Xalqimiz hayotida mustaqillik tufayli o`zgarishlar yuzaga kеldi: ilm-fan va milliy ma`naviyatimiz rivоjda katta yutuqlarga erishildi



Yüklə 36,79 Kb.
səhifə3/3
tarix15.05.2023
ölçüsü36,79 Kb.
#110410
1   2   3
Shermuhammad Munis

Qilmangiz

Doʻstlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,


Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.

Gar muyassar boʻlsa bir mahbub ila bazmi nishot,


Mensiziz suhbat tuzarga maylu ragʻbat qilmangiz.

Topsangiz bazmi visole, anda yod etmay meni,


Zor koʻnglumni asiri dogʻI furqat qilmangiz.

Men kibi yoʻqdur aroda, mankubu maxmuri aysh,


Kimsaga mendin ziyoda boda shafqa qilmangiz.

Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,


Jam’I nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.

Doʻst uldurkim, yomon kun yuz evurmas doʻstidin,


Munis ahvolin koʻrub tarki muhabbat qilmangiz.

Oshno

Davlating borida bordur ahli olam oshno,


Qaytgʻach davlat, jahonda topilur kam oshno.

Uyla bekaslik meni mahzungʻa topmish dastkim,


Bir kishi yoʻqdur mango juz kulfatu gʻam oshno.

Baski, davron xohishi begonaliq solmoqdurur,


Bir-biriga boʻla olmas ikki hamdam oshno.

Kimki boʻldi oshno, bot ayladi begonaligʻ,


Topmadim bu davr aro bir ahdi mahkam oshno.

Gar vafo boʻlsa, parida boʻlgʻay erdi, koʻrmadim,


Boʻldilar har nechakim avlodi odam oshno.

Hajr ranjidin oʻlarga yetmishamkim, koʻrsalar,


Holima tutgʻay azo begona, motam oshno.

Ishq aro ul nav’ erur vahshat men majnungʻakim,


Oʻzgani demay, boʻla olmas koʻngul ham oshno.

Dard chekmak, ashk toʻkmak ishq eliga xosdur,


Har koʻngulga dard, har koʻzga emas nam oshno.

Munis, davron gʻami begona boʻlsa tong emas


Kim, senga boʻlmish biyik donishvar Akram oshno.

Base gʻam boridin…

Base gʻam boridin chekmish ogʻirni,


Yogʻir boʻlmish hazin koʻnglim yogʻirni.

Falak gʻam yuklarin solgʻonda elga,


Yogʻirnimgʻa mening qoʻymish ogʻirni.

Bilursan gʻam yukin koʻp chekkanimni


Yogʻirnim ustida koʻrsang yogʻirni.

Iting koʻrsam, manga uns aylasun deb,


Berurman gah koʻnguln, gah bogʻirni.

Raqib ollingda boʻlmoqdin hazinman,


Tilarman koʻrmasam ul boʻlmogʻirni.

Zamon ahligʻa boʻlmish shikva oyin,


Netong, sevsam agar gungu sogʻirni.

Najote istasang Munisgʻa gʻamdin,


Ayoqchi, tut anga har dam chogʻirni.
Yüklə 36,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə