Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili


Mahsulot (ish, xizmat) larning xarajat sig`imini tahlili



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə6/8
tarix28.11.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#135206
1   2   3   4   5   6   7   8
Mahsulot (ish, xizmat) larning xarajat sig`imini tahlili

Mahsulotning xarajat sig`imini baholash tahlilda eng muhim va hal qiluvchi bo`g`in hisoblanadi. Mahsulotning xarajat sig`imi jami xarajatlar va xarajat elementlari bo`yicha alohida hisob-kitob qilinadi.


Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotning umumiy xarajat sig`imini aniqlash uchun jami ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotning qiymatiga bo`linadi. Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo`yicha hisob-kitoblarida har bitta xarajat elementi alohida hisob-kitob qilinadi. Mahsulotning umumiy xarajat sig`imi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Qxs = X / V, ST
Bunda: X – jami ishlab chiqarish xarajatlari (sotilgan mahsulot ishlab chiqarish tannarxi);
V – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati;
ST – sotishdan tushum.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo`yicha hisob-kitoblarda har bitta xarajat elementi alohida hisob-kitob qilinadi.

Mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlariga sig`imliligi



Mahsulotning jami xarajatlarga sig`imi

Qxs = X/ V, SM

Mahsulotning moddiy xarajat sig`imi

Mahsulotning mehnat haqi xarajat sig`imi

Mahsulotning mehnat haqidan ajratmalarga sig`imi

Mahsulotning amortizatsiya xarajatlariga sig`imi

Mahsulotning boshqa ishlab chiqarish xarajatlariga sig`imi

Qmr= MR / V, SM

Qmx= Mx / V, SM

Qmxa = Mxa / V, SM

Qan = Aan / V, SM

Qbx = Bx / V, SM

Belgilar izohi:

V, SM – ishlab chiqarilgan (V), sotilgan mahsulot hajmi (SM)

Qmr – mahsulotning mehnat sig`imi

Qmx – mahsulotning mehnat haqi sig`imi

Qmxa – mahsulotning mehnat haqidan ajratmalarga sig`imi

Qan – mahsulotning amortizatsiya, eskirish xarajatlariga sig`imi

Qbx – mahsulotning boshqa xarajatlarga sig`imi

MR – moddiy xarajatlar



Mx – mehnat haqi xarajatlari



Mxa – mehnat haqidan ajratmalar



Aan – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi)

Bx – boshqa xarajatlar



Mahsulotning xarajat sig`imiga ta`sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiradi: mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi, struktura o`zgarishlari, baho (inflyatsiya ta`sirida, sifat o`zgarishlari, sotish bozorining o`zgarishi) o`zgarishi, doimiy xarajatlar o`zgarishi, o`zgaruvchan xarajatlar o`zgarishi.


Mahsulotning jami xarajat sig`imini tahlili

Yillar

Tahlil qilinayotgan korxonada

Raqobatchi korxonada

Tarmoq bo`yicha o`rtacha korxonada

Xarajat sig`imi, tiyin

O`sish darajasi, %

Xarajat sig`imi, tiyin

O`sish darajasi, %

Xarajat sig`imi, tiyin

O`sish darajasi, %

xxx1

84,2

100

85,2

100

90,4

100

xxx2

83,6

99,3

85,0

99,7

88,2

97,6

xxxZ

82,9

98,5

84,0

98,6

86,5

95,7

xxx4

82,5

98,0

83,8

98,4

85,7

94,8

xxx5

81,25

96,5

82,0

96,2

84,5

93,5

Korxonada bir so`mlik mahsulotga to`g`ri keladigan xarajat sig`imi oxirgi yilda 81,25 tiyinni tashkil etgan. Xuddi shu ko`rsatkich raqobatchi korxonada 82,00 tiyinni, tarmoq bo`yicha o`rtacha ko`rsatkich 84,50 tiyinni tashkil etgan. Bu bilan korxonadagi holatni raqobatchilarga va tarmoq bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichga nisbatan ijobiy baholash mumkin.


Xarajatlarning faqat qiyosiy tahlili emas, balki uning alohida xarajat elementlari bo`yicha o`zgarishlariga ham baho beriladi. Xarajat elementlari bo`yicha tahlil etish mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini to`g`ri boshqarish maqsadida ularning omilli tahlilini amalga oshirishga ham imkon beradi. Negaki har bitta xarajat elementi alohida omillar ta`sirida o`zgaradi.
Xarajat elementlari bo`yicha bir so`mlik mahsulotga xarajatlar tahlili

Xarajat elementlari

Bir so`mlik mahsulotga to`g`ri keladigan xarajatlar

t0

t1

(+,–)

Moddiy xarajatlar

43,75

45,45

+1,70

Mehnat haqi va mehnat haqidan ajratmalari

22,78

21,26

–1,52

Amortizatsiya

7,00

6,98

–0,02

Boshqa xarajatlar

8,97

7,56

–1,41

Jami ishlab chiqarish xarajatlari

82,5

81,25

–1,25

Jami ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar bo`yicha tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, bir so`mlik mahsulotga to`g`ri keladigan xarajatlar o`tgan yil (t0) 82,5 tiyinni, joriy yil (t1) 81,25 tiyinni tashkil etgan. Shundan, moddiy xarajatlar 1,70 tiyinga ko`p sarflangan, qolgan barcha xarajat elementlari bo`yicha iqtisod qilishga erishilgan (1,52+0,02+1,41). Jami iqtisod qilingan qiymat 1,25 tiyinni tashkil etgan. Agar iqtisod qilingan qiymatni jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga ko`paytirsak, jami iqtisod qilingan qiymat kelib chiqadi.
Quyida mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi o`zgarishlarni omilli tahlilini ko`rib chiqishimiz mumkin.

Omillar ta`sirini hisoblashda zanjirli bog`lanish usulidan foydalanish mumkin.



Ishlab chiqarilgan, sotilgan mahsulot hajmi

Summasi

Bazis davri ∑(Q0*P0)

80 000

Hisobot davri o`tgan yil tarkibi va bahosida ∑(Q1*P0) +ΔQtar

76 000

Hisobot yili bazis bahoda ∑(Q1*P0)

83 600

Hisobot yili joriy bahoda ∑(Q1*P1)

100 320

Omillar ta`sirining xarajat sig`imiga ta`sirini baholash



Bir so`mlik mahsulotga to`g`ri keladigan xarajat

Hisob-kitoblar

Omillar

Qx

Qs

Qq

Qp

Qb

Qx0

66 000 / 80 000 = 82,50

t0

t0

t0

t0

t0

Qxshartli1

63 675 / 76 000 = 83,78

t1

t0

t0

t0

t0

Qxshartli2

67 285 / 83 600 = 80,48

t1

t1

t0

t0

t0

Qxshartli3

64 700 / 83 600 = 77,39

t1

t1

t1

t0

t0

Qxshartli4

81 510 / 83 600 = 97,50

t1

t1

t1

t1

t0

Qx1

81 510 / 100 320 = 81,25

t1

t1

t1

t1

t1

Bu yerda:


Qx – Ishlab chiqarish hajmi;
Qs – Ishlab chiqarish tarkibi;
Qq – Iste`mol qilingan resurslar miqdori;
Qp – Resurslar bahosi;
Qb – Mahsulotning sotish bahosi;
Qx; Qs; Qq; Qp; Qb omillar ta`siri hisob-kitoblari:
Omillar ta`sirini hisob-kitoblari:
Qxshartli1 – Qx0 = 83,78-82,50 = +1,28 tiyin;
Qxshartli2 – Qxshartli1 = 80,48-83,78 = -3,30 tiyin;
Qxshartli3 – Qxshartli2 = 77,39-80,48 = -3,09 tiyin;
Qxshartli4 – Qxshartli3 = 97,50-77,39 = +20,11 tiyin;
Qx1 – Qxshartli4 = 81,25-97,50 = -16,25 tiyin;
Jami o`zgarish = –1,25 tiyin.

Bir so`mlik mahsulotga to`g`ri keladigan xarajatlar o`zgarishining foydaga ta`sirini tahlili



Omillar

Ta`sir darajasi hisob-kitobi

Foydani o`zgarishi, ming so`m

Ishlab chiqarish hajmi

+1,28–80 442/100

–1 030

Mahsulot tarkibi

–3,30–80 442/100

+2 655

Mahsulotning xarajat sig`imi

–3,09–80 442/100

+2 485

Iste`mol qilingan resurslar bahosi

+20,11–80 442/100

–16 176

Mahsulotlarni o`rtacha sotish bahosining o`zgarishi

–16,25–80 442/100

+13 072

Jami ta`siri

–1,25

+1 006

Bir so`mlik mahsulotga to`g`ri keladigan xarajatlar o`zgarishining foydaga ta`sirida ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi (-1 030 ming so`m), iste`mol qilingan resurslar bahosining o`zgarishi salbiy ta`sir etgan (-16 176 ming so`m), qolgan barcha omillar ijobiy ta`sir etgan.


Davr xarajatlari tahlili
Davr xarajatlari deganda – bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi.
Davr xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
1. Sotish xarajatlari;
2. Ma`muriy xarajatlar;
3. Boshqa operatsion xarajatlar.
Sotish xarajatlari – savdo faoliyati jarayonlari davomida yuzaga keladigan sarflarni ifodalab, bevosita sotish bilan bog`liq xarajatlarni o`zida mujassamlashtiradi. Ularning tarkibiga tovarlarni tashib keltirishdan boshlab, transport, reklama, savdo xodimlari ish haqlari, ijtimoiy sug`urta, tovarlarning norma va undan ortiqcha yo`qolishlari, gaz-yoqilg`i va energiya, tovarlar sifatini saqlash, savdo xodimlari faoliyati davomiyligini ta`minlash va ularni maxsus shakl bilan ta`minlash, marketing xarajatlari kiradi.
Ma`muriy xarajatlar – faoliyat uzluksizligini ta`minlashda zarur soha bo`lgan, boshqarish bilan bog`liq sarflarni ifodalaydi. Bu xarajat elementi tarkibiga ma`muriy xodimlar ish haqi, ijtimoiy sug`urtasi, xizmat avtomobillari bilan bog`liq, aloqa vositalari xizmatlari, xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ma`muriy binolar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi.
Boshqa operatsion xarajatlar – korxonalarning operativ faoliyati davomida yuzaga keladigan jarayonlar bilan bog`liq sarflardan iborat. Bular asosan: kadrlar tayyorlash, loyiha va qurilish-montaj, maslahat va axborot xizmatlari, auditorlik xizmatlari, xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar, xodimlar dam olishi, ekskursiya va sayohat bilan bog`liq tadbirlar, kompensatsiya to`lovlari, mukofot va taqdirlash, turli xil haq to`lash va moddiy yordam sarflari, sud jarayonlari sarflari, soliq bo`yicha jarimalar kabilardan iborat.
Yuqoridagilardan tashqari korxona xarajatlarining moliyaviy faoliyati bo`yicha xarajatlar, favqulodda zararlar qatori ham tarkiblanadi.
Sotish xarajatlari quyidagi xarajat moddalaridan tarkib topadi.

Sotish xarajatlari tarkibi



t/r

Xarajatlar tarkibi

1.

Tovarlarni temir yo`l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to`langan jarimalar kiritiladi

2.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo`yicha xarajatlari, shu jumladan:

2.1.

mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog`liq mehnatga haq to`lash xarajatlari

2.2.

ijtimoiy sug`urtaga xarajatlar.

2.3.

savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari

2.4.

inventarlar va xo`jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta`mirlash, yuvish, tuzatish, dezinfeksiya qilish va h. k.) bilan bog`liq boshqa xarajatlar

2.5.

gaz, yoqilg`i, elektr energiyasi xarajatlari

2.6.

tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari

2.7.

savdo reklamasi xarajatlari

2.8.

tashish, saqlash va sotish chog`ida tovarlarning yo`qotilishi

2.9.

o`rash-joylash materiallari xarajatlari

2.10.

mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug`urta qilish xarajatlari

2.11.

mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari

2.12.

ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o`rnatish va saqlash, tuynuklar, o`yiqlar va boshqalarning atrofini o`rash bo`yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar

2.13.

umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko`rikdan o`tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq to`lash

2.14.

kassa xo`jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari

3.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog`oz salfetkalar, qog`oz dasturxonlar, qog`oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati

4.

Yuqorida sanab o`tilmagan sotish bo`yicha boshqa xarajatlar

Ma`muriy xarajatlarga korxonalar boshqaruvi bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar kiradi va ularning birlik qatorlariga quyidagilar kiradi:


Ma`muriy xarajatlar tarkibi

t/r

Xarajatlar tarkibi




Boshqaruv xodimlariga tegishli bo`lgan mehnatga haq to`lash xarajatlari




Boshqaruv xodimlariga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar




Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari




Xo`jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo`linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari




Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo`lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko`rsatish xarajatlari




Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar abonent raqamidan foydalanganlik uchun to`lov; kanallarni ijaraga berish; ko`chma yo`ldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; ma`lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet uchun haq to`lash




Shaharlararo va xalqaro telefon so`zlashuvlari uchun haq to`lash




Ma`muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to`lash




Ma`muriy ahamiyatga ega bo`lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek‚ eskirish (amortizatsiya) xarajatlari




Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar




Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq bo`lmagan mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug`urta qilish xarajatlari




Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo`yicha xarajatlar




Vakillik xarajatlari




Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to`lash xarajatlari




Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo`lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo`lgan jamg`armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog`liq joriy xarajatlar, tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to`lovlari




Xizmatlar qiymatini to`lash hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari bo`yicha xarajatlar




Ma`muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xo`jalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish bo`yicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlar

Boshqa operatsion xarajatlar tarkibi



t/r

Xarajatlar tarkibi




Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xo`jalik yurituvchi subyektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno




Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek‚ obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog`idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o`xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko`rish uchun javobgar bo`lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirilishi mumkin bo`lmagan darajada amalga oshiriladi




Maslahat va axborot xizmatlariga haq to`lash




Auditorlik xizmatlariga haq to`lash, o`tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to`lash




O`zining xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo`jaliklarni saqlashdan ko`rilgan zararlar




Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog`liq bo`lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari




Xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo`jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari




Kompensatsiya va rag`batlantirish tusidagi to`lovlar




Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to`lovlar va xarajatlar




Sog`liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog`lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta`limi muassasalari, shuningdek‚ uy-joy fondi obyektlari ta`minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta`mirlash ishlarini o`tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo`shgan holda) xarajatlar




Vaqtincha to`xtatib qo`yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari)




Bankning, Qimmatli qog`ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchilarning xizmatlariga haq to`lash




Ekologiya, sog`lomlashtirish va boshqa xayriya jamg`armalariga, madaniyat, xalq ta`limi, sog`liqni saqlash, ijtimoiy ta`minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar




Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xo`jalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan byudjetga majburiy to`lovlar, soliqlar, yig`imlar, davlat maqsadli jamg`armalariga ajratmalar, shuningdek‚ hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a`zolik badallarini to`lash




Zararlar, jarimalar, peniyalar




Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo`jaliklar tomonidan xo`jalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo`yicha narx tafovutlari




Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog`liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq bo`lmagan mol-mulk bo`yicha, belgilangan tartibda




Yangi texnologiyalar yaratish va qo`llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek‚ ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog`liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari




Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo`yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, ko`rgazmalar va ko`riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo`yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to`lash xarajatlari va boshqa xarajatlar




Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta`minlash xarajatlari




Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug`ish nafaqalari to`lash bilan bog`liq xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq




Yangi ishlab chiqarishlarni, sexlar, agregatlarni, shuningdek‚ seriyali va ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni o`zlashtirish xarajatlari




Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab ko`rish hamda foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini‚ ularni montaj qilish sifatini tekshirib ko`rish maqsadida kompleks (mahsulot chiqarmasdan) ishlatib ko`rish




Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog`liq xarajatlar




Foydalanishdagi to`liq eskirgan uskuna uchun to`lov




Ishlab chiqarish jarayonini to`xtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash hamda ularga xizmat ko`rsatish xarajatlari




Boshqa xarajatlar

Davr xarajatlarining tahlili



t/r

Davr xarajatlari tarkibi

O`tgan yil

Hisobot yili

farqi

O`sish darajasi

summasi

salmog`i

summasi

salmog`i

summasi

salmog`i

1

Sotish xarajatlari

254 260

58,29

389 452

65,20

135 192

+6,91

153,2

2

Ma`muriy xaratlar

56 423

12,93

65 241

10,92

8 818.0

-2,01

115,,6

3

Boshqa operatsion xarajatlar

125 463

28,76

142 560

23,86

17 097.0

-4,09

113,6




Jami

436 146

100

597 253

100

161 107

-

136,9

Korxonada davr xarajatlari o`tgan yilga nisbatan 161 107 ming so`mga ortgan. Bu bevosita sotish xarajatlarining 135 192 ming so`mga, ma`muriy xarajatlar 8 818 ming so`mga, boshqa operatsion xarajatlarining 17 097 ming so`mga o`sishi hisobiga ro`y bergan. Davr xarajatlari tarkibida eng yuqori ulushni sotish va boshqa operatsion xarajatlar tashkil etgan. Jami davr xarajatlarining o`tgan yilga nisbatan o`sishi 136,9 foizni tashkil etgan.





Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə