Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


O’zbekistonning Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari



Yüklə 209,17 Kb.
səhifə19/23
tarix23.12.2023
ölçüsü209,17 Kb.
#155863
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik-fayllar.org

2.3. O’zbekistonning Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng Fors ko’rfazi mintaqasidagi deyarli barcha mamlakatlari O’zbekiston Respublikasini mustaqil davlat sifatida birinchilardan bo’lib tan oldi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi ham o’zining tashqi siyosatida Fors ko’rfazi mintaqasi mamlakatlariga e’tibor qaratmoqda. Jumladan, Saudiya Arabistoni Qirolligida elchixonamiz samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Yurtimizda esa Quvayt, Saudiya Arabistoni, Eron kabi Fors ko’rfazi mintaqasi mamlakatlarining elchixonalari samarali faoliyat ko’rsatmoqda.


O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosatida Fors ko’rfazi mamlakatlari o’ziga xos o’rin va ahamiyatga ega. Arab mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 2010-yilda 130 ming AQSh dollarini va 2011-yilda 149 ming dollarni tashkil etdi. Eksportning asosiy tarkibini xizmatlar (turistik, moliyaviy, transport va aloqa xizmatlari), mexanik vositalar, plastmassa, va undan tayyorlanadigan mahsulotlar tashkil etadi. Import tarkibida ham asosiy o’rinni xizmatlar, shuningdek, transport vositalari, mexanik va elektr asbob-uskunalari, kofe va kimyoviy mahsulotlar egallaydi21. Mamlakatimizning umumiy tashqi savdo-sotiq jarayonlarining 0,6% BAA ga to’g’ri kelar ekan22.

2.3.1-jadval

Alohida mamlakatlar bo’yicha O’zbekistonni tovar aylanmasi yo’nalishlari



Mintaqalar


Ikki tomonlama tovar aylanmasi mln AQSh dollar


Tovar aylanmasida O’zbekiston ulushi


MDH:

2009

2010

2012

2009

2010

2012

Rossiya

4443,5

6377,6

15954,1

21,0

29,2

60,39

Ukraina

1526,2

552,6




7,2

2,5




Qozog’iston


1307,2

1808,3

5950,6

6,2

8,3

22,5

YE
mamlakatlari






















Germaniya


469,4

483,0

929,1

2,2

2,2

3,6

Buyuk Britaniya


173,7

228,4

399,4

0,8

1,0

1,5

Sharqiy Osiyo:




















Xitoy

2051,4

2085,3

6487,1

9,7

9,5

24,5

Respublika Koreya

1228,4

1614,7

3590

5,8

7,4

13,6

O’rta Sharq




















Turkiya

674,1

959,9

2574,3

3,2

4,4

9,7

Eron

581,3

645,3




2,7

3,0




Fors ko’rfazi mamlakatlari


365,5

303,5




3,0

1,9




Manba:www.stat.uz malumotlari asosida tayyorlangan


O’zbekiston va Fors ko’rfazi arab mamlakatlari iqtisodiyotlari ko’p jihatdan bir-birini to’ldiruvchi mamlakatlar hisoblanadi. Ulardagi tabiiy boyliklarning va sanoat-ishlab chiqarish imkoniyatlarining yetarli darajada ekanligi, madaniy va tarixiy qadriyatlar o’xshashligi, mamlakatlararo o’zaro foydali va samarali hamkorlik uchun barcha shart-sharoitlarni yaratmoqda hamda har ikkala mintaqa mamlakatlarining tashqi iqtisodiy manfaatlari ko’lamini tobora kengaytirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek ,,O’zbekistonni Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan munosabatida investitsion va iqtisodiy hamkorlik asosiy rol o’ynaydi”23. Lekin hali O’zbekistonning Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan aloqalari yetarli darajada rivojlanmagan. 2010-yil ma’lumotlariga ko’ra Fors ko’rfazidan O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiya hajmi nisbatan past ko’rsatkichni 1,5 mlrd AQSh dollariga ham yetmagan, ikki tomon o’rtasidagi tovar aylanmasi 303,9 mln dollarni tashkil etdi. 2010-2013-yillarning oxirida O’zbekiston bilan tovar aylanmasi nisbatan ulushi yuqori bo’lgan mamlakatlar BAA (43,%), ikkinchi o’rinda Ummon (28,7%), undan keyingi o’rinda Bahrayn (16,3%), butun davr davomida Saudiya Arabistonining ulushi 2% dan oshmadi va Qatar bilan eng yuqori ulush 13% ni tashkil etdi. Globallashuv sharoitida transport logistikasi va savdo tranzitlari asosiy geoiqtisodiy ahamiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, O’zbekistonda mintaqalararo transport koridorlarini tashkil etishga asosiy e’tibor berilmoqda bundan maqsad kelajakda bu jarayon O’zbekistonning Fors ko’rfazi mamlakatlari o’rtasidagi tovar aylanmasi hajmini oshirishga yordam beradi. Misol uchun 2010yilning oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar yangi xalqaro transport koridorini tashkil etish to’g’risida 2011-yilning 25-aprelida kelishuv imzolandi. Bu xalqaro yo’l Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan bog’lovchi ko’prik sifatida ko’rildi. Shu bilan birga ikki tomonlama savdoiqtisodiy, investitsion munosabatlarni mustahkamlashga Navoiy viloyati xalqaro logistika markazi maqomini olishi ham keng ahamiyatga ega bo’ldi. Shunday ekan
Fors ko’rfazi mamlakatlari O’zbekistonni Markaziy Osiyoni lideri sifatida ko’rishadi va bu mamlakat bilan aloqalarni rivojlantirish orqali Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanadi. O’z navbatida O’zbekiston uchun ham Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish yangi xalqaro savdo-iqtisodiy imkoniyatlarni yaratadi. O’zbekiston va Fors ko’rfazi mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari neftni qayta ishlash korxonalari va neftkimyo gaz sanoatini modernizatsiyalash sohalarida. Hozirgi paytda Markaziy osiyo mintaqasida Xitoy va Afg’oniston ishtirokida yangi transport aloqalarini tashkil etish ko’zda tutilmoqda. Bu bilan bog’liq ravishda Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston va Xitoy-Qozog’iston-
O’zbekiston temir yo’l liniyasi ishga tushishi ko’zda tutilmoqda. Yangi transport tizimida nafaqat Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari balki Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari ham bundan ancha foyda ko’rishadi.


Yüklə 209,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə