Xix asrning 70-90 yillarida turkiston o'lkasida xalq ozodlik harakatlari


Milliy va mustamlaka zulmning kuchayishi , xalq ommasining norozilik harakatini kuchayishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə2/5
tarix27.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#124262
1   2   3   4   5
3-MUSTAQIL ISH

2.Milliy va mustamlaka zulmning kuchayishi , xalq ommasining norozilik harakatini kuchayishi
Chor ma'muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va etishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yol qurilishini boshlab yubordi. 1880- 1889 yillarda Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjoy, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoqon, Andijon shaharlarini bog’lovchi O’rta Osiyo temir yo’li qurildi. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqunlikka solish, uzoqqa moljallangan manfaatiga boysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma'naviy, madaniy, tarixiy merosini yoq qilish, ruslashtirishdan iborat edi. 1884-yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. Shunday maktablarda rus va o’zbek muallimlari dars mashg„ulotlarini otadigan bo„ldi. Maqsad o’zbek yoshlariga rus tilini orgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Chor mustamlakachilari o’lkaning er osti va er usti boyliklarini ko„proq ozlashtirish maqsadida Turkistonning tabiiy va geografik dunyosini tekshirishga alohida e'tibor berdilar. 1867-yilda Toshkentda meteorologik stantsiya ochildi. U o’lka iqlimini organish bilan shug’ullandi. 1870- yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilindi. 1874-yilda observatoriya ochildi. 1870-yil O„rta Osiyo olimlari jamiyati tuzildi. 70 II Rossiya Turkistonni o’z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqning noroziligi oshib bordi, isyon va qozg’olonlar kotarishga sabab bo’ldi. 1880-1883 yillarda Ho’jand, Oratepa, Namangan, o’sh va Chustda ko’tarilgan qozg’olonlar bunga misol bola oladi. Manbalarda 1885-1892 yillarda Farg’ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari qayd etilgan. Qozg’olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, hambag’allar bo’ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g’ururini yoqotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar. 1892-yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakachilarini talvasaga solgan va tarixga «Vabo isyoni» yoki «Toshotar voqeasi» sifatida kirgan qozg’olon bo’ldi. lyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma'muriyati shoshilinch choralar kordi. Mustamlaka ma'muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan tog’ri bo’lgan tadbirlar haqida aholi o„rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim, qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va'da qilingan 4 ta yangi qabriston o’rniga faqat bittasi ochildi. Shaharning taniqli kishilaridan hisoblanmish Aziziyor Eshon, Abdulqosim xoja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar boshlig’I polkovnik S.R Putintsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub toqnash kelishdi. Qamchisini oynatib kelgan oqsoqol xalqning so’zlarini, arz-dodini tinglash o’rniga unga dag’dag’a qila boshladi. Mashhur «Toshotar» voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putintsev esa ozining sodiq qulini panohiga olib., xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishni talab qildi. Putintsev ham muzokara orniga kuch ishlatishni afzal korib, topponchasini g’ilofdan chiqarib dag’dag’aga otdi. Sabr kosasi tolgan olomon, uzoq oylab o’tirmay, hokimga hujum boshladi. Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay oqqa tutildi. Natijada ko’p kishi halok bo’ldi va yaralandi. Qo’lga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi. Turkistonda kotarilgan ozodlik harakatining yana biri 1898-yilgi Andijon qozg’olonidir. Qozg’olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlog’ida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi. Qozg’olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy gornizoniga bostirib kiradi va kazarmaning piramidalarida 30 ga yaqin turli miltiqni olja qilib olib, birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularga ichkaridagi soldatlar qarshilik korsatadilar. Harbiy qoshinlar shaharni o’rab olib, qo’zg’olonni harbiy kuch bilan shafqatsizlarcha bostiradi. Mustamlakachilar Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv o„tkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko’prikda qo„lga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatag’on uyushtirildi. Dukchi Eshon osib o’ldirildi, uning 45 nafar yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun qilindi. Dukchi Eshon qozg„oloni izsiz ketmadi. Butun Farg’ona vodiysida mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi. Iyul oyida Xojand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar, mardikorlar, chorakorlar, ayollar-jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish «Mardikor bermaymiz!» shiori ostida o„tdi. Politsiya namoyishni bostirishga kirishdi, ular ustiga tosh yog„ildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi. Samarqand uezdining Urgut qishlog’ida g’azabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar olomoni volost boshqaruvining mahkamasi oldiga toplandi. Mahkama xodimlari kaltaklandi. O„sha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla, Ho’ja Ahror va Angor volostlarida ham namoyishlar bo’lib o’tdi. 11-iyulda Toshkentda hunarmandlar, ishchilar, shahar hambag’allari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog’ochdagi politsiya boshqarmasi tomon yo„l oldilar. Namoyishchilar «bolalarimizni bergandan kora ozimiz olganimiz yaxshiroq, podshoh o’lib ketsin» deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridan Yolchi Ibrohimov (konchi), G’ulom Kamolov (g’isht teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi Musaeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi qat'iy kurash boshlashga da'vat etdilar. Tez orada jazo qoshini etib keldi. Natijada ular 5 kishini otib oldirishdi, 15 kishi yarador bo’ldi. Noroziliklar Farg’ona vodiysida tobora kuchaya boshladi. G’alayonlar Qoqon shahri, Kattaqorg’on, Rishton qishloqlarida ham bo’lib otdi. Ularning barchasi ayovsiz bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni oqib eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni toldirdi. Xalq safarbarlikni bekor qilishni talab etdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi. Jazolovchilar qozg’olonchilarga o’t ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini yarador qildilar. 1916-yildagi qozg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzaxda bo’ldi. Shahar aholisi 13 iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar royxatini talab qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga toplandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi mahkamasini vayron qildilar, royxatni topib olib yondirib tashladilar. Iyul oyiga kelib butun Turkiston o’lkasida harbiy holat e'lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma'murlarga juda katta huquq berildi. Qozg’olonchilar safi kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxo’ja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qozg’olonchilar o’rtasida bo’lgan toqnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar bo’ldi. Turkiston general-gubernatori Jizzax qozg„olonini bostirish uchun polkovnik Ivanov boshchiligida oltita topi bor 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak otryadi va 3 rota sapyorlarni safarbar etdi. Jazo I otryadi qozg’olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama cho’lga haydaldi. 72 Jizzax ishi bo’yicha 1000 dan ortiq kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib, turli muddatlarga qamaldi. 1916 yilgi qozg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va hambag’allar qozg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi. Qozg„olon bostirilgan bo’lsa-da, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham, A.F Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir front-Turkiston fronti qoshildi», -deb vaziyatga jiddiy baho bergan edi. 1916-yil qozgoloni o’lkadagi Chor Rossiya mustamlakachilik tizimining tagi bosh zaminda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshlaganini hamda Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g’ururi sonmasligini korsatdi. III Sharq bilan G’arbni taqqoslab, xususan Rossiya tasarrufiga olingan musulmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali birinchi bo„lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo’q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko’tarilish harakatini boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni oqitish masalasini ko’tardi. U 1884-yiida Qrimdagi Bog„chasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. "Jadid" arabcha so’z bo’lib, "yangi" degan ma'noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari "jadidlar", uning g’oyalari esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gaspirali darslik yaratdi, ozining "Tarjimon" (1883-1914 yy.) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida targ„ib qildi. Bu gazeta Turkiston oikasi shaharlarida, shuningdek Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham tarqala boshladi. 1892-yilda Ismoil Gaspirali Turkistonga tashrifi ham jadidchilik g„oyalarining keyingi rivojiga ta'sir korsatdi. U chor ma'murlari hukmdorlari va Buxoro amiri Abdulaxadxon qabulida bo’ldi. U Buxoro amirini qiyinchilik bilan amirlik poytaxtida yangi usul maktabi ochishga kondirishga erishdi. Bu maktabga "Muzaffariya" nomi berildi. 1899-yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901-yilda Qoqonda Salohiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo„lib jadid maktablari ochdilar. 1903-yilga kelib birgina Turkiston o„lkasida 100 dan ziyod boshlang„ich jadid usuli maktablari ochilgan edi. Turkiston jadidlariga Mahmudxo„ja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa onlab milliy ziyolilar rahnomolik qildilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning "Ustozi avval" (1903), Munavvarqorining "Adibi avval" (1907), Abdulla Avloniyning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" (1912) darsliklari alohida e'tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga oqishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg„or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab tegishli mablag„ bilan komaklashdilar. Ko„pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga oqishga yuborildi. 1910-yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar "Bolalar tarbiyasi" xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30 ta talabani Turkiyaga oqishga jonatdi. Jadidchilik Turkistonda madaniy-ma'rifiy harakat 73 sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni zamonaviylashtirishga qaratildi.
Bu jumladan quyidagilarni anglataredi: -xalq ta'limini isloh qilish; -adabiyotni rivojlantirish; -zamonaviy matbuotni yaratish; -islom aqidaparastligi va mutaassibiikni rad etish; -zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish; -tarix fanini rivojlantirish va o’zbek xalqining yangi tarixini yozish. Jadidlar etiqodli, izchil va chinaham musulmonlar bo’lib, hech mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni har xil sohtaliklardan tozalab, haqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlarni egallash yoli bilan jamiyatda uning ta'sirini mustahkamlashga erishmoqchi edilar. Jadidlarga mutaassib ruhoniylar qarshilik korsatdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda o„quvchi-talabalar birinchi yili gazeta oqiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarni taxtdan ag’darib turmaga tiqib qoyishadi», -der edilar. Aholini tarbiyalash, mafkurasini belgilashda Jadidlar tarix va o’z milliy qadriyatlarini ishlab chiqish masalalariga katta e'tibor berishgan. Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar. Shu bilan birga, jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913-yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatr binosida o’zbek milliy teatrining 1-rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. O’sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pesasi namoyish etildi. Milliy teatr sar. odamlarga millatda mavjud bo„lgan qusurlar va ijobiy tomonlarning tushuntiruvchi oyna bo’lib xizmat qildi. Abduqodir Shukuriy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori va boshqalar kuch-g’ayratlarini o„z islohotchilik g’oyalarini aholi orasida targ„ib etishga qaratishdi. Qattiq qol senzuraga qaramasdan, ular o„z gazeta va jurnallarini nashr eta boshlashdi. Turkistonda 1906-1908-yillarda jadidlarning «Taraqqiy», «Shuxrat», «Xurshid», 1913-1917-yjllarda «Sadoi Turkiston», «Samarqand», «Oyina», «Turon», «Buxoroi Sharif», «Sadoi Farg„ona» va boshqa gazetalari bosmadan chiqa boshladi. Mustamlakachi ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini kordilar. Ular ustidan nazorat o„rnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarni buzib tashlar, kitob dokonlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo’llagan zoravonlik choralari ularni ma'naviy-ma'rifiy islohotdan siyosiy qarshilik korsatish darajasiga kotarilishga olib keldi. Jadidlar boy tarixiy merosida milliy g„oya va milliy mafkura alohida orin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo’lib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o’z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo„lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə