Yetuklik davri


Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari



Yüklə 13,58 Kb.
səhifə3/5
tarix12.12.2023
ölçüsü13,58 Kb.
#148796
1   2   3   4   5
YETUKLIK YOSHI

Yetuklik davrining yetakchi faoliyati va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari

Yetuklik davrining inqirozlari

G‘arb psixologiyasida yetuklik davridagi inqirozlarni o‘rganish bu yosh davridagi rivojlanishni tahlil qilishning asosiy yondashuvlaridan biridir1. Ko‘proq shaxsiy o‘sishlar ro‘y beradigan yosh davrlarini ajratish mumkin: 20 yoshlar atrofida, 30 yoshlar atrofida (28—34), 40—45, 55—60 yoshlarda va nihoyat keksalik davrida. Yetuklik davrida inqirozlarning kechishi, davomiyligi shaxsiy hayotdagi sharoitlarga bog‘liqdir. Bu yosh davrida rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi o‘sishga va o‘z-o‘zini takomillashtirishga ichki intilish hisoblanadi. Inqirozni keskinlashtiradigan sharoitlar sirasiga sog‘liqning to‘satdan o'zgarishi (kutilmagan kasallik, uzoq kasallanish, garmonal o‘zgarishlar), ijtimoiy va siyosiy hodisalar, talablarning, sharoitning va ijtimoiy kutilmalarning o‘zgarishi va b.) kirishi mumkin. Kritik davrning kechishi turli shakllarda namoyon bolishi mumkin. Bu davrning «inqirozliligi» haqidagi tasavvurga barcha tadqiqotchilar ham qo‘shilmaydilar.

Inson hayotining «ikkinchi yarmiga» K.Yung ham juda qiziqqan. Hayotning o‘rtasini u «ruhning chuqur va qiziqarli o‘zgarishlari» ro‘y beradigan kritik davr sifatida qaragan2. Yetuklik davrida inson ichki o‘z-o‘zini anglashi, K.Yungning ta’biri bilan aytganda «individualizatsiyani» amalga oshirishi zarur. Hayotining ikkinchi yarmida inson shaxs turli elementlarining muvozanati va integratsiyasi yordamida o‘z shaxsining yuksak rivojlanishiga erishishi mumkin. K.Yungning fikricha, shaxsining yuksak darajasiga hamma ham erishmaydi.

Yetuklik davrining inqirozlari

D.Levinsonning kattalar hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi. U 35—45 yoshdagi 40 nafar amerikalik erkaklarni o'rgangan, ularning har biri bilan 15 soatlik biografik intervyu o‘tkazgan hamda mashhur shaxslarning biografiyalarini o‘rgangan. Natijada erkaklarning hayot siklida har bir 20 yil davom etadigan uch asosiy eralarni aniqlagan. Har bir era davomida individuum hayot strukturasini qayta quradi. Levinson quyidagi o‘tish davrlarini ajratgan:


Yüklə 13,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə