Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish general chyernyayevning toshkentga bosqini



Yüklə 132,76 Kb.
səhifə2/3
tarix12.05.2023
ölçüsü132,76 Kb.
#109843
1   2   3
GENERAL ChYERNYaYEVNING TOShKENTGA BOSQINI

IQON JANGI
1864 yilning noyabr oyida Toshkentda Sulton Sa’idxondan fotiha olingandan keyin Olimqul sarbozlar va goziylar bilan Shayxontahurning katta ko‘chasi buylab Sagbon kuchasi va Sag‘bon darvozasi orqali Sa-riog‘och yuliga chiqadilar. Ular bu yergacha «har bir mahallada va masjidlar oldida to‘xtab jamoa ahlidan duo va fotiha olib» keldilar.
Qo‘shinda Olimquldan tashqari Mirza Davlat qush-begi, qushfarmonchi Qipchoq, Yusufboy dodxoh, Utabiy qushbegi Qipchoq o‘g‘li va boshqa nufuzli kishilar bor edi. Vatan himoyachilari yo‘lga otlanganda nihoyatda qattiq sovuq tushib, ko‘p azob-uqubatlarni yuzaga keltir-di. Bu o‘ta og‘ir sharoitni quyidagi satrlardan ham anglash mumkin: «Shunday qilib, qish ham kirdi. Kun-dan-kunga havo sovub, qoru yemg‘ir yog‘ib, yer yaxlab, qor-ning balandligi otu tuya kukragiga tegadigan buldi. «Tuf», desangiz muzlaydigan havoda sohibqironning gayrati tushib, lashkar safidan 12 ming yosh yigitni tanlab, ularga Mulla Olimqulni sard op qildi va Turkistondagi kofirlarga qarshi jangga borishlarini buyurdi. Shu vaqt havoning sovuqligidan his va harakat ruhi badandan soqit bo‘lib, nafas tanadan xuddi po‘st tashlaydigan ilonga uxshab zo‘rg‘a chiqardi. Ayniqsa, Toshkentdan chiqib Qayraog‘och mavzeiga yetib kelgan kun tunda shunday shamol kutarildiki, Od qavmini yo‘q qiladigan tufonga o‘xshardi. (Musulmonlarning) bir necha nafarining oyoq-qo‘lini sovuq urdi, ba’zilarining yuzlari, kuzlari muzladi, ba’zi kishilar esa aqldan ozib, safdan chiqdilar. Bir g‘aroyib ahvol yuz berdi. Lashkar tez sur’atlar bilan harakat qilib Chulak mavzeiga keldi. Odamlar manzil qilgan shu joyda kofirlar ham kichik qo‘rg‘on bino etib, bir dasta sarbozlarni himoya uchun qoldirgan ekanlar. Shu qavmdan qariyb 50 kishini uddirib, xotirlarini toza va musaffo qilib Iqon qal’asi oldida qush urdilar».
Shu ravishda mujohidlar barcha ob-havo va yul azoblarini matonat bilan yengib, g‘alabani qo‘lga kiritdi-lar. Rus manbalarining ma’lumotiga kura, mag‘lubiyatga uchratilgan usha rus harbiy qismi Serov boshchiligida Iqon qishlog‘iga turt chaqirim qolgan joyda Olimqul qumondonligidagi vatan himoyachilari tomonidan qurshab olingan ekan. Og‘ir ahvolga tushib qolgan Serovga yerdam berish uchun Turkiston shahridan 170 ki­shi va ikki zambarakdan iborat rus qo‘shini yuborilgan. Ammo ular vatan himoyachilariga duch kelib orqaga qaytishga majbur bo‘lganlar.
Olimqul Serov askarlarini qurshab olgandan keyin taslim bo‘lish va musulmon dinini qabul qilsa, erkinlik berilishini ma’lum qilgan. Serov bu taklifni rad etgandan keyin Muhammad Solih Toshkan-diyning bzishicha, vatan himoyachilari «Toshkent akobirlarining maslahatiga ko‘ra, xashak, qamish va ti-kanli namatga o‘rab va dehqonlarning «qora bo‘yra» sini yasab orqasidan otliqlar hujumga o‘tdilar. Natija­da dushman askarlari yarog‘-aslahalarini va boshqa narsalarini tashlab hamda kup kishisini yo‘qotib Turkistonga qochishga ulgurdi».
Iqon jangiga tegishli ma’lumot Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiy asarida ham mavjud: «Namozi asr va shom vaqti orasida ketma-ket shunday xabar keldikim, bir necha yuz o‘rus kofirlari dabdaba bilan yaqinlashib kelmoqdalar. Bu xabarni eshitib sohibqironning g‘aflat uyqusi boshidan uchdi. Mardlik g‘ayrati uning hamma payu suyaklarida harakatga kelib, ahli lashkarini qurollantirib, kofirlar yo‘lini to‘sish uchun jo‘nadi. Sarbozlar dushman yo‘lini hamma tomonlama bosib oldilar. Qoru muz otlarning ko‘kragiga tegar, havo so­vukligi esa ifrot qaddiga yetardi. Shu kechani sarboz­lar ot ustida o‘tkazdilar, ularning kupchiligini sovuq urdi. Kofirlar esa uzlari kavlagan handaklarga ki-rib, yuz ming ranju azob ila kechani kunduz qildilar... Islom lashkarining g‘oziylari turt tomondagi kofirlarga qarata o‘q yemg‘irini yog‘dirdilar. Yosh pahla-von yigitlar otlariga minib, har tarafga chopib ketdilar, kofirlar esa vahimaga tushib, ularni o‘zlariga yo‘latmasdilar. Shunday qilib, kechgacha jang qilsalarda, hech bir natijaga erisha olmadilar. Kofirlar tog‘dek mustahkam edilar. Aqlli odamlar o‘z rasmu oyinlariga qarab, maslahat qilib, hiyla yo‘lini tutdilar. Ular bir kecha-kunduzdan keyin har xil narsalar — namat, daraxt shoxlari, qoru muzdan qorabuyra yasab, uni oldilariga qo‘yib yumalatib kofirlar mavzeiga yaqinlashdilar. Ularning orqasidan panalab kelgan navkarlar to‘satdan dushmanga hujum qilib, kofirlarni parishon holda nobud etdilar.
Battollardan o‘ttiz-qirq kishi ot va tuyalarni mi­nib, Turkiston sari qochishga tushdi. Mard sarbozlar bundan xabardor bulib, ularga yetib olib, aqlsiz ko­firlarni miltiq bilan otib uldirishdi. Ming xil hiyla va nayrang bilan shu qavmdan 3-4 nafari qutulib, Turkiston qal’asiga yetib bordilar».
Iqon jangida 114 kishilik rus askarlari va ofitserlaridan 57 nafari halok bo‘lib, 48 nafari jarohatlandi. Faqat 9 kishigina salomat qoldi, xolos. Vatan himoyachilari ko‘p yarog‘-aslahalarni, shu jumladan, to‘plarni qo‘lga tushirdilar. Ulardan ham ko‘p bahodirlar o‘ldirilgan, lekin aniq ma’lumotlar saqlanmagan.
Sulton Sa’idxon va Olimqul ruslarga sotilgan ay-rim iqonlik nufuzli kishilarni o‘limga mahkum etib, uning aholisini o‘zlari bilan Toshkentga ko‘chirtirib olib ketganlar. Shunday qilib, vatan himoyachilari navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritib, shodu xurramlik bilan Sulton Sa’idxon va Olimqul boshchiligida Tosh­kentga, so‘ngra Qo‘qonga qaytadilar. 1864 yili vatan himoyachilari Chimkent ostonasida, Toshkent va Iqonda dushman ustidan g‘alabaga erishgan bo‘lsalar xam, lekin AvliVota, Turkiston va Chimkentning qo‘ldan boy berilishi katta yo‘qotish hisoblandi. Rus harbiy sarkardalari, xususan general Chyernyayev Toshkent shahrini egallashni asosiy maqsad qilib quydi. Buni yaxshi anglagan Sulton Sa’idxon va Olimqul Qo‘qonda harbiy tayyorgarlik ishlarini qizitib yuboradilar. Avaz Muhammad Attor Xo‘qandiy guvohlik berishicha, «qariyb olti oy poytaxtda turib, viloyatning har chekkasidan nodir hunarmand ustalarni chaqirib, kechasiyu kunduz nayzayu tig‘ va boshqa urush aslahalari yasaldi. Tez orada 70-80 to‘pi jangiy muhaye qilindi, bir necha ming sakkiz-un qarich keladigan sultoniy miltiq ham yasaldi. Qurol-yarog‘larning adadi axdi hisobga ham ma’­lum bo‘lmadi».
Uz navbatida rus hukumati bosib olingan joylarda o‘z harbiy kuchlari mavqeini mustahkamlashga qaratilgan choralarni amalga oshirib bordi. 1865 yilning fevral oyida Sirdaryo va Yangi Qo‘qon chiziqlari bir-lashtirilib, Turkiston viloyati tashkil etildi. Oren­burg general-gubernatorligiga buysundirilgan mazkur viloyatga general Chyernyayev harbiy gubernator qilib tayinlandi. Shu ravishda bosib olingan joylarga Ros­siya imperiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan buldi. Orenburg, Sibir va Kaspiy tomondan qo‘shimcha harbiy batalonlar va yarog‘-aslahalar keltirildi. Shuningdek, artilleriya yanada kuchaytirilib, takomillashtirildi. Batalonlarni 11 taga, kazaklar soni 1700 ga stkazilib, maxsus artilleriya brigadalari va saper rotalari tashkil qilindi.


Yüklə 132,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə