|
Yanvar boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalariboshlang-ich-sinflarda-matematika-o-qitishning-maqsadlari-va-vazifalari186
2023-YANVAR
beriladi. Bunday yondashish bolalarning tajribasiga tayanish va shakllantirilayotgan bilimning ko`rgazmali
asosini tashkil etishga imkon beradi. Har bir amalning belgisi, nomi, komponentalari va amal natijalarining
nomlari kiritiladi. Sodda va murakkab ifodalar qaraladi[18].
Boshlang`ich matematika kursida o`quvchilarning hisoblash malakalarini shakllantirishga
mo`ljallangan turli mashqlar sistemasi qaraladi: ayrim misollarning yechilishi, jadvallarni to`ldirish,
harflarning sonli qiymatini qo`yish, ifodaning sonli qiymatini topish[20]. Jadval hollarda qo`shish,
ko`paytirish, ayirish, bo`lish to`la avtomatizm darajasiga yetkazilishi kerak[19].
Arifmetik amallarning xossalarini o`rganish hamda amallarni bajarish asosida komponentalar va amal
natijalari orasidagi bog`lanish; komponentalarning birining o`zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining
o`zgarishi o`rganiladi.
Algebra elementlarini kiritish chuqur, umumlashgan o`zlashtirish maqsadlarini ko`zlaydi. Konkreti
misollar asosida tenglik, tengsizlik, tenglama o`zgaruvchi tushunchalari ochib beriladi.
1- sinfdan boshlab sonli tenglik va tengsizliklar (2=2, 4=1+3, 2<3, 5+2>5, 8-4<8-3….) qaraladi va
murakkablashib boradi. Ularni o`rganish arifmetik amallarni o`rganish bilan bog`lanadi va uni chuqurroq
o`zlashtirishga yordam beradi. Dastlab, x+2=5, 7-x=4 kabi eng sodda keyinroq (x+5)-3=10 ko`rinishdagi
murakkabroq tenglamalar o`rganiladi, tenglamalarni yechish olidn tanlash usuli bilan, so`ngra esa amal
natijalari bilan komponentalari orasidagi bog`lanishga asoslangan holda yechiladi. Tenglamalarni yechish
bilan bir paytda masalalarni tenglama tuzish bilan yechishga o`rgatiladi[21].
Harf o`zgaruvchini belgilovchi simvol (a+v, 15-R) sifatida o`zgaruvchili tengsizliklar (8-s>5)
kiritiladi; va ular tanlash yo`li bilan yechiladi. O`zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o`quvchilarning
funktsional tasavvurlarini shakllanishiga imkon yaratadi[22].
Dostları ilə paylaş: |
|
|