Xxi аср: фан ва таълим масалалари



Yüklə 80,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü80,95 Kb.
#163767
1   2   3   4   5   6   7
Xitoy tilida harakat yo‘nalishi modifikatorlari va ularning grammatik ma’nolari

www.sharqjurnali.uz
1


“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №4, 2020 йил
Harakat yo‘nalishi fe’llari ko‘makchi fe’l bo‘lib kelganda,
补 语
bǔ yǔ
yo‘naltiruvchi morfema vazifasini bajaradi. Xitoy tili grammatikasida bu
morfema
yo‘naltiruvchi qo‘shimcha bo‘lak

modifikator 
[2],
oriyentatsion modifikator
yoki
yo‘naltiruvchi morfema
[4],
qo‘shimcha element
[5] deb ataladi. Qayd qilingan
terminlar orasida keskin farq yo‘q.Ushbu ishimizda
modifikator
terminidan
foydalanildi va harakat yo‘nalishi fe’llarining modifikator vazifasidagi xususiyatlari
tadqiq qilindi.
Xitoyshunos olim A.A. Dragunov xitoy tilidagi fe’llarni ikki guruhga bo‘lib,
ularni harakatni ifodalovchi fe’llar va harakatni ifodalamaydigan fe’llarga ajratib,
harakatni ifodalamaydigan fe’llar harakat hisob so‘zlar, shuningdek, fe’l affiksi 

le
bilan birga qo‘llanilmaslgi bilan harakatni ifodalovchi fe’llardan ajralib turishini qayd
etib o‘tgan. Shuningdek, harakatni ifodalovchi fe’llar o‘z ichida bir qancha
guruhlarga bo‘linib, ulardan biri harakat yo‘nalishi fe’llari guruhidir. A.A. Dragunov
fikricha, harakat yo‘nalishi fe’llarining o‘ziga xos grammatik jihati shundaki, ular
gapda harakat fe’llari bilan birga kelib
morfem-modifikator
vazifasini bajara oladi.
A.A. Dragunov o‘z ishlarida tarkibida harakat yo‘nalishi fe’llari modifikator
vazifasida kelgan qo‘shma fe’llar fonetik jihatdan, ya’ni birinchi bo‘g‘inga, asosiy
morfemaga urg‘u tushishi bilan ajralib turishiga alohida e’tibor qaratib o‘tgan.
T.P. Zadoyenko va Xuan Shuinlarning yozishicha, xitoy tilida harakat
mazmunini ifodalovchi va harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi fe’llar mavjud [6, 246
b.]. Mualliflar bu turdagi fe’llarni ikki guruhga ajratishadi. Birinchi guruhga
makondagi harakatni ifodalovchi 7 ta fe’l kiritilgan: 
进 
“kirmoq”, 
出 
“chiqmoq”, 
下 
“tushmoq”, 
上 
“ko‘tarilmoq”, 
回 
“qaytmoq”, 
过 
“kesib o‘tmoq”, 
起 
“ko‘tarilmoq”.
Ikkinchi guruhda so‘zlovchiga qaratilgan harakatni ifodalovchi 2 ta fe’l −

“ kelmoq” va

“ ketmoq” qayd qilinadi[6, 246 b.]. Yuqorida qayd etilgan 9 ta
fe’lning barchasi ikki vazifada qo‘llanilishi mumkin:
1) mustaqil fe’l vazifasida;
2) modifikator vazifasida, ya’ni boshqa bir fe’lga bog‘lanib, harakat
yo‘nalishini aniqlashtirib keladi. 
Misol uchun:
他来了。
[Tā láile]
 U keldi
.(Bu yerda 

mustaqil fe’l vazifasida kelmoqda.)
他跑来了。
[Tā pǎo láile]
 U yugurib keldi
.
 (
Bu yerda yetakchi fe’l



esa
modifikator, u harakatning so‘zlovchi tomon qaratilganligiga ishora qilib, ko‘makchi
fe’l vazifasida kelmoqda.)
Mualliflar birinchi guruh fe’llarini shartli ravishda 
jin
guruhi deb nomlaganlar.
Shuningdek, modifikator bir bo‘g‘in yoki ikki bo‘g‘indan tashkil topishiga ko‘ra
harakat yo‘nalishini ifodalovchi sodda va murakkab vositalarga bo‘linishini ta’kidlab

Yüklə 80,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə