Xorijiy tili va adabiyoti fakulteti 740-23 guruh talabalasi yaxshilikova kamolaning psixologiya fanidan sezgi aʼzolari mavzusi boʻyicha tayyorlangan taqdimoti



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#137219
  1   2   3
SEZGI

XORIJIY TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI 740-23 GURUH TALABALASI YAXSHILIKOVA KAMOLANING PSIXOLOGIYA FANIDAN SEZGI AʼZOLARI MAVZUSI BOʻYICHA TAYYORLANGAN TAQDIMOTI


MAVZU: SEZGI
A’ZOLARI

REJA:


Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi soxasidagi qonuniyatlari.
Sezgi sezuvchanlik psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.
Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‘llaridan biridir.
Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Ø periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus transformator qismi;
Ø analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
Ø analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari.
Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi CH.SHerringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə