Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


Saudiya Arabistonining Fors ko’rfazi mamlakatlaridan importining tovar tarkibi (mln. dollar)



Yüklə 209,17 Kb.
səhifə18/23
tarix23.12.2023
ölçüsü209,17 Kb.
#155863
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik-fayllar.org

2.2.4-jadval

Saudiya Arabistonining Fors ko’rfazi mamlakatlaridan importining tovar tarkibi (mln. dollar)






2008

2009

2010

2011

2012

2013

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari


1216

1274,3

1387

1774

1908

1998

Sanoat mahsulotlari


3614

3394

4561

6522

7895

10307

Tabiiy resurslar


143,5

10,1

8,8

274

547

615,8

Jami

4973,5

4678,4

5956,8

8570

10350

12920,8

Manba:www.gccstat.org, FKADHK tashkilotining rasmiy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Fors ko’rfazi mamlakatlaridan Saudiya Arabistoniga qilinadigan import mahsulotlari tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak asosiy o’rinni sanoat mahsulotlari tashkil etadi. 2008-yilda sanoat mahsulotlari importi jami Fors ko’rfazi mamlakatlaridan qilingan importning 72,7% ini, 2009-yilda 72,5%, 2010-yilda 76,6% va 2013-yilda esa bu ko’rsatkich 79,8% ini tashkil etgan. Importining geografik tarkibini ko’radigan bo’lsak Saudiya Arabistonining asosiy import hamkori BAA va Bahrayn mamlakatlari hisoblanib 2008-yilda BAA mamlakatidan sanoat mahsulotlari importi jami importning 57,4% ini tashkil etgan bo’lsa
Bahraynda bu ko’rsatkich 26,3% ga yetdi. Ko’radigan bo’lsak 2009-yilda import miqdori 2008-yilga nisbatan past ko’rsatkichni ifodaladi. 2008-yilgi jahon moliyaviy inqirozi Fors ko’rfazi mamlakatlariga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazdi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini import tarkibidagi ulushi deyarli 1% ni tashkil etadigan bo’lsa shuning asosiy qismini Saudiya Arabistoni Fors ko’rfazi mintaqasidan import qiladi. Saudiya Arabistoni mintaqada reeksport bo’yicha ham yuqori o’rinlarda turadi. Asosiy reeksport mahsulotlari sanoat mahsulotlari hisoblanib, 2008-yilda sanoat mahsulotlari reeksporti jami eksportning 8,1% ini, 2009-yilda 15,9% ini, 2010-yilda esa 9,2% ini tashkil etdi. Saudiya Arabistoni Fors ko’rfazi mamlakatlaridan mashinalar texnologiyalar, oziq-ovqat mahsulotlari, aloqa vositalari, xalq istemol mollari, elektr buyumlar, yog’och metallar, doridarmonlar va tibbiyot asbop-uskunalarini import qiladi. Ko’rinib turganidek, Saudiya Arabistoni xilma-xil tovarlar va xizmatlarni o’zlashtirishga qodir keng va serdaromad bozor hisoblanadi. Saudiya Arabistonida turli xil mahsulotlarni import qilish uchun yetarli moliyaviy imkoniyatlar mavjudligi bunga ko’maklashadi. Saudiya Arabistonining savdo-iqtisodiy sheriklarini, shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: AQSh (asosiy iqtisodiy sherigi), G’arbiy Yevropa mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya), Fors ko’rfazi arab mamlakatlari va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari (Yaponiya, Xitoy, Koreya, Singapur va Malayziya)


Yüklə 209,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə