77
Innovastion tizimning murakkab, ko’p bosqichli, ko’p kompozistiyali tizimini
ko’rib chiqamiz. Kirish, chiqish va tashqi muhit tizimning tashqi muhiti bo’ladi.
Tizimning kiruvchi parametrlari
– bu moddiy, energetik, axborot va kognitiv (ilmiy
bilimlar) oqimlaridir. Chiquvchi parametrlar yangi jarayonlar, mahsulotlar, xizmatlar,
foyda, xodimlarning yangi bilimlari, ishlab chiqarishni o’sishi, yangi segmentlar va
yangi
bozorlarni
o’zlashtirilishi,
sostial
javobgarlik,
xodimlarning
qanoatlantirilganligidan iboratdir.
Innovastion menejmentning ichki mikromuhiti
–
firmaning
tashkiliy,
texnologik, sostial – psixologik va texnik – iqtisodiy muhitidan iboratdir.
Murakkab, katta tizim tizimchalarning yig’indisidan iborat bo’ladi va
ta’minlovchi, ilmiy, boshqaruvchi va boshqariladigan ko’pbosqichli, murakkab
tizimchalardan
tashkil
topadi.
O’z
navbatida
boshqaruvchi
tizimga
kichik
tizimchalardan tashkil topadi, ular o’rtasida uchta asosiy bosqichlarga ega ierarxik
tuzilma ko’rinishidagi tobelik mavjud. Bunda ierarxiyaning pastroq bosqichiga
tegishli bo’lgan va birgalikda harakat qiluvchi tizim ierarxiyaning keyingi yuqori
bosqichiga tegishli bo’lgan tizimchaning barcha vazifalarini bajaradi. Innovastion
menejmentning boshqaruvchi tizimchasini ko’rib chiqamiz. Tashkilotning ierarxik
murakkab, katta tizim sifatidagi kirishlari va chiqishlari 4.1 – rasmda tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: