100
Direktiv yondashuv
asosida menejmentning ma`muriy metodlari yotadi va ular
quyidagilarga asoslanadi:
1)
Hudud va davlatning qonunchilik aktlari tizimi.
2)
Firmaning va yuqori tashkilotning normativ-direktiv va uslubiy hujjatlari.
3)
Reja, dastur va topshiriqlar tizimi;
4)
Operativ boshqaruv tizimi;
Davlat konunchilik aktlariga davlat qonun va qarorlari,
davlat standartlari,
ko`rsatma va davlat organlari tomonidan tasdiqlangan hamda mamlakatimiz katta
hududida bajarish majburiy bo`lgan boshqa hujjatlar kiradi. Ularning tarkibi,
tuzilishi, mazmuni va o`zaro aloqasida
boshqarishning barcha nazariy, amaliy
tomonlarini qamrab oluvchi menejment ilmiy yondashuvlari hisobga olinishi kerak.
Qonunchilik aktlari bir tizimga birlashishi va ularning asosiy maqsadi aholining
turmush tarzini ko`tarish bo`lishi kerak.
Birinchi
darajali
qonunchilik
aktlarining
maqsadi
-
mamlakatning
raqobatbardoshligini ta`minlash,
tabiiy resurslardan, mehnat va kapitaldan oqilona
foydalanish, hamma hududlarning mikromuhit va infratuzilmalarini rivojlantirish,
menejment va iqtisodiy boshqarishning zamonaviy
metodlaridan foydalanish
hisoblanadi
Firma va yuqori tashkilotning normativ - direktiv va uslubiy hujjatlariga
standartlar, uslubiyot, qaror, buyruqlar kiradi.
Firma rahbariyati tomonidan
tasdiqlangan hujjatlar faqat ushbu firmada (yuqori tashkilot tizimida ) qo`llaniladi.
Yuqorida ko`rib o`tilgan qonunchilikdan farqi shundaki, bu yerda menejment tizimi
va barcha quyi tizimlari
elementlarining tarkibi, mazmuni va o`zaro harakati aniq
firma bo`yicha chegaralab qo`yiladi.
Firmaning normativ - direktiv hujjatlari quyidagilarni o`z ichiga olishi kerak -
hujjatning maqsadi, ishlab chiqish uchun asos, maqsadni
amalga oshirishda rioya
qilinishi kerak bo`lgan tamoyillar va ilmiy yondashuvlar, boshqaruvchilar, ish sifatiga
talablar, resurslarni tejash, muddati va axborotlar manbai.
101
O`zaro bog`lik rejalar tizimi dastur va rejalar ham menejmentning ma`muriy
metodlariga kiradi, chunki ularning bajarilmasligi jami kollektivning bir tekisda
ishlashini buzadi.
Dostları ilə paylaş: