Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi



Yüklə 214,93 Kb.
səhifə36/56
tarix14.02.2022
ölçüsü214,93 Kb.
#83740
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi

Opera san’ati. Opera janrida yaratilgan dastlabki asarlar musiqali spektakllarning operaga o‘zgartirilgan varianti (“Gulsara”, “Tohir va Zuhra”, “Layli va Majnun”)  hisoblangan bo‘lsa, ushbu davrga kelib opera teatri repertuari dramaturgiya, mavzuiylik nuqta nazaridan o‘ziga xos asarlarni xalqqa taqdim eta boshladi. Bular: tarixiy – biografik janrdagi Sobir Boboevning “Hamza”, Muxtor Ashrafiyning “Shoir qalbi”, Rashid Hamroyevning “Zulmatdan Ziyo”, Tolibjon Sodiqov, Boris Zeydman, Yunus Rajabiy va Doni Zokirovlar hamkorligida yaratilgan zamonaviy – maishiy mazudagi “Zaynab va Omon”, Aleksandr Berlinning “To‘y kunida”, Muxtor Ashrafiyning afsonaviy – ertaknamo mavzudagi “Dilorom”, Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” nomli ilk hajviy operalaridir.

Asardagi mazmun-g‘oya va musiqaning o‘zaro uzviy bog‘liqlik jihatlarini yoritib beruvchi operalar 70-80 yillarga kelib “topildi” desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunga R.Xamroevning “No‘malum kishi”, U.Musaevning “Mangulik”, N.Zokirovning “To‘qnashuv”, I.Akbarovning “So‘g‘d elining qoploni” va R.Abdullayevning “Sadoqat” operalarini misol qilish mumkin.  

Janr ko‘lamini kengaytirish maqsadida kompozitorlar bolalar uchun opera yaratishni maqsad qilgan edilar. Teatrlar repertuaridan endi S.Boboevning “Yoriltosh”, Varelasning “Alouddinnining sehirli chirog‘i”, Yanov-Yanovskiyning “Петрушка иностранец” kabi oprealari ham joy ola boshlagan edi[2].   


Yüklə 214,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə