Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 Korxonaning innovastion strategiyasini shakllantirish



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

6.3. Korxonaning innovastion strategiyasini shakllantirish
«Strategiya» tushunchasining yetarlicha ko`p ta`riflari mavjud. Tor manoda
strategiya qarorlar qabul qilish uchun qoidalar to`plash; tashkilotga balanslanganlik
va o`sish umumiy yo`nalishini ta`minlovchi sistemali yondashuv; barqarorsizlik
sharoitlarida firmalarga yordam ko`rsatuvchi asbob sifatida aniqlanadi. Bu ma`noda
strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni, o`zaro bog`langan harakatlar majmui,
maqsadlarga erishish majmui rejasi yoki maqsadlarga erishish yo`li kabi ham
qaraladi.
Keng ma`noda strategiyani quyilgan maqsadlarga erishish uchun qaratilgan,
qarorlar qabul qilishi uchun qo`llanadigan printsiplar, uslublar, harakat vositalari va
yo`llari yig`indisi sifatida ta`riflanish mumkin.
Korxonalar (ilmiy-ishlab chiqarish
majmualari, firmalar) o`z faoliyatida (ishlab
chiqarish, innovatsion) rahbarlik qiluvchi
strategiya printsiplari uning ko`p tomonlarini
qamrab oladi va qo`llanadi:
1) Hozirgi va kelgusi faoliyat natijalarini baholashda;


139
2) Aniq innovatsion ishlanmalar tashkil etishida, ularning amalga oshirish joyi
va raqobatchilar ustidan ustunlikka erishish yo`llari asoslanishida tashkilotning tashqi
muhit bilan munosabatlarini aniqlashda;
3) Tashkilot ichida munosabatlarni o`rnatish (masalan, ITTKI xizmatlari va
marketing o`rtasidagi munosabatlar) va tezkor faoliyatni amalga oshirishda.
Strategiya uchun quyidagi xususiyatlarga xos strategiyani tanlash jarayoni
korxona pozitsiyalarini mustahkamlanishini ta`minlovchi umumiy yo`nalishlarni
o`rnatish bilan tugaydi; u rivojlanishning samarali yo`llari va imkoniyatlarini
aniqlashga yordam beradi; umumlashtirilgan va hamma vaqt ham aniq bo`lgan
ma`lum, qaytarma aloqa ma`lumotlari keng ko`yiladi.
Strategiya va mo`ljalni farqlash zarur.
Mo`ljal – tashkilot erishishga harakat qiluvchi maqsad, strategiya esa
maqsadga erishish uchun vositani namoyon etadi. Bir yo`naltirili samarali strategiya
korxona, firmalar yo`naltirilganligi o`zgarishlarda bunday bo`lmaydi. Strategiya va
yo`naltirilganlik o`zaro bog`liq va o`zaro almashinuvchan. Shunday qilib, ba`zi
ko`rsatkichlar masalan, bozor qismining oshishi, rentabellik darajasining o`sishi
ma`lum davrda tashkilot uchun yo`nalish bo`la oladi, boshqasida esa - uning
strategiyasi bo`la oladi. Boshqaruvning yuqori darajalarida (soha, vazirlik) bozor
qismining oshirilishi strategiya bo`ladi, boshqaruvning quyi darajalarida esa
(korxona, birlashma) yo`nalishga aylanadi.
Innovatsiyalar strategiyasida zaruriyat korxona tashqi muhitida asosan
to`satdan bo`ladigan o`zgarishlarda paydo bo`ladi. Bunday o`zgarishlarga:

bozorning to`ldirilishi va talabning pasayishi;

ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasida radikal o`zgarishlar;

ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi va natijada - yangi kiritmalar bozor
assortimentining kengayishi;

bozorda printsipial yangiliklarning paydo bo`lishi;

yangi raqobatchilarning ta`siri.


140
Strategiyada zarurat jamiyat tomonidan talablar, masalan, keskin ijtimoiy-
siyosiy o`zgarishlar korxonani o`z yo`nalganliklarini keskin o`zgartirishga majbur
etganda paydo bo`ldi. Mana shuning o`zi hozirgi vaqtda Rossiyada yuz bermoqda.
Innovatsiyalar strategiyasini ishlab chiqish korxona (korporatsiya, birlashma)
umumiy maqsadini ifodalashdan boshlanadi.
Umumiy maqsadni ifodalashdan keyin aniq maqsadlar aniqlanadi. Aniq
maqsadlarning erkinligini strategiya amalga oshirilishi vaqtiga yuzaga keluvchi
iqtisodiy vaziyatda ularning realligidan bog`liq. Ularning realligini iqtisodiy vazifani
oldindan ko`ra olish asosida, tashqi muhit o`zgartirishlari asosida ta`minlash mumkin.
Bunda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va ekologik omillar tahlil qilinadi.
Oldindan ayta olishning asosiy maqsadi korxona qulay imkoniyatlardan foydalanish
uchun nima qilishi mumkinligi va kelgusi iqtisodiy vaziyat o`zgarishlari bilan
shartlangan tahdidlarga qanday javob berishini aniqlashdan iborat. Tashqi muhit
o`zgarishlarini, iqtisodiy vaziyatni oldindan ayta olishning innovatsion strategiyani
yakuniy ifodalanishida ahamiyati quyidagilardan iborat:

kelgusi tahdid va qulay imkoniyatlarni aniqlash;

kutilmaganliklarning oldini olish;

yangi raqobat qiluvchi texnologiyalarni izlash (mahsulotlar).
Innovatsiyalar strategiyasini yakunlovchi tanlanishi va ifodalanishida korxona
(tashkilot) imkoniyatlarni aniqlash muhim. Shuning uchun uning faoliyati kuchli va
zaif tomonlarini tahlil qilish zarur. Korxonaning kuchli tomoni ilmiy potentsial va
texnik ishlanmalar darajasi bo`la oladi, zaif tomonlari esa ishlab chiqarish xarajatlari
va mahsulot tannarxi, rivojlanish strategiyasini printsipial yangiliklarni ishlab chiqish
va chiqarishga asoslash maqsadga muvofiq. Korxonaning kuchli tomoni bozorning
o`rganilganligi, uning ma`lum qismini egallaganligi bo`lsa, innovatsion rivojlanish
strukturasi bozor qismining o`sishi yoki o`zlashtirilgan mahsulot modifikatsiyasini
yaratish, mahsulot konstruktsiyasiga funktsional o`zgarishlar kiritish va boshqalar
bilan erishilgan assortiment o`zgarishlar hisobiga bozorni kengaytirishga asoslanadi.
Oldindan aniqlangan va asoslangan maqsadlarga erishishi yo`llari («qanday») va
iqtisodiy vaziyat, tashqi muhit oldindan aytilganlarning («qanday imkoniyatlar


141
bo`ladi?») tashqi muhit ichki imkoniyatlar bilan taqqoslanishi («korxona nima qila
oladi?») innovatsion strategiyani yakuniy tanlanishi uchun asos beradi. («korxona
nima qiladi?»)
U yoki bu strategiyani tanlashda rahbariyat 4 ta omilni hisobga olishi kerak
:
1. Tavakkallik.
2. Oldingi strategiyalarni bilish.
3. Vaqt omili.
4. Mulk egalariga moslashish.
Strategiyani ishlab chiqish quyidagicha bo`lishi mumkin
:
o
- yuqoridan pastga;
o
- pastdan yuqoriga;
o
maslahatchi firmalar yordami bilan.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə