab alifbosini oʻrganishga bagʻishlangan «Savodi taʼlim» nomli sheʼriy manzumani yaratdi. Tarixiy asarlari N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Ya.Gʻulomov, Q.Munirov tomonidan, adabiy merosi V.Abdullaev, S.Dolimov, R.Majidiy, N.Jumaev v.b. olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Xorazm adabiy muxitining etuk shoiri, adibi, tarixchisi, tarjimoni va tajribali murabbiysi xamda ma’rifiy kuychisi Shermuxammad is o’z zamonasida va keyingi davrlarda xalq va madaniyat muxlislari o’rtasida katta shuxrat qozondi. U shoir sifatida «Munisul-ushshoq» (oshiqlar do’sti) devonini, pedagog sifatida «Risolai savod» kitobini, tarixchi sifatida «Firdavsiy iqbol» asarlarining muallifi, tarjimon sifatida Mirxondning «Ravzatus safo» asarining 1 tomi va 2 tomning yarmini tarjima qildi, xattot sifatida xo’ asr o’zbek shoiri Roqim kabilarning devonini ko’chirib, boy meros koldirdi...
O’zbek adabiyotshunoslik fani munisshunoslikka doir ma’lum muvoffaqiyatga erishdi. Munisning keng va ko’p qirrali faoliyatiga doir Bartol’d, T.P.Ivanov, S.P.Tolstov, Ya.¢ulomov, Q.Munirov, R.Majidiy, A.Boboxonov, V.Zoxidov, V.Abdullaev, J.Sharipov, A.Murodov, A.Hayitmetov, Yu.Yusupov va b. (Maxmudali Yunusov «Hayot nafasi» T., ¢.¢ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. 59-84 betlar) tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Munisning xayot yo’lini, ijtiomiy, ilmiy-adabiy faoliyatini o’rganishda shoirning o’zi tomonidan yozilgan asarlar (devon debochasi, ayrim she’rlari, ayniqsa qasidalari), tarix kitobidagi xotiralari, zamondoshlarining yozishmalari, kotib sifatida ko’chirgan asarlari katta axamiyat kasb etadi. Ana shu manbalar asosida fikr yuritib shoirning tarjimai xolini quyidagicha tasavvur etamiz.
Munis 1778 yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogida Avaz Mirob oilasida tugildi. Otasi Avaz saroy amaldori bo’lib, Avazbiy saroyining bosh mirobi va kemalar noziri edi. U xorazmning yuz urugidan bo’lib, uning bolaligi Qiyotda so’ng Xivada o’tgan. U dastlab masjid yonidagi maktabda so’ng mutolaa qildi. Uning o’qishi va tarbiyasida qo’shnisi Sayid eshonxo’ja kabi olim va shoirlar raxbarlik qilganlar.
«Firdavsul-iqbol»da qayd qilinishicha, madrasada «ilmu fazl»ga chanqoq Munis kabi yoshlar «bazmi kitob» qilishga urinar edilar. Shoir asarning 1770-1780 yillarga doir bobida «Bazmi kitob» suxbatlari xaqida gapirib, unday paytlarda...» she’rshunoslik va latifago’ylikga o’zga so’z joriy bo’lmas edi», deb uqtirgan edi.
Munisning adabiyotga bo’lgan xavasini oshirishda, uni she’r mashq qilishga va klassiklarni puxta o’rganishga ragbatlantirishga o’sha zamonning Kiromiy,
Ravnaq, Mavlona Nishotiy, Andalib kabi peshqadam va tajribali qalamkashlari muxim rol’ o’ynagan edilar.
Chunonchi, Munis Mavlona Kiromiyning shoirlikda o’ziga ustoz bo’lganini bir she’rida quyidagicha bayon etgan edi.
Tong emas Munis, agar bo’lsam kiromi kadr kim,
Ustodi zoxiru botin Kiromiydur mango...
Shoir o’z ijodida Ravnaqdan xam o’rgangan. Masalan, Ravnaq bir gazalini:
Sarvinozimki, erur moxliqolar sarosi,
Dudi oximdek erur boshda qora qarkarasi
Misralari bilan boshlasa, Munis unga xamoxang bo’lgan:
Mening xabibim erur rashki xurlar sarasi,
Tutun kibi ko’rinur boshi uzra qorqarami
Kabi misralarni bitgan.
Munis maktab va madrasada o’qib yurgan yillarida turmushning achchiq-chuchugini tortmagan, tirikchilik tashvishini boshidan kechirmagan edi. Bu xaqda shoirning o’zi «Munis ul-ushshoq» asarida shunday yozgan edi: «...Ul-0voni saodat nishonda (Avazbiy inoq xukmronligi davri xayoti)... vaqt muqtazosi va shabob xayyomining xavasi bilan... rindlig va oshiqlig sifatiga mavsuf bo’lib, bexudlig olamiga tushdim... laylivash ma’shuqalar visolining tamannosidan telbalik dashtiga majnunvor qadam urdim va shirinvisol maxbublar jamolining tamoshasidin balo qo’xoriga Farxod yanglig uzumni eturdim. Masnaviy:
Goxi telbalar birla gulkan aro
Surub dardkashlikka yuz mojaro...
Goxi rindlar bazmiga yo’l topib,
Hamonoki, maqsudga qo’l topib,
Gaxi maktab ichra kirib shod kom,
Gaxi madrasa sori aylab xirom,
Qayu erda axbob bazm aylasa,
Tarob irtiqobiga (biror ishga kirishish) azm
Aylasa,
O’zimni alar ichra solur edim,
Ko’ngil qonguncha baxra olur edim...
Biroq Munisning osoyishta kunlari uzoq davom etmadi. Uni, birinchidan, ongi o’sib borgani sari xayotning turli ziddiyatlarini o’z girdobiga torta boshladi, ikkinchidan,1800 yilda otasining, keyinroq esa oga-inlarining o’limi uchun gamu xasrat, dunyo-dunyo tashvishlarga giriftor qiladi. Shoir, yuqorida tilga olingan debochada yana quyidagilarni yozadi:
«Nasib gam uza bo’ldi charxi gardondin,
Musibat uza musibat etushti davrondin.
Andoqqim, ato va oqo-inimi bekas (lik) ibtilosiga sazovor va matomkashlik balosiga giriftor qildi.
NAZM:
Tiyra qildim dudi oximdin jaxon kashonasin,
Har birining so’nu anduxidin aylab nolalar.
Laxta-laxta ashki xun olud ila qildim ravon,
Har biri xajrida bagrimni qilib pargolalar
mundani o’zga yana avoyib va olamikim, sharx va itnobi mujibi qudurat durur, nasibim bo’ldi. Har birining xazon tund bodidek, zamirim gulistoniga tuzar qilmogidin umedim guli pulli so’ldi».
Bu davrda shoir ijodining mazkur voqealarga(aloxida) aloqador bo’lgan namnulari uning oilaviy turmushida xamda mamlakat xayotida ro’y bergan voqealarning in’ikosi sifatida ko’proq matom marsiyalari, ox-vigonlar aks ettirilgan she’riyatning tarix va qasida janrlarida maydonga keldi. Chunonchi, shoir «Munisul-ushshoq»da otasining vafoti munosabati bilan yaratgan ta’rix tarzidagi marsiyasida o’z xasrat-alamlarini ifodalab, shunday yozgan edi.
Figonkim, charxi kajrav domi zulmidin emas ozod,
Agar xud axli faxr o’lsun va gar xud soxibi asbob.
Xususan, kimga dod aylayki, bir belgi xumoyunfel
Aning bedodidin bo’ldi ajal tuprogiga nayob.
Dedim piri xiradga bu na no’rish ayt tarixin,
Dedi Munis figon qildim, «erur so’ki Avazmirob».
«so’ki Avaz mirob» so’zlari abjoz.xis. Hijriy 1215 (melod. 1800)
Munis 1801 yilda To’ramurod fitnasining maglubiyati munosabati bilan yozgan 36 baytli qasidasida Xeva xoni Avazbiy inoq sha’niga maqtovlar to’qidi. Chunki Munis otasi vafotidan bir muncha vaqt o’tgandan keyin xon tomonidan bosh miroblik mansabiga tayinlangan edi. Shunday qilib Munis xon saroyiga xizmaga kiradi.
Munis mazkur qasidasida Avazbiy inoqni maqtab, To’ramurod so’fini la’natlaydi. «Firdav sul-iqbolda bayon etilishicha, 1801 yilda xonlikning shimoliy qismidan-Qo’ngirot, Orol, Mangit, Kot rayonlaridan To’ramurod so’fi ta’sirida xonlikka qarshi boshlangan separeatlik xarakati 1811 yilgacha gox sulx, gox xuruj xolatida davom etdi. Albatta, bu xarakatning turli shakllarda uzoq davom etishi va unga qatnashganlar soni eko’pligi xon va saroy amaldorlarining adolatsizligiga, ularning soliq siyosatiga, cheksiz zulmiga qarshi xalq goroziligining ifodasi bo’lganligi turgan gap. Biroq bu norozilikdan foydalanib To’ramurod so’fi xonlikning shimoliy qismini ajratib olib, o’zi idora qilmoqchi bo’lgan. Binobarin, u keng ommo manfaatini emas, balki bir guruX ruxoniylar, oqsuyaklar manfaatini ko’zlab ish ko’radi. Bu esa xalqqa va mamlakatga zarar etkazar edi.
Ana shuning uchun Munis bu fitnani qoralab, To’ramurod so’fi xaqida shunday misralarni to’qigan:
To’ra so’fi ulkim yamonlarga bosh,
Xusumat ishi birla aylab maosh,
Topib elni gofilroq o’z ranjidin,
Xabarsiz zamon gardishi saxtidin,
Banogox seshanba kelib vaqti subx,
Kirib Kotgau qildilar usru qubx
Bale gar ajal etsa, xar sayrga,
Kelur o’z oyogi bila qaydga...
Bu misralardan aniq ko’rinib turibdiki, shoir To’ramurod so’fini «xusumat» yuzasidan «yamonlarga bosh» bo’lganligi va Kot, Qiyot kabi joylarning axolisiga juda ko’p zarur etkazganligi uchun qattiq koyigan. Avazbiyning galabasini esa ma’qullagan.
Munisning faqat shu qasidasida emas, boshqa qasida va she’rlarida xam uning Avazbiy sha’niga oshkor nafrat bayon qilgani sezilmaydi. Munis bu xukmdorga xayrxoxlik bilan qaraydi. Albatta. Bundan Munis Avazbiyning qilichi domidan oqqan qonlarni (To’ramurod fitnasi tufayli qurbon bo’lgan begunox kishilar qonini) ko’rmagan yoki xisobga olmagan deyish to’gri bo’lmas edi. Chunki mazkur qasidadagi:
Yorib ba’zi ko’ksini xanjar urib,
Ezib ba’zi jismini shashlar urib,
Kesib boshlarin, maxv etib nomini,
Ayoq osiga tashlab ajsomini.
Kabi misralarda ifodalangan xalokatga duchor qilinganlar faqatgina To’ramurod so’fiylar bo’lmay, aldanganlar, begunoxlar bo’lishi xam mumkin.
Munisning Avazbiy xaqidagi maqtovli so’zlarining sababi, shundaki, bu vaqtlarda xeva xonligida bir qadar tartib va nisbat taraqqiyot ko’zga tashlanmoqda edi. Avazbiyning rus meditsinasiga xayrixoxligi, "«unga kabol-lugat kabi kiotblarni bunyodga keltirishdagi xomiyligi, Navoiy dostonlarini nazmdan nasrga aylantirishda Umar Boqiy kabilarni ragbatlantirishi, ilm-fan va adabiyotga qiziqishi Muxammad Xoksorga yoqqani kabi, Munisga xam ma’qul tushgan bo’lsa kerakki, xukmdorni maqtashni ravo ko’radi.
Lekin Avazbiy vafot etgan (1804) dan keyin uning katta-kichik sakkiz o’gli orasida taxt talashi, nizo va adovatlar avj olib ketadi. Bu boshboshdoqliklar mamlakat xayotini izdan chiqarib, axoli boshiga, jumladan, isga son-sanoqsiz tashvishlar va kulfatlar keltiradi.
An’anaga ko’ra, taxtga Avazbiyning katta o’gli o’tirib, o’ziga «xon» titulini qabul qildi. Munis shu munosabat bilan yozgan qasidasida Eltuzarning insi (Avazbiyning kichik o’gli) Muxammad Raximga nasixatlar qilib, uni ltuzarni xam ona, xam ota o’rnida ko’rishga, xurmatini saqlashga, o’lkani baxmjixat idora qilish yo’lida ko’maklashishga da’vat etadi:
Muningdek o’zingni qilma ko’k,
Ko’ngil matomidin gamin qilma ko’p.
Kishi yo’qdurur daxrdin etmagan,
Fano manzili sori azm etmagan.
Chu mundoq esa fursati zindalik.
Qilib sabr qilmoq kerak bondalik
Agong Eltuzarbegi Farxundaroy,
Amiri falak qadri kishvar kushoy
Aning davlatidur sening davlating
Aning xashmatidur sening xashmating,
Xudo shukriga shokir o’l damba-dam,
Inoyotini onglagil mugtanam...
Bu fikrlar xonlikda birlik o’rnatish, nizolarning oldini olish uchun zarur.
Eltuzar xonlikda birmuncha tartib o’rnatib, idora ishlarini yo’lga qo’ygach, o’z xukmronligi davrida Xorazm tarixini va ota-bobolarining xukmronliklarini yozdirib, bir kitob qildirmoqchi bo’ladi. Eltuzar Xorazm tarixini yozishni Munisga buyuradi:
Garchi ko’pdir latifago’ shuaro
Nukga sanj axli fazlu diqqat aro,
Nazm tigi birla jaxon ochgon,
Nasr bazmi aro guxor sochgon.
Lek sendin ko’rib base ixlos,
Seni bu xizmat ichra qilduk xos.
Nukga uzra qalamdek ayla shitob,
To etushgay nixoyatgo kitob.
Munis bu taklifdan xursand bo’lib, xorazm tarixiga doir o’zining mashxur kitobi «Firdavsul-iqbol»ni yoza boshlaydi. Munis «tarix»ning Shergozi xukmronligi davrigacha (1715-1728 yillargacha) bo’lgan qismini yozib tugatdi. Ammo bu orada ltuzar fojiasi (1806) ro’y berdi, ya’ni Buxoro amiri Haydar bilan boshlangan urushda uning kemasi Amudaryo to’lqinlari girdobiga garq bo’lib, Elto’zar xalokatga uchraydi. Shundan keyin xonlikda yana fitna fasod avj oladi va xar xil ko’ngilsiz voqealar ro’y beradi, natijada Munisning kitobi yozilmay qoladi.
Nixoyat (Munis) Muxammad Raxim xonlikda o’z ta’sirini o’tkazib, butun ishlarni o’z qo’liga olib bo’lganidan so’ng (1806), Munisni chaqirdi va o’z «vokeoti»ni xam qo’shib, kitobni davom ettirishga ijozat berdi: «... Bu kitob ta’lifin itmomga etkur va bizning voqeotimizni dogi taxrir silqiga ketur».
Munis umirining 20 yili Muxammad Raxim xukmronligi (18o6-1825) davrida o’tdi. U bu davrda shoir, tarixchi sifatidagina emas, tarjimon sifatida (Mirxondning «Ravzatus-safo» asarini tarjima qildi) xam shuxrat topdi.
Bu davrda Xeva xonligining territoriyasi ancha kengaydi. Xon Xuroson, MashXad, Seraxs, Kurdiston, Marv, Dashti qipchoq taraflarga xarbiy yurishlar uyushtirdi. To’ramurod sUfilar xuruji tamomila bartarf qilindi, bosib olingan o’ljalar xisobiga xon va beklarning boyligi ancha oshdi.
Munis mana shu imkoniyatlardan foydalanib, Xorazmning obodonligi madaniy taraqqiyotiga, ilm-xunar rivojiga e’tibor berish, peshqadam ilm axllarini rayobatlantirish printsiplarini izchil ximoya qildi. Shoir devonidagi xukmdorga (xonga) qaratilgan ko’pgina qasidalar va boshqa bir qancha she’rlar ana shu printsip asosida yozilgan...
Biroq Xorazmning madaniy xayotida bir muncha siljish bo’lishidan qat’i nazar, mexnatkash xalq xaddan tashqari qattiq eksplutatsiya qilinar va mislsiz azob-uqibat ostida yashar edi. Munisning shaxsiy xayoti xam ogir axvolda edi. Sh/u Munis bir qasidasida xar xil engilliklardan «maxrum... notavon... tanXolig» balosiga giriftor fuqaroga achinib, Muxammad Raximxondan elga, jumladan o’ziga exson, moddiy yordam berib turishni so’raydi.
Bir duogo’yi xaqiru bekasu dil xastamen,
Ko’rmadim xolimga shomil xech kimning shafqatin
Bir kishim yo’qdurki dargoxingda mandin yod etib,
Aylasa ma’ro’z to bu notovonning xolatin.
Umrlardurki bo’lib men xonumonimdan judo,
Ro’zi aylab charx tan xolik balovu mexnatim.
Har kuning id o’lsinu, xar oqshoming qadr oqshomi,
Elga exsoning qilib forxunda ishrat suxbatin.
Muxammad Raximxon vafoti (1825) dan so’ng xukmronlik uning katta o’gli Olloquliga o’tdi. Munis xayotining keyingi 4 yilini quli xukmronligi (1825-1842) davrida o’tkazdi.
Munis ayrim qasidalarida Olloqulini maqtadi va shu yo’l bilan shoirlarning ijodiy ishiga sharoit yaratish, she’riyatni yuksaltirish orzusiga erishmoqchi bo’ldi. Biroq saroy axllarining qilmishlari ko’pincha Munisning orzulariga zid edi. Hiylakor ruxoniylar xukmdorni o’z makr tuzoqlariga olishga intilmoqda, is ta’biri bilan aytganda, sher o’rnini tulki egallamoqda edi:
Zamona shoxlarini xiylagar zoxid qilur tasxir
Ajab xolatdururkim, sherlarni sayd etar tulku.
Munisning bu davrdagi qasidalari xam boshqa bir tus («madxu zam» tusini) oladi, ya’ni shoir o’z qasidalarida asilzodalarni maqtagan bo’lib turib, aslida ularni xajv qilar edi. Bu xolni ayniqsa Munisning Yusuf mmextar ismli vazirning sha’niga aytgan «maqtov»larida  yaqqol sezamiz. Dastlab vazir sha’niga maqtov yozdirib:
Vazorat avjining xurshidi Yusuf mextori a’zam,
Bo’lib rayi muniridin munavvar olami nisfat.
Deya ta’rif bitgan shoir keyingi satrlarda uni yaroqsizga chiqardi. Bu bejiz emas edi. Munisga Yusuf mextarning «Lazzatun-niso» nomli parnografik bir risolani forschadan o’zbek tiliga tarjima qilishni topshirilgan edi. Munis bu topshiriqni rad etadi. Shoir bilan vazir munosabatlari keskinlashadi.
Xullas Munis butun umrini qafas ichida musibat bilan o’tkazishga majbur bo’lgan edi:
Mudom andisha aylarman xavasni,
O’zimga gulshan anglarman qafasni.
Lekin Munis ana shu qafasda zo’rga nafas olib turib Roqim kabi shoirlarning «Devon»larini chiroyli qilib quchiradi, nega ming misralab gazal, qasida, Kit’alar yozib «Munis ul-ushshoq» devonini tuzadi, «Firdavsul-iqbol» kitobida esa-Xorazm tarixining qadim zamonlardan boshlab Muxammad Raxim (18o6-1825) xukmronligining 1813 yilgacha bo’lgan voqealarini yozib ulguradi, mashxur fors-tojik tarixchisi Mirxondning «Ravzatus-safo»sini o’zbekchaga o’girish ustida ishlab, birinchi jildini butunlay tarjima qilib bo’ldi, P jildining tarjimasini bitkaza olma, vabo kasali bilan 1829 yilda dunyodan ko’z yumadi.
1829 yilda Xurosondan (xonning xarbiy yurishidan) qaytishda vabo kasaliga uchrab, yo’lda vafot etadi. Uning qabri otasining qabri yonida.






Yüklə 36,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə