Yahudiy marosimlari va bayramlari



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#144559
1   2   3
Yahudiy marosimlari va bayramlari

Buxoro yahudiylari, Oʻrta Osiyo yahudiylari (oʻzlarini "isroel", "bane iyeroel", "yahudiy-tojik" deb atashadi) — Oʻrta Osiyonyng turli shaharlarida yashaydigan etnik guruh. Buxoro yahudiylari atamasi birinchi boʻlib 16-asrda paydo boʻlgan. Buxoro yahudiylarining oʻtmishdagi u mumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Ingliz missioneri Volf amir Nasrullaxon hukmronligi davri (1826—60)da Buxoroda 10 ming yahudiy yashaganligini koʻrsatib oʻtgan. Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1926 yilda Oʻzbekistonda 18172, 1989 yilda esa 28369, shu jumladan Buxoroda 4200 Buxoro yahudiylari yashagan. Oʻzbekistonda Buxoro yahudiylari, asosan, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xatirchi, Shahrisabz, Andijon, Margʻilon, Toshkent shahri lari da yashaydilar. Buxoro yahudiylari tili yahudiy-tojik tili boʻlib, tojik tilining jan. guruhiga kiradi.
Buxoro yahudiylarining Oʻrta Osiyoda qachon paydo boʻlganlari munozarali. Baʼzi olimlar (M. Zand)ning fikricha, yahudiylar Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi 6-asrda paydo boʻlganlar. Yahudiylar ensiklopediyasida Buxoro hududi Bibliyadagi Xabar bilan, iyeroilliklarning oʻn pushti surgun qilingan joylardan biri sifatida tenglashtirilgan (miloddan avvalgi 722). Arxeologax tadqiqotlarga koʻra, yahudiylar Oʻrta Osiyo (Marv, Samarqand)ga 2—4—5-asr va 8-asrlarda kelganlar. Yozma manbalarga koʻra esa miloddan avvalgi 1-asr—milodiy 1-asrda Marvga, 6— 80-asrlarda Xorazmga kelganlar. V. V. Bartoldning yozishicha, 10-asrda Movarounnahrda yahudiylar xristianlarga nisbatan kupchilikni tashkil qilgan. Tudellik sayyoh Veniamin (12-asr)ning maʼlumoticha, Samarqand shahrida 30 ming yahudiy yashagan. Yahudiylarning Buxoroda boʻlishlari toʻgʻrisida ilk maʼlumot 13-asrga toʻgʻri keladi. Buxoro yahudiylarining oilaviy afsonalariga koʻra, 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yahudiy toʻquvchilar Amir Temur tomonidan Sabzavor, Sheroz va Bagʻdodsan Movarounnaxrga olib kelingan. Ular keyinchalik mahalliy yahudiy jamoalari bilan aralashib ketishgan. 16-asrda Buxoro yahudiylarning bosh markaziga aylangan, shu ayerda shaharda yahudiylar mahallasi — "Mahallai koʻhna" tashkil topgan. Buxoro yahudiylari iudaizm diniga eʼtiqod kilishadi. Barcha shaharlarda, yahudiylar gʻuj boʻlib yashagan mahallalarda sinagogalar boʻlgan.
20-asrning 30- yillari boshlaridagi stalincha qatagon davrida 1000 ga yaqin Buxoro yahudiylari hibsga olingan, sinagogalar, yahudiy maktablari, teatr, muzey va gaz.lar yopilgan. Buxoro yahudiylaridan adabiy esdaliklarning mashhur mualliflaridan biri Solomon ben Samuel boʻlgan. U 1338 yil Urganchda yahudiy tili lugʻatini tuzgan, Moshe ben Dovud forsiyda poemalar bitgan. 17-asr oxiri — 18-asr 1-yarmida shoir Yusuf Yagudi (Mollax Iosif ben Isaak)ning "Yetti akauka" asari Buxoroda mashhur boʻlgan. Buxoro yahudiylarining asosiy mashgulotlari savdo, musiqashunoslik, artistlik, xunarmandchilik boʻlib, keyinchalik maishiy xizmat, pedagoglik sohalari, muhandis, vrachlik kasblarini egallashgan. Buxoro yahudiylari orasidan fan va madaniyatning yirik arboblari yetishib chiqqan: fan doktorlari — prof. Yu. I. Ishoqov, I. A. Kalantarov, B. I. Pinxasov, N. M. Mallayev; kompozitorlar — M. Leviyev, S. Yudakov; rassomlar — Yu. M. Yelizarov; Oʻzbekiston xalq artistlari — L. Boboxonov, B. Davidova, I. Oqilov, M. Yoqubova, M. Shamayeva shular jumlasidandir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan (1991)dan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha millat va elat vakillarining tili, urfodati, anʼanalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishni kafolatladi. Buxoroda 2 sinagoga, yahudiy tilida oʻqitiladigan maktab va bolalar bogchasi faoliyat koʻrsatadi. Samarqandda "Shofar" gaz. nashr qilinadi (1998). Turli diniy marosimlar erkin oʻtkaziladi.
Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə