“yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning zaruriyati, tamoyillari va dastaklari


“YAshil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillari



Yüklə 331,8 Kb.
səhifə3/15
tarix27.12.2023
ölçüsü331,8 Kb.
#162124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2YASHIL IQTISODIYO1

“YAshil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillari


Aksariyat mamlakatlar yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasida aniq maqsad va vazifalarni belgilab olishadi. Bu o‘rinda yashil iqtisodiyotga o‘tishdan maqsad nima degan savol tug‘iladi? BMT Evropa iqtisodiyot qo‘mitasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, “yashil iqtisodiyotga o‘tishdan ko‘zlangan maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga “yashil investitsiyalar”ni yo‘naltirishni rag‘batlantirish hisoblanadi. Ushbu investitsiyalar muhim iqtisodiy resurslar hisoblangan tabiiy kapital va ekotizimlardan nisbatan samarali usullar yordamida foydalanish yoki ularni tugab qolishi yoki degradatsiyalashuvi riski paydo bo‘lganda boshqa muqobil resurslar bilan almashtirishga yordam beradi. Investitsiyalar bir vaqtning o‘zida ijtimoiy adolat uchun sharoit yaratishi va fuqarolarga munosib ish o‘rinlarini barpo etishi zarur. Atrof-muhit muhofazasini kuchaytirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ijtimoiy integratsiyani chuqurlashtirish, iqtisodiy rivojlanishni yaxshilash kabi vazifalar “yashil iqtisodiyot”ning vazifalariga kiradi39.


“YAshil iqtisodiyot”ga o‘tish maqsadi va strategik vazifalari muayyan tamoyillarga asoslanishni taqozo etadi. “YAshil iqtisodiyot”ga o‘tish tamoyillari mazkur iqtisodiyot qanday bo‘lishi zarurligini belgilab beradi. “YAshil iqtisodiyot” tamoyillari “jigarrang iqtisodiyot” tamoyillariga nisbatan keng qamrovli bo‘lib, 1972 yilda Stokgolmda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologiya muammolariga bag‘ishlangan
39 https://www.unece.org/sustainable-development/green-economy/what-are-the-main-purpose-and- the-related-objectives-of-green-economy.html
xalqaro konferensiyada atrof-muhitni saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan 26 ta tamoyil ishlab chiqildi40.
Iqtisodiy adabiyotda xalqaro va milliy amaliyotda 2012 yilda UNEP boshqaruv kengashi “YAshil iqtisodiyot” kaolitsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning quyidagi tamoyillari keng tarqalgan (2.2.1-rasm).










Yüklə 331,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə