nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etgan holda bevosita bemorlar bilan o‘zaro muloqot qilish, ularni ob’ektiv va sub’ektiv tekshiruvlari orqali yoki bemor kasallik tarixidan ko‘chirmalar, masalalar tahlil qilish orqali hamshiralik tashxisi to‘g‘risida aniq xulosalar asosida hamshiralik jarayonini amalga oshirishga zamin yaratish;
tashxislash va davolashda hamshiralik parvarishini olib borish ko‘nikmalarini o‘rgatish;
bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash orqali hamshiralarning turli shoshilinch holatlarda bilim va amaliy tayyorgarligini ta’minlash;
nazariy va amaliy darslar o‘tish orqali bemor parvarishi xamda uy sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan insonlarni parvarishlashda patronaj hamshiralarning ish xususiyatlarini bo‘lajak hamshiralarga o‘rgatish.