Xongeldiyeva sevara shuxrat qizi



Yüklə 208,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix30.05.2023
ölçüsü208,52 Kb.
#114434
1   2   3   4   5
305-310

IQRO JURNALI / 2023
VOL – 1 ,ISSUE – 2
GUVOHNOMA № 060680
https://wordlyknowledge.uz/
shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o’zaro munosabatlari
haqidagi tasavvurlar yig’indisi sifatida qaraladi. Nutq tilning namoyon bo’lishi, ro’yobga
chiqish, voqealanish shakli bo’lib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy,fizik)
shaklga egadir. Me’yor (norma) – til birliklarini nutqning u yoki bu ko’rinishida ishlatish
qonuniyatlari va imkoniyatlari bo’lib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir”.
Anglashilyaptiki, til va nutq material va uning voqealanishi nuqtai nazaridan boshqa-boshqa
tushunchalar bo’lish bilan birga, ular bir-birlarisiz mutlaqo yashay olmaydi ham. Me’yor esa
ularning yashash tarzini belgilaydi. Jamiyat taraqqiyoti bilan insonlarning tilga bo’lgan
ehtiyoji ham o’sib boraveradi[2].
Tilning yozma va og’zaki me’yorlarini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til
madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismi sifatida qaraladi. Shuning uchun ham me’yor
masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas. Nutq madaniyati
muammolarini o’ragangan olimlar, nutq madaniyati problemasining o’rganilishi ikki
aspektga ega degan fikrlarni bildirishgan: birinchisi, o’zbek adabiy til normalarini, imkoniyat
doiralarini yanada silliqlash, stabillash bilan bog’liq bo’lgan nutq madaniyati problemalari;
ikkinchisi esa o’zbek adabiy tilidan bu tilda gapiruvchi jamiyat a’zolarining to’g’ri, izchil
hamda namunali foydalana olishlari uchun yordamlashishi bilan aloqador bo’lgan nutq
madaniyati problemalari. Xo’sh, nutq madaniyati nima? Ana shu savolga javob berish ushbu
mavzuning asosiy maqsadi sanaladi.
Keyingi paytlarda tilshunoslikda nutq madaniyati va til
madaniyati atamalari tez-tez tilga olinadigan bo'ldi. Nutq madaniyati tushunchasining lisoniy,
ilmiy-amaliy mundarijasi ancha izchil belgilangan. Nutq madaniyati deganda nimani
anglamoq kerak? Til madaniyati deyish to'g'rimi yoki nutq madaniyati deyish to'g'rimi? Yoki
ba'zi tilshunoslar ta'kidalganidek, nutq odobi va so'z odobi atamalarini qo'llash
ma’quldir[3,12]. Nutq madaniyati tushunchasi, uning asosiy mohiyati ushbu tushunchaning
yuzaga kelish davri, tadqiqot obyekti boshqa lisoniy kategoriyalaridan chegarasi hamda ish
ko'rish tarzi haqida turli fikrlari mavjud. Bu muammolar nutq madaniyati o'zining nazariy


2023. volume 1, issue 2

Yüklə 208,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə