Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix28.09.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#124368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi

Kirish 
 
Mavzuning dolzarbligi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek 
davlatchiligi tarixiga katta e'tibor qaratila boshlandi. “O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori 
o‘zbek davlatchiligi tarixi muammosining maqsadli rivojlanishiga imkon 
yaratdi
1
. Respublika Prezidenti I.A. Karimovning bir guruh tarixchi olimlar 
bilan uchrashuvidagi tarix fani borasida bildirgan fikrlari o‘zbek xalqi va uning 
davlatchiligi tarixi konsepsiyasining yaratilishiga g‘oyaviy asos bo‘lib, unda 
“ilmiy nuqtai nazarga tayangan davlatchilik tarixini yaratish”
2
asosiy maqsad 
sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 
Xiva shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan 
nutqida
3
, “Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi 
farmonida
4
Xorazmning shaharsozlik va davlatchilik tarixini o‘rganish masalasi 
ilgari surilgan.O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida Xorazm 
vohasining XIX asr ikkinchi yarmi-XX asrning 20-30 yillari davri 
tarixshunosligini yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari 
asosida davlatchilik muammosining o‘rganilishiga haqqoniy baho berish muhim 
vazifalardan biriga aylandi. Zero, Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi 
XX asr 20-30 yillari davri tarixi keng o‘rganilgan bo`lsa-da, lekin sovet davri 
tarixshunosligida turlicha qarashlar mavjud bo`lgan. XIX asr boshida ushbu 
sulola vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan keyin jamiyatda mavjud bo‘lgan 
nisbatan barqarorlik va osoyishtalik jarayoni xonlikning taraqqiy qilishiga asos 
1
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 27 июля 1998 г. «О 
совершенствовании деятельности Института истории Академии наук Республики Узбекистан» 
//Народное слово. 1998, 28 июля.
2
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Тарихчи олимлар ва журналистлар билан 
учрашув / Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 1999. VII-жилд.– Б. 
136.
3
Каримов И.А. Хива шаҳрининг 2500 йиллигига бағишланган маросим нутқи / Хавфсизлик ва 
барқарор тараққиёт йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1997. VI-жилд. – Б. 374-380. 
4
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг «Хоразм Маъмун академиясини 
қайтадан ташкил этиш тўғрисида»ги Фармони // Халқ сўзи. 1997, 11 ноябр.



bo‘ldi. Bu davrda Xorazm tarixnavislik maktabi o‘z taraqqiyotining yangi 
bosqichiga ko‘tarildi. Mahalliy tarixchilar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar 
xonlik tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga
Rossiyadan ko‘plab elchilar, savdogarlar,harbiylarning xonlikka yuborilishi 
natijasida hisobot, xotira va monografiyalarning paydo bo‘lganligi xonlik haqida 
keng ma'lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.XIX asrning ikkinchi yarmiga 
kelib, Xiva xonligiga oid ilk yozma manbalar o‘rganila boshlangan bo‘lsa ham, 
ularning mazmuni kam tadqiq etilgan. XX asrning 20 - 30-yillariga kelib, arxiv 
ma'lumotlarini tarixiy adabiyotlardagi ma'lumotlar bilan qiyosiy tahlil qilish 
imkoniyati yuzaga kelgan.Ammo, sovet tarixshunosligida Xiva xonligining 
davlatchilik tarixi alohida ilmiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmaganligi 
ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu davrda davlatchilik yagona bo‘lgani holda, milliy 
respublikalarning davlatchiligi ko‘pincha yo‘l-yo‘lakay, u yoki bu davlatning 
mavjud bo‘lganligini qayd etish shaklida tavsiflanar edi. 
Mustaqillik yillarida mavzuning yoritilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoliga oid asosiy 
ma'lumotlarni chuqur o‘rganish, yangicha qarash va yondashuvlarni
umumlashtirish imkoniyati vujudga keldi. 
Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari 
tarixshunosligini o‘rganishning dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, bunday 
tadqiqot vatan olimlari tomonidan muammoni o‘rganishning manbalarini 
aniqlash, sovet va xorij tarixchilari tomonidan uni o‘rganish bosqichlarini 
tavsiflash, XXI asrda Xiva xonligini o‘rganish tarixining dolzarb yo‘nalishlarini 
ta’riflashga imkon beradi. Shunday qilib, XIX – XXI asrning boshlarida ushbu 
muammoni kompleks tadqiq etish va qayta baholash tahlillarning yangi 
yo‘nalishlarini belgilab, mustaqil O‘zbekiston davlatchiligining ko‘p jildli 
tarixini yaratish maqsadlariga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə