|
Yanvar boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalariboshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitishning-maqsadlari-va-vazifalariTahlil va natija:
Masalan, eski dastur asosan hisoblash ko`nikmalari, xususan 20 va 100 ichida
qo`shish va ayirish ko`nikmalari amallar xossalariga tayanilmagan holda tarkib toptiriladi: uzoq vaqt
davomida (2, 3, 4 yil) bolalar amallarning biror xossasining qo`llanilishiga asoslangan butun bir qator
faktlar bilan xossalarning o`zini bilmagan holda tanishishadi. Buning natijasida M: 100 ichida qo`shish va
ayirishni bajarish uchun 20 dan ortiq hisoblash usullarini egallashlari zarur bo`lardi[4].
Aslida esa, o`quvchilarni 4 ta asosiy xossa haqidagi bilim bilan [a+(v+s), (a+v)+s, (a+v)-s, a-(v+s)]
tanishtirishning o`zi yyetarli. Hozirgi amaldagi dasturda ana shu maqsad o`quvchilar misollarning
yechishning har xil usullarini mustaqil topish imkoniga ega bo`lishi bilanoq amalga oshiriladi[5].
Boshlang`ich sinflarda tarbiyalovchi ta'lim - rivojlantiruvchi ta'lim hamdir. Ta'lim natijasida
kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira, tasavvur va nutq rivojlanadi va shu tariqa o`quvchilar hayotga, mehnatga
tayyorlanadi.
Boshlang`ich matematika o`qitishning ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal qilish ko`p jihatidan
o`quvchilarning bu kursni o`rganishga tayyorgarlik darajasiga, bog`chalarning tayyorlov guruhlari va
maktab qoshidagi tayyorlov sinflari dasturida nazarda tutilgan rivojlantiruvchi va o`rgatuvchi xarakterdagi
masalalarni hal qilish darajasiga bog`liq[6].
Bolalarni tayyorlashning asosiy vazifasi matematikadan faktik bilimlar, ko`nikma va malakalar
sistemasini to`plash va ularni o`zlashtirish uchun (masalan, son, shakl, miqdor, qo`shish va ayirish
malakalari….) sharoitlar yaratishdangina emas, balki bu bilimlarni o`zlashtirishga tayyorlashdan ham
iboratdir[7].
Bolalarni tayyorlashda asosiy ish analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtiruvchi kabi aqliy
operatsiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo`lishi zarur. Bu ish bolalarning
matematik nutqlarini rivojlantirish masalasini hal qilish bilan bundan keyin muvaffiqiyatli o`qish uchun
zarur bo`ladigan har xil aktiv lug`atlar to`plash bilan uzluksiz bog`liq ravishda amalga oshirilishi kerak[8].
Bolalarda matematik bilimlarga nisbatan qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil
egallash malakasi tarbiyalanishi kerak. Bundan tashqari, ularda amaliy malaka va ko`nikmalarning (sodda
shakllarni chizish, ularni qog`ozni buklab hosil qilish….) shakllanishiga jiddiy ahamiyat berish kerak.
|
|
|