Yadroning tarkibiy qismi


Yadrolarning gamma nurlanishi



Yüklə 247,26 Kb.
səhifə13/17
tarix23.12.2023
ölçüsü247,26 Kb.
#156201
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-3-v

Yadrolarning gamma nurlanishi.
Gamma-nurlanishda yadroda massa soni, zaryadi o‘zgarmaydi, faqat energiya o‘zgarishi ro‘y beradi. Gamma-nurlanish yadroning o‘yg‘ongan holatidan holatlar energiyalarining ayirmasiga teng bo‘lgan diskret energiyali nurlanishlardir.
Gamma-nur tinch holat massasi nol, zaryadsiz, spini I=1 ga teng bo‘lgan qisqa elektromagnit to‘lqini kvantidir.
Gamma-nurlanish yadro ichida ro‘y beradi, chunki alohida nuklon gamma nurlamaydi (yutmaydi), beta-yemirilish nuklonlarga xos bo‘lsa, gamma-nurlanish yadroga xos jarayondir.
Gamma-nur (alfa, beta-yemirilishlardan so‘ng), yadro reaksiyalaridan keyin vujudga keladi, yemirilishlardan keyin energiyasi 10 keV-5 MeV gacha reaksiyalardan keyin esa ~20 MeV gacha yetishi mumkin.
Gamma-nurlanish yadrodagi nuklonlarning yadro elektromagnit maydoni bilan ta’sirlashuviga ko‘ra vujudga keladi.
Foton yoki gamma-kvantlarning massasi nolga teng bo‘lganligidan ular l orbital momentga ega bo‘lmaydi. Fotonlar holatini belgilashda multipol tushunchasidan foydalaniladi. Bu holat, elektromagnit maydonning multipoli Lh va juftligi  bo‘lgan holatidir. Erkin fotonlar to‘la momenti L bo‘lgan holatlarda bo‘ladi. To‘la momentining har bir qiymatiga bitta juftligi musbat bitta juftligi manfiy bo‘lgan holat to‘g‘ri keladi.
Fotonning L momenti va -juftligi aniq bo‘lgan holati ma’lum multipollik bilan xarakterlanadi. Binobarin, kvant elektrodinamikasida 2L karrali multipollik o‘tishda foton manbaga nisbatan Lh harakat miqdori olib ketishi ko‘rsatiladi.
Multipollar L=1 bo‘lganda dipol, L=2 bo‘lganda kvadrupol, L=3 bo‘lganda oktupol va h.k. nomlar bilan ataladi. Shunga asosan elektr dipol va oktupol hamda magnit kvadrupollar tok-juftlikka, aksincha magnit dipol va oktupol hamda elektr kvadrupollar juft-juftlikka ega. Elektr multipollarni E harfi bilan, magnit multipollarni esa M harfi bilan belgilash qabul qilingan harfning o‘ng tomoniga L momentning qiymati qo‘yiladi.
M: elektr dipol kvant E1, magnit dipol kvant M1, elektr kvadrupol kvant E2, magnit kvadrupol kvant M2 va h.k.
Nuklonlarning yadro bilan ta’sirlashuvida yadro zaryadlarining qayta taqsimlanishi elektr E, spin va orbital magnit momentlarning qayta taqsimlanishi esa magnit M tipidagi nurlanishlar vujudga keladi. Yadrodan chiquvchi -kvantlarning enegiyalari keV lardan bir necha MeV gacha bo‘ladi. Shunga mos ravishda keltirilgan to‘lqin uzunligi

210-10510-14 m atrofida bo‘ladi.
Agar fotonning to‘lqin uzunligi  u bilan o‘zaro ta’sirlashayotgan yadro o‘lchami R dan katta, ya’ni bo‘lsa, odatda bu ta’sirlashuvda harakat miqdori momenti va juftlikni saqlanish qonunlari ruxsat etgan multipollikning eng kichik qiymatlari amalga oshiriladi. Elektromagnit nurlanishlar nazariyasidan elektr E multipol nurlanishlari nurlanish to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lib, nurlanish ehtimoliyati
(11.1)

Yüklə 247,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə