Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish general chyernyayevning toshkentga bosqini



Yüklə 132,76 Kb.
səhifə3/3
tarix12.05.2023
ölçüsü132,76 Kb.
#109843
1   2   3
GENERAL ChYERNYaYEVNING TOShKENTGA BOSQINI

TOShKENTNING URUShIB OLINIShI
Rus davlati xalqaro munosabatlarni, xususan Ang­liya bilan aloqani keskinlashtirmaslik uchun o‘zbek xonliklarini bosib olishga ehtiyetlik bilan qarardi. Ikkinchi tomondan, endilikda Rus davlatining chegarasi harbiy va moddiy manbalar hisoblangan Oren­burg va G‘arbiy Sibirdan 2000 km va undan ortiq masofaga uzoqlashib ketgandi. Yangi harbiy yurishlarni birdaniga ta’minlashning iloji qolmagandi. Shuning uchun rus hukumati vakillari harbiy yurishlar uyushtirishda shoshqalokdik va dangalchilikka yo‘l qo‘ymaslikka qo‘shin sardorlarining diqqatini qaratdi. Ammo shuhratparast va o‘zboshimcha general Chyernyayev zudlik bilan Toshkentni bosib olish zarurligi haqida bosh­liqlarga xat yezdi. Bunga javobni kutmasdan ham Toshkentga qarshi harbiy yurishni boshlab yubordi.
1865 yilning 28 aprelida general Chyernyayev 9 rota askar va 12 to‘p bilan Toshkentga 25 chaqirim masofadagi Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘iga joylashgan Niyezbek qal’asiga yaqinlashdi. Bu istehkom to‘rt to­mondan 3 metr balandlikdagi qalin devor va suv to‘ldirilgan zovur bilan o‘ralgan edi. Devorning turt burchagida minorasi bulgan. Chyernyayev xoin Abdurahmonbek boshchiligida elchi yuborib, qal’a boshligidan taslim bo‘lishni talab etdi. Rad javobi olingandan keyin 29 aprelda ertalab general Kachalov boshchiligidagi soldatlar kal’ani to‘plardan uqqa tutdi. Ammo vatan hi-moyachilari bush kelmadi. Usha kuni soat 3 da Toshkent tomonidan 3 ming kshpilik vatan himoyachilari 2 zambarak bilan kelib general Chyernyayev askarlari bilan tuqnashdi. Dushman esa, ularning hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan keyin Niyezbek qal’asiga hujum davom ettirilib, bosib olindi. 370 sarboz asir olindi, 6 to‘p va 315 qurol o‘lja sifatida dushman qo‘liga o‘tdi. Bu yerda Chyernyayev xoin, asli shahrisabzlik Abdurahmonbek Shodmon o‘g‘lining maslahati bilan Bo‘z-suv to‘g‘onini bo‘zib, uni Chirchiq suviga burib, Tosh­kent shahrini suvdan mahrum qiddi. Abdurahmonbek Toshkent shahrining Chuvalachi (Qumloq yenida) mahal-lasida yashab Chyernyayevga muhim ma’lumotlarni yetkazib turgan. Sulton Sa’idxon va Olimqul Iqon jangidan keyin Toshkentga qaytgan vaqtda Abdurahmonbek tomo­nidan yezilgan xatni Chimkentga olib ketayetgan kishi ushlangan. Xatning mazmunidan uning «Ruslar bilan tili birligi» ma’lum buladi.
Abdurahmonbek nufuzli xonadonga mansub bo‘lib, mansabdan chetlatilgan bo‘lsa kerak. U alamzada ushlan­gan odami bilan Tyoshikqopqa darvozasidan qochib Chim­kentga borgan va general Chyernyayev xizmatiga kirgan. Bundan xabar topgan Olimqul Abdurahmonbek «mol-mulkini, asbob-anjomlarini musodara qilib va sot-tirib g‘oziylarga berish hamda bu ishni bajarishni Muhammadbiy Bekmuhammad o‘g‘lining zimmasiga yuklash» haqida farmon berdi. Hatto uning uy-joyi yendirilib, ostin-ustin qilib tashlangan.
Dushmanga sotilgan xoinlar orasida shaharning eng katta boylaridan biri Muhammad Soatboy degan kishi ham bor edi. Bu kishi Petropavlovsk, Troitsk va Rossiyaning boshqa shaharlari bilan savdo olib borib, Moskva va Nijniy-Novgorod savdo doiralari bilan aloqa urnatgan edi. U rus tilini yaxshi bilgan. Mu-hammad Soatboy shahardagi bir guruh xoinlarning sardori sifatida general Chyernyayevga muhim ma’lumotlarni yetkazib turgan. Shuningdek, Sinjiqlik degan joy­da tugilgan Mulla Sa’id ismli kishi ham ruslar tarafiga o‘tgan. Bu borada yuqorida qayd etilgan Sa’ida­zimboy Muhammad ugli ham dushman foydasiga ish yuritadi. Rus manbalarining kursatishicha, u xalq orasida o‘zining boyligi bilan ajralib turgan. Xonlik davrida mahkamada maslahatchi bo‘lib, keyin igvo va makr nuli bilan hokimiyatni qulga olish va obru orttirishga intilganligi uchun mahkamadan chetlatilgan. Shunga uxshash vatan xoinlarining barchasi shaxsiy manfaatlari yulida hech narsadan toymaydigan va xiyla-nayrangning piri bulgan kishilar edi, xolos. Muarrix so‘zi bilan aytganda, ular «o‘z dini va vatanidan» yuz o‘girgan pastkash odamlar hisoblanganlar.
Toshkent shahri osmonida dahshatli xavf-xatar hukm surayetgan paytda bir guruh yuqori tabaqa vakillari Buxoro xonligiga tayanishga harakat qilganlar. Ular­ning tashabbusi bilan Buxoroga brdam so‘rab elchi yuboriladi. Ahmad Donishning bergan ma’lumotlariga ku­ra, bu muhim masala Buxoroda muhokama qilinayotganda, ayrim kishilar Toshkentga brdam berishni taklif etgan bo‘lsalarda, lekin, birinchi navbatda, Sulton Sa’idxonning Buxoroga kelishi va bu bilan buysun-ganligini izhor etishi lozimligi ukdirib utilgan. Buning ustiga Buxoro amiri Muzaffar «Men bir rus lashkarboshisi bilan jang qilishni or-nomus deb bi-laman, xoxlasam, to‘ppa-to‘g‘ri Maskov yeki Peterburgga borib, Rus davlati bilan urushaman», deb katta ketgan. Bu ham kamdek amir Muzaffar Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy yurishga tayyorgarlik kuradi.
Toshkentliklar Qo‘qon xonligi tarafini olib Va­tan himoyasi uchun tayyor turdilar. Shuning uchun xam ular Oqmasjid mahallasida istiqomat qiluvchi Eshon Boboxo‘ja Amin degan kishini dushman tajovo‘zi haqida axborot berish uchun Qo‘qonga yuboradilar. Bu yerga Sa’idazimboy — Toshkentning zabt etilishida dushmanga yerdam bergan nufuzli shaxslardan biri darhol xonlikning barcha joylaridan sarbozlar va g‘oziylar to‘planishib, Sulton Sa’idxon va Olimqul boshchiligida Toshksntga yo‘l olganlar. Ular Xo‘jand orqali To‘ytepaga yetib keladilar. Bu yerda bir kecha dam olgandan keyin Chirchiq daresidan o‘tganlar. Buni eshitgan «Toshkent amaldorlari, sardorlari, ulamolar, fozillar, shayxlar, g‘ariblar, gadolar, erkak va xotinlar aralash shodliklaridan ularning istiqbollariga chiqib g‘oziylar, mujohidlarning yuzlaridagi changu g‘uborlarni yuvdilar». Shundan keyin ular Mingo‘rikka keladilar. Bu yerda shahar ahlining qatnashuvida Sul­ton Sa’idxon, Olimqul va sarbozlar sharafiga ziyefat berildi. Shu yerda Olimqul nutq so‘zlab, Toshkent ahlining dushmanga qarshi kursatgan jasorati va qahra-monliklariga minnatdorchiligini bildirib, bu bilan faxrlanishini uqdirib utadi. Shuningdek, u «bir tomchi qoni qolguncha» kurashajagini hamda Buxoro amirining umumdushmanga qarshi harakatga katta ziyen keltirayotganligini gapirgan. Agar, degan u, amir Muzaffarning bunchalik dushmanligini avvalroq bilganimda birinchi navbatda «uni Amir Temurning baland maqomidan va davlatidan mahrum qilib», so‘ngra ruslarga qarshi urushgan bo‘lardim. U islom dinini mustahkamlash, mamlakat kuch-quvvati va taraqqiyetini ta’minlash hamda avlodlarga «fil misoli yedgorlik» qoldirish va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni ri-vojlantirish lozimligi haqida ham gapirgan.
Olimqul kimniki oti, tuyasi yeki eshagi bo‘lsa, harbiy aslahalar, oziq-ovqat va chodirlarni Chirchiq daryosidan o‘tkazishga darhol yordam berishlarini shahar kattalaridan va ahlidan iltimos qiladi. Bu surov bajonidil qabul qilinib, amalga oshirilgan. Toshkentga kelgan sarbozlar va g‘oziylar orasida Qo‘qonliklar, andijonliklar, namanganliklar, margilonliklar, o‘ra-tepaliklar va xonlikning boshqa joylarining axli bor edi.
Muhammad Solih Toshkandiy guvohligiga kura, sar­bozlar va goziylar erta tongda urinlaridan turishib, musiqa va mungli maqomlarni tinglashib, qiblaga qarab joynamozda o‘tirdilar. Bu paytda «har bir chodirdan bomdod azonining ovozi eshitilib turdi, sufilar ovozining aks-sadosi butun osmonu falakka taraldi. Bomdod namozi ado etilgandan keyin odamlar ruhlanib va dadillashib kamarlar bilan bellarini boglab, qilichlar taqishib, nayza va tufanglarni olishib, temir qalqonlarni kiyishib, pgo‘x, uynoqi va kelishgan otlarni minishib jangga shaylandilar». So‘ngra ularga fuqarolar, mullavachchalar (Madrasa talabalari) va boshqa goziylar qushilishib, Afrosiyeb tepaligiga bo-rishib, Sulton Sa’idxonga salom va ko‘rinish berdi-lar. Bunda muallifimiz Muhammad Solih Toshkandiy ham jangchi sifatida hozir bulgan edi. Yuqorida qayd etilgan qozoq xalqining qahramoni Sodiq Kenesari o‘g‘li Olimqulning ung quli sifatida lashkarboshilik qilgan. U bir guruh sarbozlari bilan dushman turgan joyga vaziyatni bilish uchun (razvedkaga) yuboriladi.
«Sodiq to‘ra, — deyiladi Muhammad Toshkandiy asarida, — navkarlari bilan chopib kelib xabar berdiki, ikki firqa rus askarlari ikki tomondan — Sho‘rtepadan chiqib Oltintepaga va bu yerdan Nazar qo‘rboshi qurg‘onchasiga kelishdi va bir-birlari bilan qo‘shilishdi. So‘ngra, ular yo‘lni davom ettirdilar. Ularning bir qismi otliq, qolgani esa piyoda askarlar hisoblanib, ikki to‘plari bordir. Ular kup utmay Salor arig‘iga yetib keladilar».
Darhaqiqat, dushman Salor atrofiga o‘rnashadi. Olimqul ularga qarshi birinchi navbatda qora kiyimli sarbozlarni, keyin nimcha kiyimlilarni va orqasidan temir sovut kiygan 2000 navkarni, 2000 kulohpush (shlem) kiyganlarni, so‘ngra miltiq bilan qurollangan otliqlarni hamda har bir ming kishi ora­sida ikki zambarakni jangga otlantiradi. Ularning ketidan yana otliqlardan va g‘azot talabgorlardan ibo-rat kuchlar bordi. Olimqul sarbozlar va goziylar or-qasidan «chopqir otga minib tezlik bilan Afrosiyeb tepasidan tushib shaharning Qo‘qon darvozasiga borib to‘pchilar, otashxona va zambaraklarni shunday tarti-bi bilan o‘rnashtirdiki, har bir safni boshidan oxi-rigacha Karaganda xudsi bir odam turgandek kurinar-di. Saflar orasida 36 zambarak qon ichuvchi o‘qlari bilan og‘izlarini ochgan holda farmonni kutib turar-dilar. U bu yerdan Tarxonsa’id arig‘i bo‘yida turgan mujohidlarni ham kuzdan kechirayetganda, uruslar Sa­lor arig‘idan utib to‘p otdilar va soldatlar olga yura boshladilar». Bu voqeada bevosita qatnashgan Muham-mad Solih Toshkandiyning yozishicha, urus askarlariga qarshi to‘p va miltiqlardan uqlar otilgan. Shundan keyin jang maydoni to‘p va miltiqlar tutunidan, chang-tuzondan kishi bir-birini kura olmaydigan darajaga yetdi. Shunga qaramay vatan himoyachilari shiddat bilan hujumga o‘tib, rus askarlarini cheki-nishga majbur qilganlar. Shu onda Olimqul har bir shaxs oldiga borib, xususan bahodirlarga, sardorlarga va sarbozlarga shirin so‘zlar bilan murojaat etib, din va Vatan uchun jangga ruhlantirib turgan. Otliqlar uch tarafdan hujum qilib, dushman orqasidan quvlab Olchoq va Oltintepa mavzelari orqali Shurtepagacha quvlab borganlar. Dushman bu yerdagi tepalikka chiqib jon saqlab qolgan. Shundan keyin vatan hi-moyachilari turgan joylarida zovurlar qazib o‘rnashib oladilar. Vatan himoyachilarining bir qismi shaharga qaytib dam olishga va yangi janglarga tayyorgarlik kurish taraddudiga kirishadi. Shuni alohida ta’kidlab utish lozimki, qo‘lga kiritilgan katta g‘alaba karnay-surnay sadolari va ashula-kuylar sadosi ostida zur shodu xurramlik va tantana bilan qarshi olin-di. Shunisi diqqatga sazovorki, bu g‘alabani qulga kiritishda shahardagi aholining katta-kichik barcha toifalari va ayellar faol qatnashdilar. Bu xususda voqealar qatnashchisi Muhammad Solih Toshkandiy shunday yezadi: «Shahar ahlining 7 yoshidan 70 yoshga-cha erkak-xotin, yosh-qarisi xizmat kamarini bellari-ga bog‘lab, pishgan taomlarni boshlariga kutarib qa-tiq, sut, sharbat, issiq nonlar va shirin mevalarni savatlarga solib, goziylar va mujohidlar turgan joy-larga olib borib, iltijo, tavallo va dildorlik qi-lib, ko‘zlaridan hasrat yoshlarini oqizib, kuz yoshlari bilan g‘oziylar va mujohidlar yuzlaridagi changu g‘uborlarni yuvib, artib kuzgudek tozalab, (keltirgan narsalarini) yeb bitirishlarini iltijo qildilar».1 Kishi qalbini hayajonga soluvchi mazkur satrlar shundan guvohlik beradiki, toshkentliklar Vatani va dini uchun jonini ham, molini ham fido etib china-kam erksevarliklarini, kindik qoni to‘kilgan yerga sodiqliklarini yaqqol namoyish qildilar. G‘alaba tom ma’nodagi xalq shodiyonasiga aylanib, dovrug‘i xonlik-ning barcha joylariga tarqaldi. Endiliqsa Sulton Sa’idxon va Mulla Olimqul navbatdagi jangni qaysi tarzda o‘tkazish xususida maslahatlashib olish uchun kengash chaqirdilar. Bunda toshkentliklar bir tarafga va Qo‘qonliklar ikkinchi tomonga alohida utqazilib, fikr almashildi2.
Toshkent vakillari katta jasorat va g‘ayrat bilan g‘alabaga erishilganligini eslatishib, Sodiq To‘ra va uning ukasi Arslon Kenesari ugillari boshchiligida navkarlarni va goziylarni Turkiston, Oqmasjid, Tuq­moq, Olmaota va, umuman G‘uljagacha bulgan xonlikka tegishli yerlarni qayta egallashga chaqirdilar. Boshqa-charoq aytganda, ular hujumkorlik va shiddat bilan bosqinchilar ustiga bostirib borish zarurligini ta’kidladilar. Ammo Qo‘qonlik amaldor Otabek sharbatdor degan kishi Mulla Olimqulga pichirlab: «Agar ularning bu rejalari ruyobga chiqib qolsa, u vaqtda birisi xon, birisi vazirlikni xohlab bizdan yuz ugirishi turgan gap» degan. Mulla Olimqulga bu ran ma’qul tushib, avvalo mamlakatdagi ichki ishlarni hal etib, so‘ngra jahongirlik qilish urinlidir, deb javob ber-gan. Aslida dushman mag‘lubiyatga uchrab turgan kezlarda shiddatli hujum vositasida uni tamomila tor-mor etish harbiy nuqtai nazardan eng tugri yul edi. Ammo Mul­la Olimqul bundan oldingi galabalarda ham dushman-ni oxirigacha mag‘lubiyatga uchratish siyosatini qulla-may dastlabki galaba bilan qanoatlanib qolgani rus harbiy sardorlariga juda qul kelgandi. Ular har gal bundan foydalanib, nafas rostlab va tayyorgarlik ko‘rib hal qiluvchi janglarda baland kela boshladilar. Toshkentda ham xuddi shunday hol yuz berdi.
Rus manbalariga kura, yuqorida sharhlangan jang 9 may ertalab soat 7 da boshlanib, vatan himoyachilari 12 zambarakdan uq o‘zib, hujum qilganlar. Shun­dan keyin guye vatan himoyachilari chekingan emish. Le­kin, deyiladi rus manbasida, dushmanning (ya’ni va­tan himoyachilarining — H. 3.) uq yemg‘irlari ostida rus askarlari tepalikka chiqib olgan edilar. Bu ma’lumot muarrixning ruslar Niyozbek qal’asidagi te­palikka chekindilar, degan suzlarini tasdiqlaydi. Ammo rus manbalarida Chyernyayevning maglubiyatini sir tugish maqsadida vatan himoyachilarining g‘alabasi tilga olinmaydi
G‘alabadan keyingi voqealarni muarrix kuyidagicha ta’riflaydi. U madrasadagi uz safdoshlari bilan qurollangan holda Qo‘qon darvozasidan chiqib, Salor arig‘i orqali Nazar qo‘rboshi qurg‘onchasiga kelgan. Bu yerdan ular jang maydoniga otlanishib, Olchoq va Dug> moncha degan joyga borib, mudofaada turgan vatan himoyachilariga qushilganlar. Bu yerlarning uch joyida 12 tadan, ya’ni 36 to‘p urnatilgan bo‘lib, ularning orasida sarbozlar va goziylar urnashtirilgan edi. Ayni vaqtda Shurtepa qal’asining narigi tomonida uch bulinmadan iborat rus askarlari turgan. Har ikki tomon urtasida to‘plardan uq yomg‘irdek yog‘ilib, ham­ma yeqni chant-to‘zon qoplagan. Bu daxshatli jangai uz ko‘zi bilan kurgan Muhammad Toshkandiy shunday yozgandi: «To‘plar va miltiqlar ogzidan dumaloq o‘t-olov-lar chiqib, havoga parvoz etib, dushman ustiga yog‘ar edi. Jasur va fidoyi sarbozlar hamda mujohidlar urush maydonida dushmanni yeqasidan ushlab va musht-lashib, qullaridagi tig‘, qilich va nayzalar bilan jang qildilar. Maydonda o‘layetganlar va jarohatlan-anlarning oh-vohlari va faryodlari sadolari har to­mondan eshitilib turardi». Shu paytda Mulla Olimqul hujumni yanada jadallashtirish haqida farmon berib, Abdullabek bilan ot choptirib jangga kirib ketdilar. Abdullabek bir ko‘zidan jarohatlanadi, le­kin u bush kelmay qarshisidagi rus soldatini qili-chi bilan ikki bulak qilib tashlaydi. Mulla Olim-qulning o‘zi ham bir soldatni chopib tashlaydi. Jang avjiga minib turgan paytda bir uq Mulla Olimqulning qornini tyoshib, kindigidan chiqib ketadi. Shu onda Mulla Olimqul «ot ustidan yiqilayetganda uni buynidan mahkam ushlab, o‘zini yana ot ustiga oldi va shu holda to‘pxona oldiga borib farmon berdikim: «Toshkent fuqarolari asta-sekin orqaga qaytib o‘zlarini shahar ichiga olsinlar, boshqa sarbozlar va mujohidlar esa urushni davom ettirsinlar».
Mulla Olimqulning qattiq jarohatlangani va toshkentliklarning shahar ichiga qaytishi haqidagi ko‘r-satma vatan himoyachilarini sarosima va vahimaga solib qo‘ydi. Shunga qaramay vatan himoyachilari jangni davom etgirdilar.
Yuqorida sharhlangan jangning tafsiloti va ayrim sardorlarning xoinligi Mulla Olim Mahmudhoji asarida ham o‘z ifodasini topgan. Unga kura, qipchoq va qirg‘izlarning ba’zi boshliqlari nihoyatda xavf-xatarli va taqdirni hal etuvchi damlarda ochiqdan-ochiq jang qilishdan bosh tortgan. Bu masala xususida usha muallif shunday yozgan: «Toshkentdan taxminan o‘n ik­ki chaqirimlik Olchoq mavzeiga yaqinlashganda Mulla Oyaimqul ko‘ribdurlarkim, Rusiya qo‘shini bir joyga jam bo‘lib turubdur. Olarning muqobiliga Mulla Olim-qul otliq merganlarni piyoda qilib, to‘pchi sarbozlar-ni yeniga qo‘yib, to‘plarni ro‘baro‘ aylab, ikki taraf otishma boshlabdir. Har ikki tarafning to‘p-to‘fong otishidan va changu g‘uboridin urush ma’rakasi qorong‘u bulib, bir-birlarini ko‘rmaydurg‘on darajaga yetub, bu urushda Mulla Olimqul o‘zi qo‘shinga bosh bulib, goh bul taraf, goh ul tarafdagi askarlarning tepasiga bo­rib kungil surab turgan. Aksar qipchoq-qirg‘iziya sar-kardalari qo‘shinlar bilan urushga aralashmay Mulla Olimqulga ko‘rinish aylab tepa ustidin urushni nazorat qilib turubdurlar. Mulla Olimqul Yunusjon shig‘ovulni yuborib aytibdurlarkim: «Bu qanday ahvol... xusumat va adovatni vaqti emas, urush tamom bo‘lgandan keyin har nima kungillaringizda bo‘lsa, muddoan tab’ joyiga yetkazurman. Hammamiz ittifoqlashib obru olayluk, bo‘lmasa mulku mamlakat, davlat qo‘ldan ketadur». Bu suzlarni Yunusjon shig‘ovul yetkurgon holda olar­ning ichidan Po‘lod qirg‘iz degan dag‘al odam qattiq va durust javob berib, Yunusjonni qaytardi. Shul urush asnosida Mulla Olimqul savora har qaysi qo‘shin dastasida goh to‘pchilar, goh pibda mergan va otlug‘ askar-lar oldiga borib, har qaysilariga o‘zi amr berib tur­gan holda biqinidan uq tegib otdin yiqildi. Darhol uni ot uzasiga olib, qo‘shinning nazariga sog‘ odamdek kursatib qo‘shinga darhol to‘p va to‘pxonalar ilan askar Toshkent rafiga qaytsin deb amr berildi».
Shu ravishda vatan himoyachilari sardorsiz qolib o‘z holiga tashlandi va parokandalik kuchayib bordi. Shunga qaramay ular o‘z kuch va irodalariga tayangan holda urush maydonini tashlab ketmadilar. Ular 36 zambarakdan dushmanga qarshi uq otib turdilar. So‘ngra karnay sadolari ostida vatan himoyachilari birdaniga hujumga o‘tib, dushmanlar bilan yuzma-yuz jang qildilar. Shu tarzda ular asta-sekin Salor arig‘iga chekindilar. Bu vaqtda Mulla Olimqul nihoyatda og‘ir ahvoliga qaramay jangchilar bilan birga buldi.
Ammo ba’zi xoin guruhlarning xatti-harakatlari dushmanga qarshi kurashga ancha zarar yetkazdi. Birin-chilar qatori Hakimxuja Kalon boshchiligidagi sebzorliklar dushman hujumiga bardosh berolmay qochdi-lar. Qipchoq, qirg‘iz va andijonliklar ham qulga tush­gan narsalarni olib Farg‘ona tomonga yul oldilar. Muarrixning guvohlik berishicha, bunday sotqin guruhlar hatto Qo‘qon darvozasi ro‘parasida turgan 12 to‘pni shahar ichiga olib kirish haqida to‘pchilarning iltimosiga quloq solmay ketaverganlar. U o‘zining hamrohlari bilan ikki to‘pni shahar ichiga joylashtirishga yerdam bergan. Xuddi shu vaqtda bel iga oltin kamar bog‘lagan, kumush qinda qilichi va oltin sopli oyboltasi bor sardorlardan biri ham qochib ketayetganda Mu-hammad Toshkandiy uni xoinlikda ayblab temir tayoq bilan yelkasiga urib yiqitgan. «Biroz muddatdan key­in, — deb yozgandi muarrix, — Abdullabek tabib Mul­la Olimqulni o‘ziga suyantirib kelayetir, ularni yenida esa hindistonlik to‘pchiboshi dastro‘molchasi bilan ko‘z yoshlarini artib turgan edi. Shunda Mulla Olimkul-ning o‘g‘li kelib dadasini ko‘rgani hamon «Voy, otam», deb yig‘lab yubordi. Jamidor (o‘sha hind) to‘pchiboshi darhol unga «tovush chiqarma», deb ishorat qildi. Ugli-ni ko‘rib Mulla Olimqul oldiga kelishini ishorat qildi. Ugli darrov kelib qulog‘ini otasini ogziga tutdi. Mulla Olimqul nimalarnidir pichirladi hamda qo‘yniga qo‘lini tiqib payg‘ambarning muborak sochla-rini o‘g‘liga berdi. Shu bilan o‘g‘li bilan xayrlashdi va ketishiga ruxsat berdi. Shundan keyin Mulla Olim-qulni asta-sekin Qo‘qon darvozasidan ichkariga olib kirishib chap tomoniga shayx Shibliy ko‘prigiga yurishib va undan o‘tib o‘ng qo‘ldagi soya-salqin daraxtzorga yetqizishdi».
Shu paytda ruslarning to‘pdan otgan uqlarining bi­ri qal’ani shikastlantirdi, ikkinchisi ba’zi to‘pchi-larni o‘ldirdi va ba’zilarini jarohatlantirdi. Natijada to‘p otuvchi kishi qolmaganidan Muhammad Tosh­kandiy hamrohlari bilan o‘qni to‘pga joylayetganida bir yosh yigit kelib, ismi Toshmuhammad ekanligini va Oqqo‘rgondanligini bildirib to‘pni otishga kirish-gan. Bu yigitning otgan o‘qlari xato ketmasdan mo‘ljalga tegishi orqasida rus zambaraklarining ovozi o‘chgan. Bundan xursand bo‘lgan Muhammad Toshkandiy debdi: «Ey, jon o‘g‘lim, seni xizmatingni sharofatidan musulmonlar katta foyda ko‘rdilar, qal’a kungi-rasidan qaraylikchi, uqlar bekorga ketmaganmikan. Tezdan qarasak, ruslar NiSzbekni katta yo‘li bo‘ylab to‘p-larini pastlik yerga qo‘yib, so‘ngra asta-sekin Sho‘rte­pa tomonga yurdilar. Bularni ko‘rib men: «Oxirating obod bo‘lsin, zotu zurriyetingga rahmat», — deb Toshmu-hammadni duo qiddim».
Vatan himoyachilari dushmanga qarshi to‘plardan o‘q o‘zishni to‘xtatmay, pirovardida hammasi shahar ichi­ga qaytishib darvozalarni mahkamlashdi. Shaharda o‘zboshimchalik va parokandalik hukm ourishi orqasida vaziyat yanada og‘irlashgan. Hamon Qo‘qon navkarlaridan bir guruh kishilarning Xo‘jand va Qo‘qon tomonga ketayetganligini ko‘rish mumkin edi. Shu paytda Asa-dulla tabib va Abdulla libosdor shayx Shibliy ko‘p-rigi tomonidan yarador Mulla Olimqulni zambilda hukumat saroyiga olib keldilar. U zambilda yetgan holda «Toshkent fuqarolari xafa bo‘lmasdan uy-joylariga qaytsinlar», degan so‘zlarni takrorlay bergan. Aftidan, ularni shahar mudofaasi bilan mashg‘ul bo‘lishga chaqirgan. Muhammad Solih Toshkandiy ham-rohi Eshonxonhoji bilan shovqin-suronni eshitib qurol bilan masjiddan ko‘chaga chiqishsa, Chust hokimi Muhammad Ayub otlig yarog‘-aslahalar va bayroqlar hamda ming kishilik otliq askarlar bilan ketayetgan ekan. Ularga «Qabqqa ketayetirsizlar?», deb savol be-rilganda, «O‘ruslar Ko‘kcha darvozasi tomon kelmoqchi, amiri lashkar Mulla Olimqul o‘sha yeqqa borishni buyurdilar», deb javob berganlar. Shu paytda bir ki­shi amiri lashkar o‘ldilar, ular qochib ketabtir, deb muarrixga gapirgan. Shunda Muhammad Solih Toshkan­diy Chust hokimiga «Hukumat bergan to‘zini» inobatga olib, dushmanga qarshi urushni davom ettirish lozimligini aytganda, hokim: «Bu mullavachcha nimalar-ni gapirayapti», — deb qilichi bilan uning boshiga urmoqchi bo‘lgan. Muxammad Toshkandiy esa chaqqonlik qilib miltig‘ining qo‘ndog‘i bilan hokim otining tumshug‘iga va orqa tomoniga urganda gandiraklab, or-qaga ketayetgan otlarga urilgan. Ular vahimaga tushib qochib qolganlar.
Muarrix yana bir voqeaning guvohi bo‘lgan. U ko‘chada ketayetganda choponi ichida qilichi bor ikki kishining yuk ortilgan ikki otni yetaklab ketayetganliklarini ko‘rib, so‘raganda «Bizlar savdogarlarmiz, hukumat saroyiga borayetirmiz», — deb javob bsrishgan. Ammo Muhammad Solih Toshkandiyning shogirdlari-dan biri otliqlar Qo‘qondan qori Shamsiddin tomo­nidan Mulla Olimqulga urush xarajatlari uchun yuborilgan mablag‘larni olib ketabtgan Hakimxuja va Yoqubboyvachcha ismli kishilar ekanligini ma’lum qiladi. Bu davlat xazinasiga tegishli mablag‘ligini anglagan Muhammad Solih Toshkandiy xazinani Musa Muhammadbiy degan kishining uyiga quydirgan va ugirlanishdan saklagan. Shundan keyin Muhammad So-lih Toshkandiy bu haqda ma’lumot berish uchun Sul-ton Sa’idxon huzuriga ketadi. U hamrohi Eshonxuja bilan shayx Shibliy arig‘i kuprigidan o‘tganda «pod-shohlik anjomlarini va har xil narsalarni» tepasida turgan To‘raqul degan kishiga duch kelgan. U ki­shi bu xazinaga tegishli nafis va qimmatli buyumlarni shahar ichiga olishda brdam berishni muarrix-dan iltimos qilgan. Bu surov sarbozlar yerdami bi­lan amalga oshirilgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, xa-zina mollari qayergadir olib ketishga tayyorlab quyilgan ekan. Muhammad Solih Toshkandiy Sulton Sa’id­xon darvozaning shimolidagi Davlatboy degan kishi­ning urikzorida turganini aniqlab oladi. Muhammad Solih Toshkandiy Sulton Sa’idxonning: «Qayerdan kelayotirsizlar?», — degan savoliga shunday javob be-radi: «Mujohidlar va goziylar jamoasiga Qo‘qon darvozasini berkitdirib, parishonhol va har tomonga qochabtgan kishilarni o‘z joylariga qaytarib va yaxshi so‘zlar bilan ko‘ngillarini ko‘tarib, yuraklaridagi har turli vahima va xavfni chiqarib, podshohlikka tegishli turli mollarni va mablaglarni talon-taroj etishdan xoli etib, ma’lumot berish uchun huzu-ringizga keldik». Shuningdek, u so‘zining oxirida Toshkent shahrining «qurshovdagi qulobqsiz (sardorsiz) va tashnalikda (suvsizlikda) qolgan xalqini ozod etishning oxiri baxayr bo‘lishligi»ni ta’minlab, «yaxshi nom qoldirish va buni avlodlar qalbida abadul-abad saqlanishini» ta’kidlab utadi.
Muhammad Solih Toshkandiyning bu otashin vatanparvarlik so‘zlari Sulton Sa’idxon va yuqorida aytil-gan xazinani Qo‘qonga olib qochishga harakat qilayotgan Mufsid Otabek sharbatdorning g‘azabini qo‘zg‘atib yubordi. U o‘zini tuta olmay navkarlarga Muhammad Solih Toshkandiyni otib tashlashni buyurdi. «Bizlar ham, — deb yezadi muarrix, — ko‘chani o‘rtasiga tushib ulardan oldin miltiklarimiz bilan ularni pyoshona-sini nishonga oldik. Bu holni ko‘rib turgan viloyat kattalaridan biri bo‘lmish Eshon Mansurxo‘ja: «Ota­bek, hozir shunday vaqtki, fitna-fasodni va xalqni parishonligini daf etib va orqaga qaytib mamlakat-dorlik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lish darkordir. Ayni bir vaqtda podshohlik asbobu anjomlarini bir yerga to‘plash lozimdir», — deb gapirgan.
Shundan keyin yo‘lga chiqishga otlanib turgan Sul­ton Sa’idxon «darhol otining jilovini orqaga burib va qaytib» Muhammad Solih Toshkandiy va boshqa kishilarning oldiga kelib o‘zining ketmasligini anglatdi. Shunday qilib ko‘rdikki, Muhammad Solih Tosh­kandiy otashin vatanparvar, jasoratli va mard jangchi sifatida o‘z ona yurti himoyasi uchun hech narsadan qaytmagan. Uning Sulton Sa’idxonni qora kuchlar panjasidan ajratib olishi va xazina mollarini saqlab qolishi dushman qamalidagi shahar ahli uchun har jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Sulton Sa’idxondan yuz o‘girib qochib ketgan qipchoqlar, qirg‘izlar, ayrim Qo‘qon sardorlari va navkarlari Qo‘qonga borishib taxtga yangi xonni tayinlash harakatiga tushib ketdilar. Bu vaqtda Toshkent shahri amalda Qo‘qon xonligidan ajralgan holda yashamoqda edi. Ammo Toshkent ahli Sulton Sa’idxonning, yuqorida ko‘rsatilganidek, Mulla Olimqul amiri lashkar bilan dushmanga qarshi kurashlarda bevosita qatnashganligini qadrlab va uz sodiqligini izhor qilib, uni qayta xonlik taxtiga o‘tqazdilar. «Mamlakat a’bnlari, ashraflar va muta-saddilar, xususan Sodiq Tura va ukasi Arslon Tura, Mulla Solih dodxoh, Bobojon ponsodboshi, Mulla Sodiq va Otaquli Mahram yasovul va boshqa sardorlar hozir bo‘lishib, ta’zim ila salom berishib, pyoshonalarini mazallati to‘progiga surtib, amal darajalari ma-qomiga yarasha o‘tirishib yakdillik bilan Sulton Sa’id­xonni to‘rt burchakli oq kiygizni ustiga o‘tqazib, yuzi-ni qibla tomonga qaratib qo‘ydilar. To‘rt jamoa va qabila boshliqlari kiygizni bir burchagidan, ulamo va fozillar ikkinchi burchagidan, Sodiq To‘ra va Arslon Tura va boshqa elat boshliqlari uchinchi burchagi­dan, Qo‘qon sardorlari to‘rtinchi burchagidan, Toshkent a’bnlari, ashraflari va sarkardalari, jumladan Shyer Alibiy, hammalari birdaniga taqrib aytib, salovot o‘qib, yig‘lashib podshohlikka kutarishdi hamda pod-shohlik tojini boshiga kiygizishdi, Shu onda ular «Muborak bulsin» deyishib, tabriklashdilar. Sulton Sa’idxon sharafiga ziyefat berildi».
Sulton Sa’idxon Muhammad Solih Toshkandiyning xizmatlarini taqdirlab, shoyi tun kiygizib shunday degan: «Eshoni domulla! Endi davlatga sherik bo‘ldingiz, xabar olib tursunlar». Shu ravishda Toshkent uz xoniga ega bulib, amalda mustaqilligini namoyish et-di.
Muhammad Solih Toshkandiyning yezishicha, mazkur voqea arafasida uning amakivachchasi eshon Yusufxuja Inog‘omxuja chitfurushning ugli xonadonidan Mulla Olimqulni o‘ligi chiqarilib, Shayxontahur qabristoniga quyilgan. U ham tobutni kutarishib borgan. Mulla Olimqulning jon berishi va dafn etilishini Avaz Mu­xammed Attor Xo‘qandiy shunday bayen etgan: «Qirg‘iz va qipchoqlar vafosizlik qilib, Xuqandi latifga ketgan kunlarida sartiya aholisi zamon xoniga vafodorlik ko‘rsatib, amiri lashkar bilan qoldilar. (Qipchoq va qirg‘izlar) xiyonati amiri lashkarga ham ma’lum bo‘ldi. Bundan dard chekib (Olimqulning) kasalligi yana ogirlashdi va pyoshindan keyin uning ruh qushchasi tananing tor qafasidan xalos bo‘lib, jannat olamining fazosiga uchib ketdi, jonni jon ato qilganga berib, shahodat darajasiga yetdi. Amiri lashkarning farzandlari, xotinlari va tobelari bu ahvolni mushohada qilib, majruh qalblari yana mahzun bo‘ddi. Sabru qaror jabrini qo‘ldan berib, g‘am va qaygu tariqasiga o‘tdilar. Arkoni davlat, a’yeni shavkat, sar­tiya mamlakatining akobiru ashraflari, Toshkentni-ng kattayu-kichigi hamma qayg‘uta tushib yigladilar. Ularni ko‘zlaridagi yoshlar durga uxshab oqardi.
Alqissa, ul jamoatning nolayu faredi foyda qilmadi va bu dardi bedavoga iloj ham topilmadi. Nihoyat, fohira dunening oriyat libosini amiri lash­kar tanidan yechib, oxirat libosini kiyintirdilar. Arkoni davlat va a’yeni mamlakat qaysi makonga Mul­la Olimqulning jasadini qo‘yaylik, deb mashvarat qilib bir qarorga kelolmadilar. Shu mahal amiri lash­karning bir necha ishonchli kishisi o‘zaro maslahat qilib ittifoqlikda jasadni fozillar quyoshi hazrati Shayx Xovand Tahur mozorida dafn qildilar».1
Binobarin, Mulla Olimqul qayg‘u-alam va ho‘rmat-izzat bilan jamoa axlining barcha toifalari ishtiro-kida kumildi. Haqiqatan ham u o‘z xalqining sodiq farzandi va jonkuyari edi. U Mallaxon vaqtidayeq o‘nlab yangi va ancha takomillashgan to‘plarni, yarog‘-aslahalarni tayyorlashga katta e’tibor bilan qaradi. U Rus davlatining tajovo‘ziga qarshi olib borilgan janglarga bevosita boshchilik qildi. Ularda qo‘lga kiritilgan ajoyib g‘alabalar uning nomi bilan bog‘liqdir. Pirovardida uning o‘zi ham jang maydonida og‘ir jarohatlandi va halok buldi.
To‘g‘ri, ayrim manbalarda Mulla Olimqul faoliyatiga doir salbiy qarashlar ham mavjud. Ammo o‘sha I davrdagi juda mushkul siyosiy va iqtisodiy sharoitda uning qilgan ishlari har kimning ham qo‘lidan kela-vermas edi. Buning uchun Mulla Olimqulga o‘xshagan vatanparvarlik, tadbirkorlik va jasorat singari oliy fazilatlarga ega bo‘lish lozim edi.2
Sulton Sa’idxon qayta taxtga o‘tqazilganidan ko‘p o‘tmay sarkardalar, ulamo va fozillar, umuman, shaharning nufuzli kishilari qatnashuvida Rus davlatiga qarshi kurashda qanday choralar ko‘rish masalasi bo‘yicha kengash o‘tkazildi. Qizgin bahslardan so‘ng yerdam so‘rab Qo‘qonga, Buxoro va Xiva xonliklariga elchilar yuborishga kelishildi. Sulton Sa’idxonning ko‘rsat-masiga binoan, xon saroyidagi Mulla Mirza shig‘ovul va Mulla Yunusxon munshiy degan kishilarga yuqorida qayd etilgan joylarning hukmdorlari nomiga xat tayyorlash topshirildi. Qo‘qonga yuborilgan elchilar jang maydonidan qochib borayetgan Qo‘sh parvonachi qipchoq
(sobiq Toshkent hokimi) va Mirza Ahmad qushbegi boshchiligidagi navkarlarni Piskent va Quramada uchratib, yerdam berish to‘g‘risidagi xatni topshirganlar. Ammo ular orqaga qaytishga kunmay Sulton Sa’id va Mufsid Otabek sharbatdor nomlariga xat yozib, qanday bulmasin Sulton Sa’idni Qo‘qonga olib kelishni, aks holda taxt begonalarga o‘tib ketishini ma’lum qilganlar. Shu bilan elchilar orqalariga qaytishgan. Buxoroga sebzorlik eshon Hakimxuja qozikalon boshchiligida har dahadan turt oqsoqol yuborilgan edi. Toshkentliklarning surovi xon saroyida muhokama etilganda bir guruh kishilar baland ovoz bilan: «Endi bizlarga ham jihod va g‘azot qilish farzdir», deyishgan. Amir Muzaffar ham Toshkentga hamdardlik izhor etib, maktublar bilan elchilarning qaytishlariga ruxsat bergan. Ammo amir Muzaffar elchilarga Jizzax orqali ketishni buyurib, uning hokimi eronlik Yoqub nomiga ham xat yezib yuborgan. Elchilar bu yerga kelishganda suhbat vaqtida hokim debdi: «Sulton Sa’idxon Toshkentda qamalda turgan ekanlar, sizlar sog‘-salomat yetib borganlaringizdan keyin aytinglarki, u amir Muzaffari oliylariga ko‘rinish bersinlar va zibratni bajo keltirsinlar. Shunday qilinsa, hukmdorlik qoidalariga rioya qilinib ittifoqlik, hamkorlik va do‘stlikni yuzaga kelishiga bahona bo‘ladi».
Muzaffarxonning javob xati ham xuddi shu mazmunda edi. Xullas, Buxoro amiri birinchi galda Sul­ton Sa’idxonning buysunishi va shundan keyingina yerdam berishi mumkinligini bildirdi. Bu aslida Toshkentning Buxoro amirligi tarkibiga kirishi degan so‘z edi. Shu bois mazkur masala shaharning nufuzli kishilari, jumladan, «Tarixi jadidayi Toshkand» asari muallifi qatnashuvida muhokamaga quyildi. «Bu kengashda, — deb yezadi Muhammad Solih Toshkandiy,— Qo‘qonning ba’zi betamiz akobirlari hamda shayton, makkor kishilari Otabek sharbatdorning Sulton Sa’idxonni Buxoro amiri huzuriga yuborish haqidagi so‘zini quvvatladilar».
Muhammad Solih Toshkandiy suzlamoqchi bulib turganda Muhammad Solih dodxoh unga, kunglingizga kelgan gapni oshkora gapiravering, degan. «Shundan ke­yin, — deb yozadi Muhammad Solih Toshkandiy, —Sulton Sa’idxonga savol berdim: «Shaxzoda, siz kimning farzandisiz?» — Javob berdilarkim: «Shahid Mallaxonning arzanda va aziz o‘g‘liman». Men dedim: «Otasiga ham, ug‘liga ham rahmat, birisi adolat nog‘o-rasini chaldi, ikkinchisi esa, g‘azot va jihod yo‘lida xizmat ko‘rsatib va yaxshi nom chiqarib o‘zga hukmdor-larni hayratga soldi. Shahzoda bamisoli xonlik xazinasidagi javhardir, uni bekordan-bekorga qo‘ldan boy bermaslik lozim. Aksincha, bu kishini etagidan ushlash burchimizdir. Hali qo‘lga kirmagan nasiyaga ishonib qo‘ldagi naqdni berish yaramaydi. Davlatning tuzini ichgan har bir amaldor va sarkarda uning g‘amini yemay, xizmat qilmay va o‘z vazifasini ado etmay har tomonga qarab qochsa, fuqarolar dushmanning asiriga aylanishi turgan gapdir».
Bu so‘zlarning tagida, agar Sulton Sa’idxon Buxo­roga ketsa, u vaqtda xalq oldidagi mas’uliyatini va burchini bajarmay katta xatoga yo‘l qo‘yadi hamda fuqarolarni Rus davlati tobesiga aylantiradi, degan da’-vo yetibdi, albatta.
Kengashda Muhammad Solih Toshkandiy fikrini quvvatlovchilar ham bo‘lib, ular shunday deyishgan: qo‘ldagi narsani havoyi gapga ishonib berish va yuq narsaga umid bog‘lash aqlsizlikdan, nodonlikdan va keyingi pushaymonliqdan iboratdir. Biz har tomonga elchilar yuborib yerdam so‘radik, endi yerdam bersinlar yeki bermasinlar, baribir, urush xarajatlarini Toshkent ahli o‘z bo‘yniga olib, nimaiki zarur bo‘lsa, yetkazib beriladi. Shu onda Otabek sharbatdor shayxontahurlik Mulla Mirjalil Gulmirza oqsoqol o‘g‘lini Buxoroga elchi sifatida yuborishni taklif qiddi. Bunga qarshi o‘laroq Muhammad Solih Toshkandiy: — Yaxshisi, bizdan yarim chaqirim masofadagi general Chyernyayev huzuriga aqlli va tadbirkor elchini yuborib, urushning to‘xtatilishini va uning Chimkentga qaytishini taklif etaylik, degan. U bu reja amalga oshsa, harbiy tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtdan yutish mumkin bo‘lishini bayen qilgan. Kengash-dagilarga bu taklif ma’qul bo‘lib turganda bir guruh «xudbin va johillar: — Bizlar ruslarga bosh egib hech vaqt elchi yubormaymiz, — deb urinlaridan turib ketishgan. Shunda Sulton Sa’idxon Muhammad Solih Toshkandiyga shoyi to‘n kiygizib: «Eshon domlamiz hozirjavob va hamma bobdurlar», — deb maqtagan.
Kup utmay Buxorodan Iskandar otliq bir amaldor olti nafar kishi bilan kelib Sulton Sa’idxonga amir Muzaffar maktubini topshirgan. Bu maktub mazmuni Sulton Sa’idxon va shaharning nufuzli kishilari qat-nashgan kengashda muhokama etiladi. Unda Sulton Sa’idxonni Buxoroga taklif qilishdan maqsad qamaldagi toshkentliklarga va atrof-joylardagilarga dusto-na yordam berish ekanligi yezilgan ekan.
Sulton Sa’idxon maktubni qulga olib yig‘in qatnashchilariga debdi: «Ey, qamaldagi fuqarolar, din yo‘lida devor ostida yetgan kishilar, dushman uqiga ko‘kragini tutib turganlar, chang-tuzonda qolganlar, jonla-rini ayamay dushman nayzasi va uqiga qalqon bo‘lganlar, qanday maslahat berasizlar?» Kengashdagilar yaqdillik bilan: «Bizga hozir nihoyatda og‘ir damlarda yordam be­rish urniga sardorlarimizni olib ketishadilarmi, axir. Biz rahbarsiz qolamiz-ku, boshimizni olsa olsinlarki, lekin hukmdorimizni bermaymiz», — deb jahl va noro-zilik bilan tarqab ketganlar. Shundan keyin nufuzli kishilardan bir guruhi kelib Sulton Sa’idxonni Buxo­roga junatishga qaror qildilar. Bundan xabar topgan Muhammad Solih Toshkandiy darhol kelib norozilik bildirganda, Buxoro amirining tarafdorlari «Sulton Sa’idxon Buxoroga bormaguncha yerdam bo‘lmaydi, amir hazratlari esa bu yerga qadam bosmaydilar», — deb javob berganlar. Shunda Muhammad Solih Toshkandiy ko‘ngli-da yerdam qo‘lini cho‘zish niyatidagi odam shart quymay kelaveradi, amirning esa Rus davlati bilan tili bir, deb gapirgan. So‘ngra u ochiqdan-ochiq: «Davlat to‘zini ichgan amaldorlar va sardorlar qochsalar, qal’ani to‘prog‘ini yalab yetgan fuqarolar, g‘ariblar, beva-bechoralarning qullari qiyematgacha ularni yeqasiga yepishib, malo-mat va ta’na ostida qoladilar», deb chiqib ketgan.
Xullas, Sulton Sa’idxon 1865 yil 9 iyunda, erta tongda Mirhamid Mirhalim ugli boshchiligida 500 askar va bir to‘p bilan Buxoroga yul oldi. Bu vaqtda dushman to‘plarining ovozi eshitilib turmoqda edi. Sulton Sa’idxon ketmasdan bir necha kun ilgari rus harbiy sarkardalari bulajak hal qiluvchi jangga ggux-ta tayyorgarlik ko‘rdilar. Ular «Turkiston zaminiga, xususan, Fargona, Samarkand, Buxoro va boshqa joylarga josuslar yuborib, ma’lumot to‘pladilar va kup nar-salarni bilib oldilar».
Ayni zamonda Toshkentdan Buxoroga elchilar yubo-rilganidan xabar topgan Chyernyayev amirning harbiy yurish qilishi ehtimoldan xoli emas, deb uning yuli-ni tusish uchun 1865 yil 17 mayda Zangiota orqali borib, Sirdare qirg‘og‘idagi Chinoz qal’asini egalla-di. Bu yerda 4 chuyan zambarak va boshqa yarog‘-aslahalar-ni ulja oldi. Shundan keyin u o‘z askarlari bilan Toshkent ostonasida qoldirilgan podpolkovnik Krayevskiy boshliq harbiy qismga kelib qo‘shildi. Ruslar vaqti-vaqti bilan shaharni to‘plardan o‘qqa tutib turdilar. Chunonchi, bir qism soldatlar shayx Shibliy arig‘i atrofidagi Azizberdi oqsoqolga tegishli joyga o‘rnashib, to‘plardan qal’ani uq yemg‘irlari ostiga ol­di. Bularga qarshi shahar darvozalari tepasiga o‘rnatilgan to‘plardan javob uqlari otildi. Ular shu darajada mo‘ljalga aniq otildiki, dushman chekinishga majbur buldi. Bu muvaffaqiyat uchun Sulton Sa’idxon o‘zini kursatgan har bir to‘pchini 100 tangadan pul, bittadan tun va qo‘y bilan taqdirlagan edi. Ammo hali qattiq janglar va talofatlar oldinda edi. Mana shun­day xavf-xatarda Mulla Olimqulning o‘limi va Sul­ton Sa’idxonning shaharni tashlab ketishi vatan hi-moyachilarini sardorsiz hamda lashkarboshisiz qoldirdi. Buning ustiga Buxoro, Qo‘qon va Xivadan hech qan-day yerdam kelmadi. Ayniqsa, Buxoro xonligining tutgan siyosati dushmanga qarshi kurashga beqiyes katta ziyen keltirdi. «Toshkentdan, — deb yozadi Mulla Olim Maxdumhoji, — odam va ariza yubordilar. Amiri Buxoro bularga guyoki yerdam va inoyat tariqasida Iskandarbek sarkardani byosh-o‘n uzun chopon odam ila Toshkentga yuborgandan boshqa foydalari bulmadi. Lekin yerdam bermoq umidida Toshkent shahrida Xo‘qand hokimi bu­lib turgan xonzodani (Sulton Sa’idni) bir necha sarkardalar ilan Buxoroga oldirib ketmoq bo‘ldilar. Muddaolari yerdam bermoq urniga Xuqand taxtini tasarrufiga olib, o‘zlariga tobe odamni xon qilmoq ekanlar. Bu muddaoni joyiga kelturmoq uchun toshkentliklarga qancha va’da vaidlar aylab, Fargona o‘lkasiga mustaqil xon masnadida barqaror bulib turgan yosh xonzoda Sulton Sa’idxonni bir necha uluglar ilan Buxoroga oddurib ketdilar».
Buxoro xoni Muzaffarxonning o‘ta kaltafahmligi va nodonligi orqasida «Toshkent mamlakati behokim va egasiz qoldi. Alqissa, musulmonlar besaranjom bo‘lib boshsiz qoldilar. Har bir firqa o‘z holicha edi. Bunga qushimcha, Toshkent fuqarosi qoldirilgan bir necha ming xo‘qandlik sarbozlarni navbat bilan boqardilar».
Qamalda va hayeti qil ustida turgan Toshkentga Qo‘qon xonligi tomonidan har jihatdan yerdamning tobora kuchaytirib berilishi ham farz, ham qarz edi. Ammo u yerda yuzaga kelgan vaziyat bunga yo‘l bermadi. Xonlikning yuqori tabaqa vakillari taxt uchun kurashga muk-kasidan tushib o‘zlari bilan uzlari o‘ralashib qoldilar. Avaz Muhammad Dttor Xo‘qandiyning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 1865 yilning 31 mayida qipchoq va qir-g‘izlarning sardorlari Sirdare buyidagi Saroy degan qishloqda shahzoda Shodibekni xon taxtiga o‘tqazishga qaror qilishib Qo‘qonga borishadi. U yerda ular Bek-muhammad qipchoqni mingboshi lavozimiga o‘tqazib, ho-kimiyatni qulga oladilar. Ammo Buxoro amiri Muzaffar o‘zining vassali sifatida Xudoyerxonni Qo‘qon tax­tiga o‘tqazish uchun harbiy yurishga tayyorgarlik ko‘rardi. Shu bois Qo‘qon xonligida o‘zaro ziddiyat va urushlar qizib, vaziyat nihoyatda og‘irlashdi.
Oqibatda qamaldagi Toshkentning taqdiri Buxoroda ham, Qo‘qonda ham hukmdorlarni tashvishga solmadi. Toshkent ahli o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsada, lekin dushmanga qarshi jangga shaylanib turdi. Rus manbalarining kursatishicha, bevosita shahar mudofaasida turganlarning soni 30 ming kishiga borgan. Ammo shaharda ayrim kishilar va guruhlar umidsizlanib qochayotganligini ham ko‘rish mumkin edi. Masalan, Usmon Ali va Nibz Ali ponsodboshi qochayotganlarida Muhammad Solih Toshkandiy ularga miltiq o‘qtalib to‘xtatgan.
Chyernyayev shaharni qay tarzda bosib olish xususida safdoshlari bilan harbiy kengash o‘tkazdi. Bunda podpolkovnik Abramov shahar devorini tyoshib, shu yerdan hujum qilishni taklif etdi. Chyernyayev agar bunday qilinsa, u vaqtda dushman barcha kuchini bir yerga to‘plab hujumni qaytarishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, dushman uylamagan joydan to‘satdan shaharga bostirib kirish g‘alabani ta’minlaydi. Ko‘p o‘tmay bunday imkoniyat topildi. Chunonchi, poruchik Makarovning bir o‘zi devor tashqarisidagi bog‘lar va chakalakzorlar orasidan borib Kamolon darvozasining devorini va uning atrofidagi zovurni tekshirdi. Hatto u yerdagi devorda osonlik bilan utish mumkin bulgan tor joy borligini aniqladi. Shundan keyin general Chyernyayev shaharga Kamolon darvozasi tarafidan bostirib kirishni rejalashtirdi. Darhol devorga chiqish uchun narvonlar yasashga kirishildi, narvonlardan foydalanish buyicha mashqlar o‘tkazildi. Chyer­nyayev harbiy kuchlarni Qo‘qon darvozasi tomonida u yeqdanbu yeqqa kuchirib va shaharni to‘plardan o‘qqa tutib, vatan himoyachilarini chalgitib turdi. So‘ngra polkovnik Krayevskiy boshchiligidagi harbiy qismni (3 rota va 4 to‘p bilan) Qo‘qon darvozasi tomonida qoldirdi va shaharni to‘plardan o‘qqa tutib turishni buyurdi. Ayni bir vaqtda — 14 iyundan 15 iyunga utar kechasi polkovnik Abramov, podpolkovnik Jem-chujnikovlar qo‘mondonligidagi 7 rota va 8 zambarakdan tashkil topgan askarlar asta-sekin boglar orasi­dan Kamolon darvozasi tomoniga yurdi. Ovoz chiqarmaslik uchun zambaraklarning gildiraklariga sholchalar o‘raldi. Bu damlarda Qo‘qon darvozasi tarafidan Krayevskiy vatan himoyachilari diqqatini chalgitib turdi. Bu hiyla o‘z natijasini berdi.
15 iyun erta tongda rus askarlari to‘satdan Kamo­lon darvozasi devoridan ichkariga bostirib kirishla-ri bilanoq g‘aflatda qolgan soqchilar qochib qoldilar. Muhammad Toshkandiyning kursatishicha, Qiyet mahallalik Qorabadal va Jontoy degan kimsalar birinchi bo‘lib qochganlar. Sarosimaga tushgan to‘p boshlig‘i hindubachcha, qorateginlik merganlar va boshqalar ham qochganlar. Shu onda paydo bo‘lgan muarrixning so‘ziga Karaganda, ruslar dastavval devorning bir kishi o‘ta-digan tor joyidan kirib olishgan. So‘ngra Kamolon darvozasi va devoryning ustiga chiqishib, u yerdagi to‘pni yerga uloqtirib tashlaganlar hamda Muhammad Solih Toshkandiy va uning atrofidagi kishilarga kara­ta miltiqlardan o‘q otganlar. Shu paytda Mulla Is-matilla degan bir kishi qo‘ltig‘idan to‘rt bulak toshni chiqarib: «Biz ham chimkentliklarga o‘xshab gunohkor bo‘lib, harom o‘laylikmi? Yaxshisi, bu zaminda g‘oziy yeki shahid sifatida o‘lganimiz afzal», — deb baqirgan. Bu oddiy xalqning o‘z Vataniga sodiqligini ifodalovchi dalillardan biridir, albatta.
Kamolon darvozasidan rus askarlari kirishi bilanoq Abramov 250 askar bilan devor yenidan ung tomonga ketgan kucha bo‘ylab boradi. Yo‘lda unga qarshi 200 sarboz 4 zambarak bilan hujum qiladi. Ammo dushman g‘olib kelib zambaraklar jarga tashlanadi. Bundan ke­yin ham Abramov askarlari uch joyda vatan himoyachilarining qarshiligini bartaraf qilib, bir necha to‘pni uz joylaridan ag‘darib tashlaydilar. Aftidan, Chyer­nyayev shaharni ichki tarafidan zaiflashtirishni va sarosimaga solishni mo‘ljallagan. Abramov uz askarlari bilan to‘g‘ri Qorasaroy darvozasiga qarab yurgan. U bu yerdan bozor (Eski Jo‘va) tomonga yo‘lni davom ettirib, duch kelgan barrikadalardagi vatan himoyachilarini tor-mor keltirgan. Abramov bozrrga yaqinlashganda unga kiradigan ikki kuchadagi sarbozlar nogora chalib va «Yo, Olloh», deyishib ularga hujum qilganlar. Dush­man ustun kelib, kup odamlarni udsirib, Qo‘qon darvozasi tomon yul olgan. Bu voqealar ruy berayeltanda Chyernyayev butun shaharni o‘qqa tutib turadi. U Abramov orqasidan mayor Delakrani 2 rota va bir to‘p, podpol­kovnik Jemchujnikovni 2 rota askar va 2 zambarak bilan junatgan. Mazkur harbiy qismlar uz yulida aravalardan, xodalardan va boshqa narsalardan tashkil etilgan barrikadalardagi vatan himoyachilari bilan jang qiladilar. Ular tarqoq holdagi shahar himoyachilariga birin-ketin zarba berib, kuchalarni to‘siqlar-dan tozalaydilar. Shahar ichida yuz berayetgan janglar vaqtida Qo‘qon darvozasi tomonida ham urush ketayotgan edi. Bu yerda devor tashqarisida polkovnik Krayevskiyning 3 rota va 4 zambaraqsan iborat askarlariga qarshi 5 ming kishilik vatan himoyachilari hujum qiladipar. Kattiq janglardan keyin vatan himoyachilari shahar ichiga chekinayetganda ulardan ancha odamlar va otlar Anhor suviga chukib halok buladi. Podpolkov­nik Abramov, mayor Delakra va podpolkovnik Jemchujnikov askarlari shahardan kelib qal’ani bosib olib, Qo‘qon darvozasini ochadilar. Shundan keyin Krayevskiyning harbiy qismi shahar ichiga kiradi. Gar-chand Qo‘qon darvozasini Jemchujnikov harbiy qismi egallagan bo‘lsada, vatan himoyachilari unga ut quyib yuborganligi orqasida chiqib ketishga majbur bo‘ladi-lar. Keyingi janglar Anhor (Urda quprigi) atrofida davom etdi. Muarrixning guvoxlik berishicha, rus as­karlari baland tovush bilan «urra», deb to‘rt tomonga miltiq otishib, yullarida uchragan odamni oldidan va orqadan otib ketaverganlar. Mulla Muhammad Yusuf degan kishining taklifi bilan katta kuchaning old tomonini aravalar bilan tusishga kirishiladi. Bu paytda Muhammad Toshkandiyning dustlari — Abdulrazzoqning og‘ziga, eshon Hojixonning tomog‘iga dushman o‘qi tegib halok bo‘ladilar. Muarrix g‘oziylar va sar­bozlar bilan Anhor ko‘prigining garb tomonini ara­valar bilan to‘sib barrikadalar buned etishga boshchilik qiladi. Bu vaqtda kuprikning har ikki tomonida do‘konlar bor edi. Bir vaqt «o‘ruslar ikki tomondan qichqirishib va «urra» deyishib, birdaniga miltiqlardan otaverdilar. Yurakli, dadil g‘oziylar qurqmasdan Domulla Fozil oxunga qarashli do‘konlarning ikkinchi tomoniga va masjidga o‘rnashib, miltiq otish uchun dukonlarning devorlarini tyoshib, jashta tayyor turdilar. Uruslar to to‘plarini joylashtirgunga qadar do‘kon ichidan ularga qarshi o‘qlar otaverdilar. Natijada o‘ruslar to‘plarini otolmay yiqilaverdilar. Pirovardida, to‘plardan shunchalik ko‘p o‘qlar otildiki, dukonlarning devorlari ilmatyoshik bulib ketdi. Bir yarim soatlik jangdan keyin o‘ruslar uzlarini Urda darvozasi tarafiga tortdilar»1.
Shu paytda din pyoshvolarining vakillari goziylarni jangta otlantirishda jonbozlik qildilar. Masalan, shayx Abu Halim Urda to‘g‘onining ustiga chiqib qo‘lidagi tayog‘ini yerga urib va o‘ruslar tomoniga o‘qtalib, «Kofirlarni o‘ldiringlar», deb qichqirib, Qo‘qon darvozasi tomoniga yugurgan. Dushmanning unga miltiq o‘qtalishiga qaramay tikka turib olgan va qattiq jarohatlangan. Shu holda u kishi «ikki kuzlaridan bsh oqizib va kulimsirab hamda takbip; salovat uqib, gsziylar va ^^johidlarga: «Meni qo‘yib, dushmanlarni udsiringlar», degan.
Vatan himoyachilarining qattiq qarshiligi tufayli dushman Qo‘qon darvozasini tashlab chiqib, shayx Shib-liy arig‘idan o‘tgan. So‘ngra ular Sulton Sa’idxon-ning Davlatboy o‘rikzoridagi chodirlaridan asbobanjomlar olganlar. Bu chog‘da vatan himoyachilari Qo‘qon darvozasini va uning atrofidagi dukonlar ichidagi qolgan narsalarni olishgan va Shayxontahurga keltir­ganlar. Shunday qilib, dushman Qo‘qon darvozasidan surib chiqarildi. Bu vaqtda rus harbiy qismlari shaharning ikki joyida, xususan Kamolon darvozasida va Davlatboy o‘rikzorida to‘plangan edi.
Shaharning ichki va tashqi tomonlarida olib borilgan jantlar orqasida ko‘rilgan katta talofatlar hamda hech qayerdan yerdam kelmasligi, og‘ir iqtisodiy ahvol, suvsizlik vatan himoyachilarining tinkasini quritib bordi. Ayniqsa, ayrim sardorlarning uz askarlari bilan ketib qolganliklari umidsizlikni kuchaytirib yubordi. Xususan, Solih Tura va Arslon Tu­ra Buxoroga ketishga axd qildilar, Qo‘qonlik sardorlar va sarbozlar esa uz yurtlariga otlandilar. Bu ham kamdek, shahardagi bir guruh «qo‘rqoq, munofiq va fitnachi» nufuzli kishilar ham bola-chaqalari bilan shahar darvozalaridan chiqib ketdilar.
Rus askarlari Qo‘qon darvozasidan chiqib katta ku­cha bilan Imom Hasanxon va Sa’id Mahmudxon ugli Yusufxon masjidlari ichiga o‘rnashdi. Ular bu yerdan to‘plardan har tomonga uq otib turdilar. Oqibatda ma-hallalarda yeng‘in chiqib, odamlar boshqa joylarga ke­tishga majbur buldi. Aщor suvi atrofidagi do‘konlar-ga ham dushman tomonidan o‘t qo‘yilgan edi. Bu yerdagi yeng‘in o‘chirilgandan keyin oltita rus va tatar o‘likla-ri topilgan.
Mahalliy va rus manbalarida shahar mudofaasini bevosita kim boshqarganligi haqida aniq ma’lumotlar uchramaydi. Muhammad Solih Toshkandiyning so‘zicha, bu ishda ko‘proq mudarris Muhammad Solih dodxoh katta urin to‘tgan. Bu tabarruk zot xonlik vaqtlarida ham Toshkentning siyosiy habtida yetakchilik qilgan.
Muhammad Solih dodxoh Chuqurkuprikda sebzorlik qozi eshon Maxdumxo‘ja, Sinchiqli mahallalik eshon BaLKXING o‘tli Siddiq Maxdum, Ko‘kcha darvozasidan Rajab Muhammad a’lam, Samarkand darvszasqsan Qo-zoqbiy avlodi va Badal Muhammad, Muhammad Solih Toshkandiy va boshqa nufuzli kishilar qatnashuvida kengash o‘tkazib, muhim choralar amalga oshirildi. Xu­susan ko‘chalarning og‘zi aravalar, xodalar va boshqa narsalar bilan tusilib, barrikadalar qurildi hamda vatan himoyachilari masjidlar ichiga urnashib olgan rus askarlariga qarshi birdaniga hujum qildilar. Ular-dan ko‘p kishilar dushman o‘qidan halok buldi. Ammo g‘alabaga erishilib, qurol-aslahalar ulja olindi. Shu onda Qo‘qon darvozasi tomondan, devorning pastqam joyidan rus askarlarining kslayetganligi haqida xa­bar olindi. «Ularga qarshi, — deb yozgandi muarrix, — Toshkentda istiqomat qiluvchi Qo‘qonlik Abdurahim yaso-vulboshi darhol uspirin yigitlarni hamda shaharning yurakli, dadil g‘oziylarini va mujohidlarini bir yerga to‘plashni buyurdi. Ularning orasida Mir Yusuf Mirsulton bog‘bon o‘g‘li, Umarxon Turaxon o‘g‘li, Nor-muhammad va Mulla Alisher Muhammad Husayn mergan ug‘illari, Mullajon Muso Muhammad Alibobo podachi o‘g‘li, Muso Muhammad ponsodboshi Serkaboy ugli, Ro-ziqboy va boshqa qiyetliklar bor edi. Ular mohir merganlar sifatida nom chiqargan kishilar hisoblanib, Jarboshidagi hovlilarga urnashib olib devor tyoshik-laridan dushmanga qarshi uq otdilar». Natijada rus askarlari devorning pastqam joyidan shaharga kira olmasdan to‘plardan shu darajada uq yog‘dirdilarki, hamma yeqni tutun va changtuzon bosib ketdi. Ular bu hol-dan foydalanib, aravalari va tuyalari bilan mudofaani yerib o‘tmoqchi bo‘ldilar, lekin merganlar bunga yo‘l bermadilar. Yomg‘ir yog‘ishiga qaramay o‘sha yerdagi jang ikki kun davom etib, oxiri dushman uz maqsadiga erisha olmay Kamolon darvozasiga qarab ketib, Xoja Alambardor atrofida turgan rus askarlariga borib qushildilar.
Bir rus manbasida shahar ichidagi urushlarning biri shunday izohdangan: «Barrikadalar barcha kuchalarda va chorrahalarda yuzaga keldi. Eng qattiq qarshilik Urdadan bozorga boriladigan ko‘chada ko‘rsatildi. Ar­tilleriya boshligi Ivanov bogpchiligidagi 50 askar o‘sha ko‘chada zambaraklardan o‘qqa tutildi. U birinchi uchragan barrikadaga nayza bilan hujum qilib to‘pni qo‘lga kiritdi. Ammo Ivanov barrikadani olib tashlayetganda unga qarshi ikkinchi barrikadadan to‘plardan va xonadonlardan uqlar otildi. Shundan keyin barrika­dani ikkinchi marotaba ishg‘ol etishga to‘g‘ri keldi. Qo‘qon darvozasidan usha kuchaga bir chaqirim masofaga keltirilgan zambaraklardan kechasi bilan o‘qlar otil­di».
Shundan keyin vatan himoyachilari Kamolon darvo­zasida va atrofjoylarda, Urdada janglarda halok bo‘lib, kuchalarda yotgan shaharliklar jasadini ko‘mish bilan shug‘ullandilar. Ular orasida Muhammad Solih Toshkandiyning shogirdlari ham bor edi. Rahmat arigi buyidagi pastlikda «ikki namanganlik navkarning ikki rus askariga yepishib, turt ulik guyeki ikki ulik bo‘lib yetganligi» yakkama-yakka jang bulganidan dalolat berardi. Sulton Sa’idxonning sobiq qarorgohida ham g‘oziylarning jasadlari qalashib yetardi.
Xullas, rus askarlari shahar ichiga bostirib kirganlarida Urdada va uning tashqi tomonlarida juda kup odamlar shahid buldilar, lekin ularning aniq soni haqidagi ma’lumotlarga ega emasmiz.
Garchand shaharda nihoyatda mushkul va og‘ir vaziyat vujudga kelib, sarosima va vahimaga tushish kuzga tashlangan bo‘lsada, dushmanga qarshi kurashni davom etti-rish tarafdorlari oz emas edi. Hatto ayrim yuqori tabaqa vakillari Vatan mustaqilligi uchun hech narsasini ayamagandilar. Masalan, yakkabozorlik Qosimboy degan kishi bir xurjun kumush tanga keltirib, xaloyiqqa: «Kimki urush va g‘azotni davom ettirsa, bir hovuchdan tanga beraman», — deb tashviqot yurgizgan. Odamlar bu tangalarni olib Urdadagi rus askarlariga qarshi jangga kirishganlar.
Shu paytda birin-ketin bir guruh rus askarlari «Urushni to‘xtatinglar, sebzorliklar, byoshog‘ochliklar yarashish sulhini tuzdilar», — deyishib, vatan himoya chilarini tinchlikka chaqirganlar. Ammo Urda atrofidagi g‘oziylar bu hiylanayrang bo‘lsa kerak, deyishib, ularni uqqa to‘tganlar.
Bir vaqt rus askarlarining bir qismi Kamolon darvozasi tomonidan kelib Byoshog‘och darvozasi orqali shaharga kirganligi haqida xabar olinadi. Urdadagi g‘oziylar darhol u tomonga borishib, dushman bilan jang qilib, keyin ikki tomon ham uz joylariga qaytgan. Shundan keyin ham qal’a devorining pastqam joylaridan ruslar sebzorliklar bilan byoshogochliklar urushni tuxtatganliklari va sulh tuzganligi tugri-sida baqirib gapirganlar. Bu vaqtda urushni davom ettirish tarafdorlari Muhammad Solih Toshkandiy va boshqalar boshchiligida jangga shaylanib turardilar. Ammo ruslarning sulh to‘zilganligi haqidagi xabarini aniqlash uchun Qosimboyvachchani Muhammad Co-lix dodxoh huzuriga jo‘natadilar. Darhaqiqat, shaharning yuqori tabaqalari orasida tinchlik sulhi to‘zish va bo‘ysunish tarafdorlari ko‘paymoqda edi. Ammo Muhammad Solih dodxoh kengash chaqirib, jangni bir tomchi qon qolguncha davom ettirishga da’vat qildi. U jamoa ahli huzurida shunday degan: «Din uchun jonbozlik ko‘rsatib kurashabtganlar harom bilan pok o‘lim ning farqini yaxshi anglaydilar. Kofirlar qanchalik hiylanayranglar qilib yarashish xususida va’dalar bermasinlar, baribir, g‘oziylar jang qilishga tayyordirlar. Buni xaloyiqqa tushuntirish chinakam ulamolarning burchidir». Muhammad Solih dodxohning bu so‘zlari vatan himoyachilarini ruhlantirdi. Ular yig‘indan chiqishlari bilanoq dushmanga qarshi hujum qildilar. Natijada «bir qancha kishilar halok bo‘ldilar Ski jarohatlandilar».
Gapning sirasini aytganda, Toshkent ahli qo‘lidan kelganicha va imkoni boricha mustaqillikni saqlash uchun kurashdi. Rus askarlari bostirib kirganda ham «Toshkent fuqarosi ikki kechayu kunduz kofirlar bi­lan urushib, ularni Masjidi baland xonaqosiga qamadilar. Bir kechakunduz ahli islom ularni muxosara qilib, xonaqoh atrofini yeqmoqchi bo‘ldilar. Kofir­lar bundan xabar topib, Eski Urdaga o‘tdilar va shu yulda bir necha mahallalarni yendirib yubordilar. TTTya-harga shurishu g‘avg‘o tushdi...»1
Chyernyayev esa yarashish sulhini to‘zish va urushni tuxtatish yo‘llarini tinimsiz izladi. Chunki uning harbiy kuchi shu darajada katta talofatga uchrab zaiflashgan ediki, agar chetdan harbiy yerdam kelganda ular­ning tormor qilinishi aniq edi. Shuning uchun ham shaharning ilg‘or va bilimdon kishilari tashqi yerdamga ko‘z tikkan holda urushni davom ettirishga qattiq bel boglagan edila'r. «Ular, — deb ta’kidlaydi muarrix, — urushni hozirgidek davom ettirsak, shoyedkim, Xorazm, Buxoro, Fargona va Toshkent viloyatiga tegishli atrofjoylardan yerdam kelib qolsa», — deyi­shib, umidlarini uzmadilar.
Shahardagi urush tarafdorlari Muhammad Solih dod-xohdan maslahat olib ish yuritishga qaror qildilar. Bu tabarruk zot yiginda shunday degan: «Toshkentliklar ochlikka, suvsizlikka, tashnalikka hamda halokatga va talofatlarga qaramay urushni davom ettirib, shaharni o‘z qullarida saqlab turibdilar. Hozirda g‘oziylar, yetimesirlar, ochlar va tashnalar nomidan yerdam surab Kirovchi qal’asidan tortib Qurama, Chinoz, Xujand, Jizzax, Samarkand, Buxoro, Qo‘qon va Fargo­na yerlariga xatlar yuborish zarur»2. Bu taklif darhol ma’qullanib ko‘rsatilgan joylarning hukmdorlari nomiga xat tayyorlash munshiy Mirza Yunusxon Mulla
Bobojon ug‘liga topshirildi. Shu ravishda 50 dan or-tiq xatlar tayyorlangan edi1. Ularda yerdam surashdan bo‘lak nimalar deyilgani noma’lum. Ammo usha yigin-da shunday bir og‘ir vaziyatda kofirlarga qarshi kurashga yerdam bermaslik aybdorlar sha’niga qiyematgacha ta’na, nafrat va la’natlar aytilishi hamda tarixlarga yezilib, avloddar tomonidan qattiq qoralanishi haqida fikrlar bayen etilgan2.
Ko‘p utmay vatan himoyachilarining umidini puchga chiqaradigan voqea yuz berdi. Ruslar Urda ichidagi po­rox va qurol-aslaha saqlanadigan maxfiy omborni ayrim xoinlar yerdamida aniqlab, 50 ga yaqin katta zambarak o‘qi va boshqa portlovchi moddalar vositasida ostin-ustin qilib tashlaganlar. Portlash shu darajada dahshatli va vahimali bulganki, «bamisoli qiyemat-qoyim» yuz bergan. Shu tariqa, vatan himoyachilari yarog‘-aslahadan ham mahrum buldilar. Buning ustiga Kamo­lon darvozasidan bostirib kirgan dushman kuchlari to‘plarini Shayxontahur, Byoshog‘och va boshqa dahalarga qo‘yib, taslim bulinmasa, shaharni ostin-ustin qilib tashlashlarini ma’lum qilgan.
Xullas, chetdan yerdam kelmasligi, yarog‘-aslaha ombo-rining portlatilishi, ochlik, suvsizlik, bosh sardorsizlik hamda kurilgan katta talofatlar va bir guruh kishilarning xoinligi — hammasi bir bo‘lib, piro-vardida, dushmanning g‘alaba qilishiga olib keldi. Ammo ko‘rsatilgan sabablarga qaramay, shahar xalqi uz ona yurtining mustaqilligini saqlash uchun nimaiki zarur bo‘lsa, shuni bajonidil bajardi. Janglarda shahar qonga belandi, o‘t ichida yondi.
Rus askarlari 16 bayroq, 48 mis va 16 chuyan zambaraklar va boshqa yarog‘aslahalarni o‘lja oldilar. Ular­dan janglarda 25 kishi uddirildi, 118 kishi jarohat-landi. Shubhasiz, bu yerda halok bulganlar soni kamaytirilib kursatilgan, chunki oldingi sahifalarda sharhlangan janglarda dushman tarafida ham kup kishilarning halok bulganlari turgan ran. Buni mahalliy manbalardagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.

11 Turkestanskiy sbornik, t. 54, str. 16-17.

22 Usha joyda, usha bet.

3 Usha joyda, usha bet.

4 Turkestanskiy sbornik, t. 54, str. 16-17.

5 Tarixi jadidayi Toshkent, 462-bet

6 Ўша жойда, Ўша бет


Yüklə 132,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə