Xitoy xalq respublikasi tashqi siyosatining shakllanishi va asosiy tamoyillari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix28.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#124600
Sabirov Latifboy Otabek o‘g‘li



Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
871 
XITOY XALQ RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA 
ASOSIY TAMOYILLARI
 
Sabirov Latifboy Otabek o‘g‘li 
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti 
 
Xalqaro munosabatlarda har bir davlatning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatni 
kasb etadigan asosiy omil sifatida uning tashqi siyosati e’tirof etiladi. Tashqi siyosat 
deganda – bu bir davlatning boshqa davlatga yoki umumiy xalqaro munosabatlarning 
boshqa aktorlariga nisbatan qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari 
tushuniladi. Albatta, har bir davlat o’zining tashqi siyosiy konsepsiyasiga va siyosiy-
iqtisodiy qarashlarga ega bo’lishi jahon siyosatida qayd etiladi, shu o’rinda Xitoy Xalq 
Respublikasi ham o’z tashqi siyosiy nazariyasiga ega. 
Xitoy tashqi siyosatini rivojlanish bosqichlarini bir nechta davrlarga bo’lish 
mumkin. Birinchi navbatda bu ikkinchi jahon urushidan keyin Xitoyning asoschisi Mao 
Szedun tamonidan sotsializmga asoslangan va shu asosida qurilgan davlatlar bilan 
aloqalarni rivojlantirish va kapitalizm prinsipini ilgari suradigan G’arb va Yevropa 
davlatlaridan uzoqroq turish siyosati bo’lgan. Hokimyatga “Xitoy islohotlarining 
arxitektori” nomi bilan ataladigan Den Syaopinning kelishi bilan, Xitoy tashqi 
siyosatining asosiy prinsiplari ham o’zgarishlarga uchray boshladi, ya’ni Xitoyning 
dunyo hamjamiyatiga o’z eshiklarini ochishi va unda kapitalizmning ko’rinishlari 
paydo bo’lish jarayoni boshlangani qayd etishimiz mumkin. 
Zamonaviy davrda Xitoy tashqi siyosatining asosiy nazariyalari Den Syaopinning 
qarashlariga asoslangan holda tuzilganiga qaramasdan, bir muncha o’zgarishlarga, tom 
ma’noda transformatsiyaga uchradi desak o’rinli bo’ladi. Xitoyning birinchi rahbari 
tamonidan asos solingan asosiy prinsiplar “qo’shilmaslik”, “aralashmaslik”, “bosiqlik 
va kamtarlik” kabi fundamental qarashlar hozirgi vaqtga kelib ham o’zinng aktualligini 
yo’qotmaganligini zamonaviy jarayonlardagi Xitoyning tashqi-siyosiy aloqalaridan 
ham ko’rishimiz mumkin. Ammo yangi asrning dastlabki o’n yilligida ko’rsatilgan misli 
ko’rilmagan iqtisodiy o’sish ham shu barobarda rasmiy ravishda Aqshdan keyin 
dunyoning eng kuchli iqtisodiga ega ekanligi e’tirof etilishi, buyuk islohotchining ayrim 
qarashlari eskirganligini ko’rsatib berdi. 
Xalqaro miqyosida Xitoyning tutgan o’rni va mavqeyi oshishi, o’z navbatida uning 
tashqi siyosiy faoliyatidayam yangi qarashlar va yo’nalishlarni qabul qilishni taqozo 
qiladi. Quyida ularning eng muhimlarini keltirib o’tish joiz hisoblanadi: 

“Hamjihatlikda rivojlanish”. Xitoy siyosatchilarining fikricha rivojlanish va 
modernizatsiya qilish jarayoni hamma davlatlarda parallel ravishda amalga oshishi 
kerak. Ya’ni g’oya bo’yicha bir davlat boshqalardan oldinlab ketishi yoki boshqa bir 
davlatning hisobiga rivojlanmasligi kerak. Albatta, bu qarash o’zaro hamkorlikka 
bo’lgan qiziqishni orttirishga ham xizmat qiladi. 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
872 

“Uyg’un dunyo”. Bu nazariyaning asosiy maqsadi Xitoy bilan qo’shni, yaqin yoki 
uzoq masofadagi davlatlar bilan barqaror aloqada bo’lishga, qolaversa ichki siyosatda 
ham Xitoyning o’zida “barqaror jamiyatni” yuzaga keltirish asos qilib belgilangan. 

“Umumiy javobgarlik”. Ya’ni, garchi dunyoda yetakchi va o’z so’ziga ega 
davlatlarga, qaysidir holat bo’yicha javobgarlikni yuklatishga moyillik mavjud bo’lsada, 
Xitoyning qarashlarida bu masu’liyatni o’zaro teng asosda va birgalikda o’z 
zimmalariga olish maqbul hisoblanadi. 

“Faol ishtirok”. Bu tezisda qaysidir jihatdan yashirin ma’no mavjud, bu g’oya 
Xitoy tashqi siyosatining birmuncha o’zgarganini, ya’ni yanada faolroq tarzda ikki 
tomonlama yoki ko’p tomonlama munosabatlarda o’z pozitsiyasini bayon etish. 
Xitoyning BMT, SHXT, BRIKS, ASEAN+1, kabi ko’p tomonlama proektlardagi ishtiroki 
bunga yaqqol misol bo’la oladi. 
Albatta, yuqorida qayd etilgan holatlar katta ahamiyatga ega o’zgarishlar 
hisoblanadi, lekin o’sha Xitoyning xalqaro hamjamiyatdagi faol ishtirokiga 
qaramasdan, diplomatik va tashqi siyosiy faoliyatida mavhumlik holati ham mavjud. 
Bir tarafdan Xitoy o’zini yetakchi davlat maqomidan, BMT ning xavfsizlik 
kengashi a’zosiligi, katta yigirmatalik J-20 ga kirishi, qolaversa xalqaro miqyosidagi 
yuqori darajali uchrashuvlardagi ishtiroki bilan dunyo siyosati uchun alohida ahamiyat 
kasb etishi mumkin.
92
Lekin umumiy olib qaraydigan bo’lsak, Xitoyning global 
miqyosidagi muammolarni hal etishda bo’lgan ishtiroki ancha passiv darajada. 
Xitoy xalqaro diplomatiyani shakllantirmaydi va boshqa davlatlar siyosatini 
yuritmaydi, hamda global kelishuvni amalga oshirmaydi. 
Ko’pgina xalqaro miqyosidagi masalalar yuzasida ham Xitoy pragmatik tarzda, 
ya’ni ko’proq o’zini chetga olish siyosatini ma’qul ko’radi, bu ko’pgina hujjatlarda ham 
aksini topadi va mazkur hujjatlar yetarli ahamiyatga ega bo’lmay qoladi. Albatta, agar 
bu masala Xitoyning o’ziga taalluqli bo’lsa, pozitsiya umuman boshqa va kuchli tarzda 
bo’ladi. 
Albatta, bugungi kundagi Xitoyni uning iqtisodisiz tasavvur qilib bo’lmaydi va bu 
davlat haqida birinchi navbatda yuzaga keladigan fikr bu uning iqtisodiy qudrati. 
Xitoyning butun dunyoga taklif qilayotgan iqtisodiy loyihalarining ko’lami, “bir makon 
– bir yo’l”, kabi megaproektlarga alohida e’tirbor qaratishi, uning tashqi siyosatida 
mavjud bo’lgan iqtisodiy va siyosiy aspektlarning o’zaro bog’liqligi kabi jihatlarni 
o’rganishni taqozo etadi.
93
Zamonaviy davrda ko’pgina davlatlar Xitoyning iqtisodiy jihatdan bu darajada 
o’sishidan havotirga tushishmoqda. Bunga sabab sifatida esa Xitoy tashqi siyosatida 
muqim o’rin tutuvchi “Tinch rivojlanish” konsepsiyasi ko’rsatiladi. Bu konsepsiya 
Xitoyning umumjahon iqtisodiy rivojlanish modeliga mansubligini tasvirlab va 
qonuniylashtirishi barobarida, yer yuzida tinchlik va barqarorlik bo’lishida xizmat 
92
First ETNC report, Mapping Europe– China Relations: A Bottom–Up Approach, 2015. с 1–196 
93
Vision and Actions on Jointly Building Silk Road Economic Belt and 21st–Century Maritime Silk Road’, March 
2015 режим доступа: http://en.ndrc.gov.cn/newsrelease/201503/t20150330_ 669367.html. 12.12.2016). 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
873 
qilishini anglatadi. Umuman olganda, bu rivojlanish modeli, qanday qilib iqtisodiy 
rivojlanish orqali xalqaro siyosiy va xavfsizlik, qolaversa ichki barqarorlikga erishish 
mumkinligini izohlab beradi. Ushbu “tinch rivojlanish” nazariyasida alohida o’rin 
Xitoyning rivojlanayotgan davlat sifatida qaralishiga va uning oldida ham boshqa 
rivojlanayotgan davlatlar bilan bir xildagi chaqiruvlar turganini ko’rsatishga 
qaratilgan. 
Xususan, “Tinch rivojlanish” strategiyasi 2011-yilda e’lon qilingan bo’lsada, 
bungacha qariyb o’n yil vaqt, Xitoyning bu darajada yuksalishini qanday qilib to’g’ri 
yetkazishga sarflangan, bu holatdan norozi bo’lishi mumkin bo’lganlarni tinchlantirish 
maqsadida. Bu yangi doktrina qaysidir ma’noda Den Syaopin g’oyalarining yangi 
varianti sifatida qabul qilindi, uning fikriga ko’ra Xitoy tashqi siyosatida qulay 
vaziyatni kutib turish va o’zining imkoniyatlarini yashirish taktikalarini qo’llashni 
nazarda tutgan, shuning uchun ham asosiy o’rinda o’sha mavjud passivlikning 
oqlanishi sifatida qaraladi. 
Bu doktrinaning tuzilishi jihatdan iqtisodiy liberalizmga oid qarashlar bilan 
bog’liq taraflari mavjudligi alohida qayd etiladi. Xitoy iqtisodining o’sishi butun dunyo, 
mintaqa va dunyoning boshqa chekkalaridagi barqaror vaziyatga bog’liq. O’z navbatida 
Xitoyning xalqaro savdo, investitsiya va moliya jarayonida ishtirok etishi iqtisodning 
global miqyosida o’sishiga sabab bo’ladi va bu esa dunyoda tinchlik va barqrorlikka 
olib keladi. Xuddi shunga o’xshash tartib Xitoy ichki siyosiy va iqtisodiy boshqaruvida 
ham amal qiladi. Iqtisodiy rivojlanish mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni 
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi va bunday holat o’z navbatida iqtisodning 
ko’tarilishiga zamin yaratib kelmoqda. 
Tashqi aloqalarga to’xtaladigan bo’lsak, “tinch rivojlanish” doktrinasi ko’pgina 
davlatlar bilan o’zaro foydali bo’lgan iqtisodiy va siyosiy kelishuvlarga ega ekanligini 
qayd etishimiz mumkin. Bu orqali biz Xitoy jamiyatida marksistik an’analarining 
chuqur ildizga egaligini, ya’ni iqtisod va siyosat o’rtasidagi bog’liqlik ham davlatning 
ichida va xalqaro maydonda ham mavjudligini ko’rsatib beradi. Amaldagi davlat 
rahbari Si Szinpin ham, ushbu strategiyaning siyosiy-iqtisodiy asosiy prinsiplarining 
hal qiluvchi markaziy roldaligini e’tirof etib kelmoqda. 
Xitoy hukumati vakillari va sohadagi yetakchi mutaxassislari, shunga o’xshash 
g’oyalarni targ’ib qilish orqali Xitoyning mintaqadagi va butun dunyodagi 
iqtisodiyotning yetaklovchilik rolidagi o’rnini qayd etishadi. Xitoy rahbarlari har doim 
ularning davlati Aqsh yoki Yevropa davlatlari singari dunyoda yetakchi maqomi uchun 
da’vo qilmasligini aytib kelishadi, Xitoy tashqi siyosatini o’zaro siyosiy-iqtisodiy 
manfaat asnosida qurishga harakat qilishini ta’kidlashadi.
94
“Tinch rivojlanish” 
nazariyasi Xitoy tashqi siyosatining rasmiy qarashlarida markaziy o’rinni egallaydi, 
ammo shu bilan bir vaqtda global munosabatlarning kengayishi natijasida yuzaga 
kelayotgan va bo’lishi mumkin bo’lgan muammolar yuzasidan yangi yechim yo’llari 
94
An Old Story and New World Peace, in Contemporary Chinese Political Thought: Debates and Perspectives. Edited 
by Fred Dallmayr and Zhao Tingyang. Kentucky: The University Press of Kentucky. 2012. 283 p 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
874 
ustida harakat ham olib borilmoqda. Xitoyning iqtisodiy tamondan o’sib borishi va 
uning jahon iqtisodiyoti bilan uzviy bog’liqligini butun dunyo hamjamiyati havotir 
bilan qarshi olayotgan bo’lsada, Xitoy yangi iqtisodiy loyihalarni taqdim etishda davom 
etayotgani bilan ajralib turibdi. 
Xulosa o‘rnida, Xitoy tashqi siyosati o’zining nazariy, amaliy va tarixiy asoslariga 
ega. Tashkil topgan davrdan to bugungi kungacha tabiiyki, tashqi siyosiy konsepsiya 
o’zgarib transformatsiyaga uchrab borgan. E’tiborga molik jihati shuki, tashqi siyosat 
masalasida Xitoyda asosiy rollarni shaxslar ijro etib bergan deyishimiz mumkin va 
albatta davlat asoschisi Mao Szedunni alohida e’tirof etish mantiqan to’gri hisoblanadi. 
Xitoy Xalq Respublikasi yuzaga kelgan davrdan Mao sotsializm tarafdorlari bilan 
muqim aloqalarni yo’lga qo’ydi va g’arb davlatlari, xususan yevropa bilan ham deyarli 
tashqi-siyosiy aloqalarni yuritmadi. Chunki, Yevropa mintaqasi davlatlari sotzializm 
qarashlaridan uzoqroq bo’lishgan va kapitalizm yo’lini tanlashgan. 
Keyingi navbatda albatta, islohotchi Den Syaopin turadi, aynan uning hokimiyatga 
kelishi Yevropa eshiklarining ochilishi bilan ta’riflanadi. Syaopinning “Xitoycha 
xususiyatli sotzializm” g’oyasi kapitalizmga xos bo’lgan ochiq bozor munosabatlari 
o’rnatilishiga va birin-ketin Yevropa davlatlari bilan diplomatik aloqalarni yo’lga 
qo’yishga zamin yaratdi. 
Katta ehtimol bilan, Xitoy tashqi siyosatining asolardan sanaladigan 
“Hamjihatlikda rivojlanish” g’oyasidan foydalanishni ilgari surishni va tashqi iqtisodiy 
faoliyat ko’lamini kengaytirishga bo’lgan harakatalarni o’stirishda davom etadi. Xitoy 
o’z tashqi siyosatining azaliy prinsipi soyada qolib, ortiqcha shovqin qilmasdan, 
qolaversa o’zining yetakchilikka bo’lgan da’volarini ochiqcha bayon qilmasdan 
harakatlanish g’oyasiga sodiq qolgan holda tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyat olib 
borishini kutishimiz o’rinli bo’ladi. Albatta, zamonaviy xalqaro munosabatlar va jahon 
siyosatida sodir bo’layotgan o’zgarishlar Xitoyning ham tashqi siyosati, vaziyatga 
qarab birmuncha o’zgartirishga yuz tutishi muqarrarligini ham alohida qayd etishimiz 
mumkin. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə