Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xususiyatlari
54
e) ish haqidagi farqlar olingan.
2. Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli guruhiga kiruvchi mamlakatlarning mulkda
davlat ulushi nisbatan pastligi, jamiyat tabaqalanishining kuchayishi bilan
farqlanadi.
3. Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli davlat tadbir-korlikni
rivojlantirishga alohida ahamiyat berishi; iqtiso-diyotda davlat mulki hissasining
kamligi; ish haqidagi farq kattaligi va aholi tabaqalanishi kuchliligi bilan ajralib
turadi.
4. Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya
qilishi, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berishi,
davlat mulki hissasi pastligi, ish haqidagi farq katta emasligi bilan xarakterlanadi.
5. Iqtisodchilar bozor iqtisodiyotiga o’tishni tarixiy nuqtai nazardan ikki
guruhga bo’ladilar:
1) G’arbiy Evropa va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2) Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li;
6. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning Janubiy Koreya modeli boshqa modellardan
davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi ta’siri nihoyatda kuchliligi bilan ajralib
turadi.
7. Xitoy modeli iqtisodiy islohotlarni qishloq xo’jaligini isloh qilishdan
boshlanishi bilan xarakterlanadi.
8. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli ham bir tomondan, bozor
iqtisodiyoti modellarining umumiy jihatlariga asoslanadi, shu bilan birga boshqa
mamlakatlardan farq qiluvchi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
9. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda boshqa mamlakatlar
yo’lidan borildi.
10. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichidagi amalga oshirilishi lozim
bo’lgan birinchi va ehtimolki, asosiy vazifa davlat mulkini xususiylashtirish
yo’lida boshlangan ishni oxiriga etkazishdir.
Dostları ilə paylaş: