Yangibozor tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 10-son dmttda o‘tkazilgan “Assalom Navro‘z”bayrami to‘g‘risida ma’lumot



Yüklə 1,14 Mb.
tarix22.04.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#85898
10-son DMTT Navro‘z ma\'lumot


Yangibozor tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 10-son DMTTda o‘tkazilgan “Assalom Navro‘z”bayrami to‘g‘risida

MA’LUMOT

Navroʻz – yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun – Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Navroʻz taomlari ham oʻziga xos boʻlgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol boʻlgan. Ular Navroʻz bayramida turli ommaviy bayram oʻyinlari oʻynaganlar. Ot oʻyin, chillak, qoʻgʻirchoq, toshoʻyin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir.

Ayni kunlarda yurtimizning har bir jabhasida Navro‘z shukuhi hukum surmoqda.Jumladan Yangibozor tumani 10-son DMTT da ham 2022-yil 18-mart kuni Navro‘z bayrami keng nishonlandi.Bayram tadbirida barcha guruh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok qildilar.Tadbirda kichik guruh tarbiyalanuvchilari turli xil xalq o‘yinlarini namoyish qildilar.O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari esa sumalak tarixi haqida sahna ko‘rinishlarini mahorat bilan ijro qildilar.Bayram tadbirida katta,tayyorlov va qisqa muddatli guruh tarbiyalanuvchilari o‘zlarining sho‘x kuy-qo‘shiq va raqslari bilan bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladilar.Ular o‘zbek xalqining an’ana va milliy qo‘shiqlaridan alla,yor-yorlarni ham mahorat bilan namoyish qildilar.

Tadbirda milliy taomlar namoyishi ham tashkil qilindi.Unda DMTT tarbiyachilari o‘zlari tayyorlagan bahoriy,milliy taomlarni bolajonlarga tanishtirib o‘tdilar.



10-son DMMT metodisti X.Saparniyazova








Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə