Mahalliy hokimiyat organlari
deganda – viloyat, tuman, shahar hokimlari
boshchilik qiladigan ijroiya apparati va vakillik organlari (viloyat, tuman, shahar
xalq deputatlari Kengashlari) tushuniladi.
50
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi
– O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi 99-104-moddalari hamda O‗zbekiston
Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi qonunida nazarda
tutilgan. Unga ko‗ra, m
ahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi
:
-
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash;
-
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‗imlarni belgilash,
byudjetdan tashqari jamg‗armalarni hosil qilish;
-
mahalliy kommunal xo‗jalikka rahbarlik qilish;
-
atrof-muhitni muhofaza qilish;
-
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta‘minlash;
-
normativ
hujjatlarni
qabul
qilish
hamda
O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga va O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan
boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari – O‗zbekiston Respublikasining
qonunlarini, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat
hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati
- 5 yil.
Viloyat hokimlari va Toshkent shahri hokimi O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq
deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
51
Tumanlarga bo‗ysinadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar
hokimi tegishli hududda o‗zini o‗zi boshqarishni rivojlantirishga ko‗maklashadilar,
o‗zini o‗zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‗naltirib turadilar.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar
hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar
o‗tkazish, qo‗shimcha korxonalar, xo‗jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli
tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uygunlashtirish maqsadida
Qoraqalpog‗iston Respublikasining, O‗zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari,
shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan
shartnomalar asosida o‗zaro munosabatlar o‗rnatishga haqlidirlar.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi
qarorlar
qabul qiladi
.
Viloyat, tuman, shahar hokimi
qarorlar
qabul qiladi va
farmoyishlar
chiqaradi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar
imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o‗zga
tartib belgilanmagan bo‗lsa.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‗z vakolatlari doirasida qabul qilgan
hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi
majburiydir.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar
hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma‘muriy-hududiy tuzilmalarning davlat
mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo‗lib,
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar
hokimi mutloq O‗zbekiston Respublikasi mulkida bo‗lgan davlat mulki
ob‘ektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob‘ektlarni samarali joylashtirish,
52
tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish,
aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar.
Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi
o‗rinbosar va o‗rinbosarlarga ega bo‗ladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o‗rinbosari hamda
o‗rinbosarlari hokim tomonidan O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan
kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda
qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig‗iga kiritiladi.
Tuman, shahar hokimining o‗rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori
turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari
Kengashining tasdig‗iga kiritiladi.
Shahardagi tuman, tumanga bo‗ysinuvchi shahar hokimining o‗rinbosarlari
tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hokimning
o‗rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar
taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo‗qligida yoki u zimmasidagi
vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‗lmagan taqdirda uning vakolatlarini
birinchi o‗rinbosar yoki hokimning topshirig‗iga binoan uning o‗rinbosarlaridan
biri bajaradi.
Hokim, uning o‗rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy
davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to‗lanadigan
lavozimni egallashlari mumkin emas.
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo‗limlar
va boshqa bo‗linmalardan iborat bo‗lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish
tartibi va faoliyati O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan
tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar
mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar
53
va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‗jaligi, er va boshqa tabiiy
resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‗l xo‗jaligi
va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‗rsatish, aholini
ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta‘minlash,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida
o‗z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Dostları ilə paylaş: |