Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


-rasm. Saudiya Arabistoni YaIM ning tarmoq tarkibi (% hisobida)



Yüklə 209,17 Kb.
səhifə8/23
tarix23.12.2023
ölçüsü209,17 Kb.
#155863
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik-fayllar.org

1.2.1-rasm. Saudiya Arabistoni YaIM ning tarmoq tarkibi (% hisobida) Yuqoridagi rasmni tahlilini ko’radigan bo’lsak iqtisodiytni tarmoq tarkibi ichida sanoat yuqori o’ringa ega, undan keyingi o’rinlarda xizmat ko‘rsatish va qishloq xo’jaligi turadi. Oxirgi 5 yil ichida neftdan tashqari sektor Saudiya
Arabistonida o’zining muhimligi darajasini oshirmoqda. 2011-yilda hukumat tomonidan davlat subsidiyalarini hajmini oshirganligi sabab neftdan tashqari sektorning ulushi 5,4% gacha oshdi. Saudiya Arabistonida neftdan tashqari sektor hukumat tomonidan samarali diversifikatsiya jarayonlari olib borilayotgani sabab tez rivojlanib bormoqda. Lekin shunday bo’lsada bu sektorda o’sish 2012-yilda 7,2% ni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2011-yilda 7,1% ga yetdi. Neftdan tashqari sektor tarkibidagi xususiy sektor ham davlat sektori ham sezilarli darajada pasaydi. SAMA (Saudi Arabian Monetary Agency) malumotiga ko’ra transport, kommunikatsiya sohalarida o’sish ancha yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’ldi. 2012yilda bu sektorda o’sish 10,7% ni tashkil etgan bo’lsa 2011-yilda esa o’sish 13,8% ga yetgan. Xususan qurilish sektorida ham o’sish tendensiyasi kuzatildi.
Sanoat tarkibini ko’radigan bo’lsak asosiy ulushni neft gaz sanoati tashkil etadi. Saudiya Arabistonida energetika siyosati ichki va tashqi komponentlarga bo’linadi. Ichki komponent asosan neftdan kelgan daromaddan milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga va turmush darajasini oshirishga yo’naltiriladi. Asosiy neft qazish bilan shug’ullanuvchi kompaniya Saudiya Aramko Saudiya Arabistonida jami neft zaxiralarining 98% ini boshqaradi. Neftni qayta ishlash va neft kimyo sanoati bilan SABIC xususiy davlat kompaniyasi shug’ullanadi. Yaqin yillargacha Saudiya Arabistoni jahonda eng ko’p neft zaxirasiga ega mamlakat hisoblangan lekin 2010-yilda OPEC malumotida ko’ra Venesuela eng ko’p neft zaxirasiga egaligi aytildi. Kelajak yillarda Saudiya Aramco kompaniyasi yiliga 750 mln tonnagacha neft qazib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda. Hozirda Saudiya Arabistonini neft qazib chiqarish hajmi jahon bozoridagi neft xom ashyosining konyukturasiga bog’liq bo’lib qoldi.
2010-yilda jami eksportning 86% ini neft eksporti tashkil etgan. Saudiya Arabistoni yirik neft ishlab chiqaruvchi va uni eksportyori sifatida jahon neft bozorida nufuzli o’ringa ega qolaversa Fors ko’rfazi mamlakatlari ichida neft zaxiralarining 57% ga, OPEC tashkilotida 29% va jahon neft zaxiralarining 20% ga ega13. Arab yonilg’isi 2010-yilda haftalik narxlari 32% gacha oshdi (77,8 b/d) 2009-yilda o’rtacha 1 barrel neft 59 $ ni tashkil etgan17. Biroq neft narxlari 2011yilning yanvaridan boshlab yana o’sishni boshladi bu paytda uning narxi barreli 111,16 $ ni tashkil etgan. Jahon moliyaviy inqirozi natijasida 2009-yilda uglevodorod qazib chiqarish hajmi qisqargani ayon bo’lgandan so’ng Saudiya Arabistoni neft sektori 2010-yilda yana kengaydi.
XVF ning ma’lumotiga ko’ra neft sektori 2010-yilda real o’sish ko’rsatkichi 1,2% ni tashkil etgan va 2011 yilda 4,3% gacha o’sdi. 2009-yilda neft sektori joriy narxlarda YaIM ning 48% iga yetdi va hukumat daromadlarining asosiy qismini neftdan kelgan daromad tashkil qildi. 2012-yil Saudiya Arabistoni neft sektori uchun muhim yil bo’ldi. Haqiqatdan ham 2012-yilning birinchi 6 oyligida Saudiya
Arabistoni o’zining neft ishlab chiqarish hajmini kuniga 10 mln barrelga oshirdi.
Bu ko’rsatkich jahon neft bozorini barqaror ushlab turishga imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqarish 2012-yilning ikkinchi yarmida pasaydi va oxirgi chorakda kunlik neft ishlab chiqarish hajmi 9,4 mln barrelni tashkil etdi. Umuman olganda 2012yilda kunlik neft qazib chiqarish hajmi o’rtacha 9,76 mln barrelni tashkil etdi. Saudiya Arabistoni jami dunyo neft zaxirasining beshdan biriga ya’ni 265,9 mlrdga ega bo’lib uning zaxirasi taxminan 75 yilga yetishi taxmin qilingan. 2012-yilda neft ishlab chiqarish hajmining pasayishi nafaqat mamlakat tashqi savdosiga balki ichki bozoriga ham o’z ta’sirini o’tkazdi.
Jami eksportning 87% ini tashkil etuvchi neft eksportining o’sishi 2010yilda 32,0% ga, 2011-yilda 47,5% ga va 2012-yilda 6,2% ga pasaydi. Hukumat daromadlarining asosiy ulushini neft sektori tashkil etib 2011-yilda 54,3% dan 2012-yilda 10,7% ga pasaydi lekin haligacha hukumat daromadlarining 92% aynan neft sektori tashkil etadi14.Saudiya Arabistoni hukumatining iqtisodiy strategiyasida sanoat tarmoqlarini xilma-xillashtirish bosh o’rinlardan birini egallaydi. Bu siyosatdan ko’zlangan asosiy maqsad mamlakatning neftdan olinadigan daromadga qaramlik darajasini pasaytirishdan iborat. Saudiya neft xom ashyosini eksport qilishdan olinadigan daromadga bog’lanib qolishini kamaytirish, shuningdek, Podshohlikka boshqa davlatlardan import qilinadigan tovarlar miqdorini kamaytirish maqsadida hukumat turli xildagi ishlab chiqarish
tarmoqlarini rivojlantirishni rag’batlantirmoqda.
Fors ko’rfazi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish davri 1970-yillarga to’g’ri keladi va bunda Saudiya hukumatini dastlabki qilgan islohotlari aynan sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo’ldi lekin bu jarayonda bir qancha muammolar ko’zga tashlandi: birinchidan mahalliy sarmoyalarni xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishi, xorijdan texnologiya olib kirishga cheklovlar qo’yish bo’ldi. Saudiya hukumati kelajak yillarda iqtisodiyotni neft sektoriga bog’likligini kamaytirish maqsadida bir qancha islohotlarni amalga oshirmoqda xususan 2030-yilga qadar hukumat neft sohasiga 300 mlrd AQSh dollarni ajratishni ko’zda tutmoqda. 100 mlrd. AQSh dollar miqdorni esa xizmat ko’rsatishni turizm sohasini rivojlantirishga e’tibor bermoqda.



Manba: Saudiya Arabistoni statistika va axborot departamenti rasmiy ma’lumotlari asosida tayyorlangan.


Yüklə 209,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə