Xix asrning 70-90 yillarida turkiston o'lkasida xalq ozodlik harakatlari


Qurbonjon dodxox boshchiligida harakatlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə3/5
tarix27.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#124262
1   2   3   4   5
3-MUSTAQIL ISH

3.Qurbonjon dodxox boshchiligida harakatlar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan Jadidchilik madaniy-ma'rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U osib mustamlakachilarga 74 qarshi kotarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi ozaro notinchlik va mahalliychilik yurtimizni jahongir davlatlar iskanjasiga soldi. Bosqinchilar uchun qulay zamin yaratdi. Natijada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi. U o’lkani siyosiy-hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma'naviy-ruhiy boysundirishga erishdi. Rossiya imperiyasi o’lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga bo’lib, tub aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish yolida barcha vositalardan foydalandi. Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga to’g’anoq bo’lsa, ularni ozodlik uchun kurashdan chalg’itsa, hammasini qo’llab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar. Rossiya mustamlakachilarining og’ir asorati sharoitida ham xalqimiz o’zligini, milliy qadriyatlarini, ma'naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qola oldi.
Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishini tezlashtirishga olib kelgan sabablardan yana biri − Rossiya bilan Angliya o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar bo‘ldi.
XIX asr ikkinchi yarmining boshlarida O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olish maqsadida Rossiya tomonidan olib borilayotgan siyosat Angliyaning bu borada uzoqni ko‘zlab tuzgan rejalariga jiddiy xavf solar edi. 1860 yildan boshlab Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olish uchun jiddiy harbiy harakatlarni boshladi. Undan tashqari Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olishni tezlashtirgan bir nechta sabablar bor ediki, ular quyidagilardan iborat bo‘lgan:

  1. Rossiya yengil sanoatini doimiy ravishda ta’minlab turuvchi arzon xom ashyo bazasining O‘rta Osiyoda mavjudligi;

  2. Qrim urushi (1853-1856 yy.) tufayli Qora dengiz portlarining Rossiya qo‘lidan ketishi hamda uning o‘rnini O‘rta Osiyo xonliklarini egallash hisobiga to‘ldirish, O‘rta Osiyo orqali Eron, Afg‘oniston, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda Angliyaning ta’sirini yo‘qotib, bu davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatish.

  3. Rossiya Yevropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallashi lozim edi.

  4. Rossiyada o‘tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini ko‘chirib keltirish va ularni yer bilan ta’minlash kerak edi.

O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi:

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə