Yengil sanoat texnologiyasi va jixozlari



Yüklə 2,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix11.05.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#109728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2-laboratoriya mashgulot

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
LABORATORIYA IShI №1. 
Mavzu
:
 Chigitli paxtani 2СБ-10 va СБО quritish barabanlarini loyihalashni 
o’rganish.
Barabanli quritgichlarni issiqlik hisobi 
Ishdan maqsad: 
Chigitli paxtani quritish usullari bilan tanishish, 2СБ-10 va 
СБО quritish barabanlarining ishlash tartibini o’rganish. 
Topshiriq: 
 
1. Chigitli paxtani quritish usullari haqida ma'lumot bering. 
2. Chigitli paxtani quritish barabanlarining ishlash usullari va ularning 
vazifalarini bayon eting. 
3. 2СБ-10 va СБО quritish barabanlarining konstruktsion tuzilishi va ishlash 
tartibini tushuntiring. 
4. 2СБ-10 va СБО quritish barabanlarining umumiy ko’rinishi va 
ko’ndalang qirqimini chizing, texnologik ko’rsatkichlarini keltiring. 
5. Quritish barabanining afzallik va kamchiliklarini yozing va tushuntir 
Ishni bajarish uchun kerakli jixozlar 
 
1. 2СБ-10 quritish barabanining devoriy moslamasini ishlash tartibi. 
2. 2СБ-10 quritish barabanining texnologik jarayondagi ko’ndalang qirqim 
chizmasi (ko’rgazmali qurol). 
3. Barabanning texnik va texnologik ko’rsatkichlari berilgan jadval.
Ishning qisqacha mazmuni 
 
Chigitli paxtani saqlash davrida o’zining tabiiy xususiyatlarini yo’qоtmasligi 
va undan ishlab chiqarishda оlinadigan tоla va chigitning sifatini yuqоri bo’lishi 
uchun uni o’z vaqtida quritish va iflоsliklardan tоzalash kerak.
Chigitli paxtani quritishning ikki usuli mavjud: 
1.Tabiiy quritish - bunda asоsan qo’l bilan terilgan chigitli paxtani dala 
sharоitida, оchiq maydоnchalarda quyosh nurida (оftоbda) quritiladi. 
2.Sun’iy quritish - bunda mashinada terilgan va qo’lda terilgan paxtaning 
past navlarini har xil kоnstruksiyali maxsus uskunalarda quritiladi. 
Оftоbda quritish usuli chigitli paxtaning namligini faqatgina 2

3 % gacha 
kamaytirishi mumkin. Buning uchun dalalarda maxsus maydоnchalar tekislanib
ularning sirti sоmоnli lоy bilan suvaladi yoki asfaltlanadi. Quritiladigan chigitli 



paxta namligiga qarab 10

15 sm qalinlikda maydоnda оftоbga yoyib qo’yiladi va 
quritishni tezlatish uchun vaqti-vaqti bilan aralashtirilib, ag’darib turiladi. 
Chigitli paxtani sun’iy quritish uchun paxta tоzalash kоrxоnalariga yoki 
kоrxоnadan tashqaridagi paxta tayyorlash punktlarida maxsus quritish sexlari 
quriladi. Bunday sexlarda namligi va iflоsligi me’yordan yuqоri bo’lgan chigitli 
paxtalar quritib tоzalanadi. 
Quritish-tоzalash sexlarida o’rnatilgan quritish uskunalar chigitli paxtaga 
issiqlik berish usuliga bog’liq aerоfоntan, kamerali, shnekli va barabanli bo’lishi 
mumkin. Paxta tоzalash sanоatida namlikni ko’p оluvchi va ish unumdоrligi 
yuqоri hisоblangan quritish barabanlaridan fоydalaniladi. 
Paxta tozalash sanoatida chigitli paxtani quritish konvektiv, kontakt, 
radiatsion, yuqori chastotali tok bilan va aralashgan usuli bilan quritish jarayoni 
amalga oshiriladi.
Konvektiv quritish usulida namlikning bug’latish asosan materialga 
yuborilayotgan issiq havoning hisobiga amalga oshiriladi. Bunda qizish va doimiy 
tezlik davrida qurish temperaturasi materialning yuzasidagi temperaturasi 
chigitning ichki temperaturasidan katta bo’ladi.
Kontakt usulida material issiqlikni bevosita qizigan yuzadan oladi, ya'ni 
bunda haraktlanayotgan materialning tezligi paxtadan kichik bo’lishi kerak. 
Issiqlik va issiqlikning materialga o’tishi va undan namlikning bug’latish, 
chigitning ichki qismidan bug’lanishning yaxshi bo’lishiga qaramasdan paxta 
sanoatida bu usul kam qo’llanilmoqda. Sababi bu usulni amalga oshirishda quritish 
uskunasi yo’qligi.
Radiatsion usulida chigitli paxtani quritish asosan material yuzasidagi 
namlikning ajratib chiqaradi. Bu usul bilan ma'lum bir qalinlikka ega bo’lgan 
materiallarni quritish mumkin emas. Shuning uchun ma'lum bir qalinlikka ega 
bo’lgan materialni quritish jarayonida namliklar farqi katta bo’ladi. 1 kg namlikni 
bug’latish uchun katta miqdorda yoqilqi sarf bo’ladi. 
Yuqori chastotali tok bilan quritish usuli-bu usul bilan materialni 
quritilganda yuqori samaradorlikka erishilishi kutilgan. Ma'lum bir qalinlikka ega 
bo’lgan materiallarni quritish bilan faqat unga sarf bo’ladigan elektr energiyaning 
ko’pligi va sanoatda inson hayoti uchun xavfli bo’lgani uchun ishlab chiqarishga 
keng tarqalmagan. 
Quritish uskunalari ishlash tartibiga ko’ra quyidagi klassifikatsiyalarga 
bo’linadi: 
Issiqlikning materialga uzatish usuli bo’yicha (konvektiv, kontaktli, 
radiatsion, va yuqori chastotali tok bilan) bo’linadi; 
Ishlash rejimi bo’yicha: o’zgaruvchan va doimiy; 



Ishchi kamerasidagi bosim bo’yicha: (atmosferali va vakuum bo’yicha); 
Issiq havoning tipi bo’yicha: (bug’, gaz yoki havo); 
Issiq havoning yo’nalishi bo’yicha, ya'ni quritish barabaniga uzatilayotgan 
issiq havoning yo’nalishi bo’yicha: to’g’ri va qarama-qarshi. Bunda quritish 
uskunasiga yuborilayotgan material bilan issiq havoning yo’nalishlari bir bo’lib, 
shu asosda quritish jarayoni amalga oshiriladi. Qarama-qarshi yo’nalishda esa 
quritish uskunasiga yuborilayotgan material bilan issiq havoning qarama-qarshi 
tomon yuborilishi bilan amalga oshiriladi;
Konstruktsiyasi bo’yicha: (kamerali, tunelli, lentali va baraban tipidan 
iboratdir).
Quritish barabanining ishlash tartibi 
2СБ-10 rusumli quritish uskunasi ko’tarish kuraklari bilan jixozlangan 
baraban bo’lib, u to’g’ri oqimda ishlaydi. Uning nam olish darajasi va ish unumi 
boshqa tipdagi quritgichlarnikiga qaraganda ancha yuqori. Quritgichning (9- rasm) 
asosiy qismlari qiya shnekli ta'minlagich 2, oldingi sapfa 3 va to’rtta ustunga 
sharnirli birlashtirilgan po’lat roliklarga o’rnatilgan baraban 6 dan iborat. Paxta 
qiya o’rnatilgan shnek 2 yordamida quritgich ichiga kiritiladi. Shnek ponasimon 
tasmali uzatma yordamida quvvati 2,4 kVt li elektrodvigateli bilan aylantiriladi. 
quritilgan paxta baraban ichida radius bo’yicha joylashgan kurak 4 lar orqali 
tushurish tarnovi 12 dan chiqib, yig’uvchi shnekka tushadi. Ishlatilgan quritish 
agenti truba 5 orqali tashqariga chiqariladi. 
Quritish agenti sapfa 3 orqali o’tayotganda qisman atrofidagi havoni tortib 
ketganligi uchun baraban ichiga shnek 2 bilan kiritilayotgan paxtaning to’kilishiga 
yo’l qo’ymaydi va paxta havo oqimida oldinga suriladi.
Baraban vali elektromotor 9 va reduktor 8 bilan aylantiriladi. Bu quritgichda 
tola va chigitning ortiqcha qizish xavfi bo’lmaganligi uchun quritish agentining 
harorati 280 
0
C gacha ko’tarish mumkin. 
2SB-10 quritish barabanining texnik va texnologik ko’rsatkichlari 
Ko’rsatkich
Birlik
Paxta bo’yicha unumdorligi, kg/soat 
10000 
Nam olish bo’yicha ish unumi, kg/soat 
600 
Quritish agentining harorati, 
0

Kirishda 
Chiqishda 
230-280 
60 
Namlikni olish, % 
10 gacha 
Quritish agentining sarfi, m/soat 
18000-20000 
Elektromotor: 



quvvati 
aylanishlar chastotasi 
13 
730 
Barabanning aylanish chastotasi, ayl/daq 
10 
Brabanning gabarit o’lchamlari, mm: diametri 
uzunligi 
og’irligi, kg
3200 
10000 
10268 
SBO quritish barabaning ishlashi xuddi 2SB-10 barabani kabi bo’lib, faqat
tozalash sektsiyasiga egaligi bilan ajralib turadi. Tozalash bo’limining uzunligi 3 m
qalinligi b=2mm bo’lgan kamera po’lat listi bilan qoplangan, u chigitli paxtani 
barabandan chiqish joyidan 1m masofadan boshlab o’rnatilgan. Mayda ifloslik 
chiqindi konveyri orqali chiqib ketadi. Tozalash kamerasining yuqorigi qismiga 
soploli quvur o’rnatilgan bo’lib, ushbu quvur orqali qo’shimcha quritish agenti 
(60-80 
0
C ) tozalash sektsiyasiga kiritiladi (11-rasm). 
Tozalash bo’limidagi metall shyotka, u barabanni setkali sektsiyasi yuzasini 
tozalash uchun qo’llaniladi. Quritgichda 12 ta radial yo’nalgan kurakchalar 
mavjud, ularning uzunligi 0,5 m. 
1.1-Rasm. 2SB-10 rusumli quritish barabaning sxemasi 

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə