Xorijiy tillar fakulteti


IV Ingliz tilini o’rganishdagi xató va kamchiliklarni bartaraf qilish nuqtasi



Yüklə 73,03 Kb.
səhifə10/12
tarix22.01.2022
ölçüsü73,03 Kb.
#83063
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Grammatikani o\'qitishda interfaol usullardan foydalanish Kurs Ishi

IV Ingliz tilini o’rganishdagi xató va kamchiliklarni bartaraf qilish nuqtasi

So`nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, ayniqa, chet tillarni o`rganish va o`qitishning kompleks tizimini shakllantirish borasida ko`plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2012 yil 10 dekabrda mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan qabul qilingan ―Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to`g‘risida‖gi PQ-1875 – sonli qaror fikrimizning yorqin misoldidir. Mazkur qarorning asosiy maqsadi zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o`qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo`li bilan o`sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarini o`qitish, shu tillarda ravon so`zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishdan iboratdir. Mamlakatimiz rahbarining mazkur qarori yurtimizda chet tillari, xususan, ingliz tilini o`rgatishni yanada rivojlantirish hamda yoshlarni bilimli qilib tarbiyalash, chet tillarni yaxshi o`zlashtirgan malakali mutaxassislarni kamol toptirish yo`lida katta qadam qo`yilganligidan dalolat beradi. Chunki, hozirgi kunda biz yashayotgan zamonaviy jamiyatni keng qamrovli xalqaro aloqalarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Shunday ekan, inson o`z ona tilidan tashqari, yana bir chet tilini bilishi esa bugungi kunda nafaqat madaniyat, balki, iqtisodiyot talabi hamdir. Jamiyatda sodir bo`layotgan o`zgarishlar, aloqalarning kengayishi, tashqi iqtisodiy maydonga kirib borish chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini o`rganishga qiziqishini kuchaytirdi. Xalqaro deb tan olingan tillar orasida ingliz tili birinchi o`rinni egallashi hech kimga sir emas. Chunki, mazkur til muhim uchrashuvlar, xalqaro konferensiyalar tili ham hisoblanadi. Hozirgi kunda bu tilni o`rganishga bo`lgan ehtiyojning oshishiga yana bir sabab borki, bu ilm-fan va texnika taraqqiyotining tili deb tan olinganligidadir. Chunki davr talabidan kelib chikkan xolda chet tilini o`rganish aloqa tezligini oshirishga yordam beradi. Masalan, hozirgi kunda faqat ingliz tilida gaplashilsa, 400 mln. odamlar bilan aloqa qilish mumkin bo`lar ekan. Dono xalqimiz, ―Til bilgan – el bilar‖ deb bejiz aytmagan. Zero, biror xorijiy tilni o`rgangan kishiga o`sha tilda bilimlar xazinasi o`z eshiklarini ochadi. Bu esa, o`z navbatida uning dunyoqarashining kengayishiga, komil inson bo`lib yetishigiga xizmat qiladi. Hozirgi kunda xorijiy tillarni bilish – bu nafaqat insonning madaniy rivojlanish belgisi, balki hayotning turli sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida muhim shartlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, aytish mumkinki, xorijiy tillarni bilish hozirgi kunda hayotiy zaruriyatga aylanib bormoqda. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda axborotlar oqimi soat sayin emas, daqiqa sayin ko`payib borayotgan hozirgi kunda bilim va malaka inson hayotining eng ustuvor qadriyatlari hisoblanadi. Hozirgi tezkor hayot inson o`z sohasida jahon tajribasidagi barcha yangiliklardan boxabar bo`lishi uchun nafaqat o`z ona tilidagi materiallar, balki xorijiy axborotlardan ham foydalanishi zarur ekanligini ko`rsatmoqda. Bugungi kunda hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalari – kompyuter va internet, aloqa vositalarining kirib kelishi ham xorijiy tillarni mukammal o`rganishni taqozo etmoqda. Chunki bunday zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun xalqaro tillardan muayyan ko`nikmaga ega bo`lish lozim. Chunki hozirgi yoshlar internet vositasida eng rivojlangan mamlakatlardagi o`z tengdoshlari bilan, zamonaviy mutaxassislar esa o`z hamkasblari bilan hamkorlikda ish olib borishlariga sharoit yaratilmoqda. Biron-bir xorijiy tilni bilish orqali bilim darajasini yanada oshirishga imkon yaratiladi. Masalan lotin tilini o`rganilsa, ko`pgina inglizcha so`zlarning kelib chiqishini bilib olish mumkin. Xorijiy tilni o`rganish kishi axborot zahirasining yanada kengayishiga yordam beradi. Chet tillarni o`rganish, ayniqsa, adabiyotlarni asl nusxasida o`qish bilimlarning ochilmagan qirralarini ochish kaliti hamdir.


Yüklə 73,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə