2.2.3-jadval
Saudiya Arabistonini Fors ko’rfazi mamlakatlariga eksportining tovar tarkibi (mln dollar)
Eksport
|
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
2103
|
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari
|
1439
|
1557
|
1686
|
1925
|
2025
|
2006
|
Sanoat mahsulotlari
|
10547
|
8889
|
9695
|
10733
|
10686
|
9955
|
Tabiiy resurslar
|
8302
|
5545
|
7168
|
9351
|
1763
|
9286
|
Reeksport
|
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari
|
62
|
55
|
71,2
|
72
|
80,3
|
85,9
|
Sanoat mahsulotlari
|
1796
|
3033
|
1901
|
1076
|
3092
|
4073
|
Tabiiy resurslar
|
1,07
|
1,06
|
0,8
|
1,6
|
2,13
|
1,07
|
Jami
|
22147
|
19080
|
20522
|
23158
|
17648
|
25407
|
Manba:www.gccstat.org, FKADHK tashkilotining rasmiy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Saudiya Arabistonini Fors ko’rfazi mamlakatlariga eksportining tovar tarkibini ko’radigan bo’lsak asosiy o’rinni sanoat mahsulotlari tashkil etadi. 2008yilda sanoat mahsulotlarini ulushi 47,6% ni tashkil etgan bo’lsa 2012-yilda uning ulushi 60,6% ga yetdi. Undan keyingi o’rinda tabiiy resurslar va qishloq xo’jaligi mahsulotlari turadi. 2008-yilda tabiiy resurslar jami eksport miqdorining 37,5% ini tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2011-yilda 40,4% ga yetdi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari 2008-yilda eksportning 6,5% ni tashkil etdi va bu ko’rsatkich 2013yilda 7,9% bo’lgan. Saudiya Arabistonining eksport tarkibida reeksport ham alohida o’ringa ega, xususan, reeksport tarkibida sanoat mahsulotlari asosiy ulushni tashkil etadi. 2008-yilda sanoat mahsulotlari reeksporti jami eksportning 8,1% ini tashkil etgan bo’lsa 2013-yilda bu ko’rsatkich 16,3% ni ifodaladi. Fors ko’rfazi mamlakatlariga eksport miqdori tarkibini mamlakatlar bo’yicha ko’radigan bo’lsak 2008-yilda asosiy ulushni BAA va Bahrayn mamlakatlari tashkil etadi. Xususan bu yilda BAA ga sanoat mahsulotlari eksporti ulushi jami sanoat mahsulotlari eksportining deyarli yarmidan ko’pini 68,4% ini tashkil etgan bo’lsa 2013-yilda bu ko’rsatkich 64% ga yetgan. 2008-yilda Bahraynga tabiiy resurslar eksporti jami tabiiy resurslar eksportining 95,9% ini tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2009-yilda 93,5% bo’ldi. 2010-yilda esa bu ko’rsatkich 93,4% ni tashkil etdi. 2008-yilda Saudiyaning mintaqa mamlakatlariga eksport miqdori
22147 mln dollarni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2009-yilda nisbatan past 19080 mln dollarga teng bo’ldi. 2010-yildan boshlab eksport hajmi o’sish tendensiyasini ko’rsatdi. 2009-yilda eksport hajmini pasayishiga sabab 2008-yilgi jahon moliyaviy inqirozi bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |