Xorijiy investitsiyalar fanidan



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/42
tarix31.03.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#103845
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Хорижий инвес

Moliyaviy aktivlar
- bu qimmatli kog’ozlar bo’lib, u chet el kapitalini jalb etish
chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun 
emissiya qilinadi. 
 
 
 
5.4.O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning asosiy 
yo’nalishlari 
 
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay 
investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. 2009 yili 
iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 
2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko’p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 
hajmi 68 foizga o’sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan 
investitsiyalar bo’lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi.
1
Iqtisodiyotda tarkibiy 
o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini 
jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, 
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni 
tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining 
barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan 
davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur 
davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal 
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar 
asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, 
oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda 
boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil 
etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. 
Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama 
imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. Ushbu yaratilgan investitsiya muhiti 
iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yildan-yilga 
ortishiga olib kelmoqda.

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə