Yetuklik davri


Yetuklikni davrlashtirish muammosi



Yüklə 13,58 Kb.
səhifə2/5
tarix12.12.2023
ölçüsü13,58 Kb.
#148796
1   2   3   4   5
YETUKLIK YOSHI

Yetuklikni davrlashtirish muammosi

Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan. Yetuklik davrini birinchilardan bolib davrlashtirgan Sh.Byuler o‘z-o‘zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning beshta bosqichini ajratgan: Birinchi bosqich (16—20 yosh) shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashdan oldin keladi. Ikkinchi bosqich (16-20 yoshdan 25-30 yoshgacha) - urinib ko‘rish va izlash bosqichidir (kasb, umr yoldosh va b.). Bu davrda hayotiy maqsadlar noreal bolib, o‘zgarib turadi. Uchinchi bosqich (25-30 yoshdan 45—50 yoshgacha) - yetuklik davri: inson hayotda o‘z o‘rnini topadi, oila quradi. 40 yoshlarda shaxs o‘zining hayotda erishgan natijalariga qarab o‘zini baholay boshlaydi. To'rtinchi bosqich (45—50 yoshdan 65—70 yoshgacha) — qartayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo‘yish va faol o‘z-o‘zini belgilashning yo‘qolishi. Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) — qari inson: o‘tmishni eslash va tinchlikni xohlash.

Bu yosh davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati insondan ishlab chiqarish sohasiga, mehnat faoliyati sohasiga, o‘z oilasini qurish va farzandlar tarbiyalashga faol kirishishni talab etadi. Yetuklik davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati ichki tomondan mustaqillikka intilish, mas’uliyat hissining kuchayishida ifodalanadi. 0 ‘z hayoti va yaqinlarining hayoti uchun shaxsiy mas’uliyatni anglash, bu mas’uliyatni qabul qilishga tayyorlik — yetuklik davridagi rivojlanish ijtimoiy vaziyatning asosiy kechinmasidir. A.N.Leontev, D.B.Elkonin tomonidan bolalik davri uchun ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat haqidagi tasavvurlar yetuklik davrida uning ma’nosini chuqurroq tushunishni talab qiladi. Yetuklik davrida faoliyatning yetakchi tipi mehnat hisoblanadi. Akmeologiya nuqtayi nazaridan aniqlanishicha, nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatiga kirishish, bunday faoliyatda insonning kuchlarini maksimal darajada foydalanish nazarda tutiladi1. Shunday qilib, insonning turli faoliyat sohalarida - jismoniy, axloqiy, intellektual, kasbiy sohalarida yuksak yutuqlarga erishishga intilishi nazarda tutiladi.


Yüklə 13,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə