Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun


Qamalgan shaxs muammosi yordamida narx belgilash



Yüklə 72,02 Kb.
səhifə10/13
tarix22.03.2024
ölçüsü72,02 Kb.
#180936
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun-fayllar.org

12.4. Qamalgan shaxs muammosi yordamida narx belgilash


Qattiq narx siyosati. Oligopolik firmalar ko‘proq narxlarni barqaror bo‘lishini, yoki narx qattiq o‘rnatilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirmaslikka harakat qiladilar. Bozor talabi yoki xarajatlar pasayganda ham firmalar narxni o‘zgartirishga (kamaytirishga) shoshilmaydilar, nima uchun deganda narxni birorta firma tomonidan pasaytirilishi "narxlar jangiga olib ke- lishi mumkin, ya’ni boshqa firmalar ham bozordagi ulushini yo‘qotmaslik uchun narxlarni pasaytirishga harakat qiladi. Bozor talabi yoki xarajatlar oshganda ham firmalar narxni oshirishdan cho‘chiydilar, bordi-yu ular narxni oshirsa boshqa firmalar o‘z narxlarini oshirmasligi mumkin.
Shunday qilib, oligopolik bozor uchun narx qattiqligi undagi talab chizig‘ining siniq bo‘lishiga asos bo‘ladi (12.7-rasm).
12.7-rasm. Oligopolik bozordagi siniq talab chizg’I

Talab chizig‘ining sinishi qattiq narx P* nuqtasiga to‘g‘ri keladi. Firma o‘z mahsulotiga bo‘lgan narxni P* narxdan yuqoriga ko‘tarsa, boshqa firmalar narxini o‘zgartirmasdan P* darajada qoldirishi mumkin. Firma narxini P* dan yuqori ko‘tarmaydi, nima uchun deganda, talab chizig‘i juda ham elastik bo‘lganligi uchun (12.7-rasmdan ko‘rinib turibdi) firma boshqa firmalar narxlarini o‘zgartirmasa bozordagi ulushining bir qismidan ajralaman deb o‘ylaydi (foydasi kamayadi). Boshqa tomondan, firma o‘z mahsulotiga bo‘lgan narxni P* narxdan pastga tushirmaydi, nima uchun deganda, boshqa firmalar ham o‘z narxlarini tushiradi deb o‘ylaydi.

Firmaning talab chizig‘i siniq bo‘lgani uchun, uning chekli daromad chizig‘i uzilishga ega (rasmda AB oraliq). Natijada AB oraliqda firmaning xarajatlari (o‘zgargani bilan u har doim MR ga teng). "Siniq talab chizig‘i" modeli oligopolik bozorda narx belgilash mexanizmini tushuntira olmaydi. U nima uchun narx P* darajada bo‘lishini ham ochib bermaydi. Ushbu model shun -day qattiq narxning mavjudligini va uning bo‘lishini ko‘rsatadi, xolos. Qattiq narxning bo‘lishi "qamalgan shaxs muammosi” bilan bog‘liq bo‘lib, firmalarni ular uchun zararli bo‘lgan narxlar jangidan qochishini anglatadi.


Yüklə 72,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə